Maktab qizlarim orasida o‘n ikki-o‘n uch yoshlarda bir badavlat poshoning qizi o‘qiydi.
Bo‘yi pak-pakana, ozg‘ingina, tishlari chirik, afti bujir, injiq qiz.
Men bir kuni mazax qilib, uni Nadida xonim afandi degan edim, ana shundan beri
maktabdagilar ham uni xonim afandi deydigan bo‘lishdi.
Nadida Xastalar tepasining eng chiroyli uylaridan birida turadi. U har kun posho otasi-
ning landosida maktabga keladi. Mo‘ylovlari qo‘chqor mugiziga o‘xshagan ad’yutanti olib
kelib qo‘yadi.
Menga shunday tuyuladi: bu kichkina oyimqiz maktabga o‘qishdan ham ko‘ra o‘zini
kambag‘al sinfdoshlariga va hatto o‘qituvchilariga ko‘z-ko‘z qilish uchun keladi. Dugona-
lariga xuddi cho‘rilaridek muomala qiladi. Muallimalar uning ming turli qahriga, noziga
chidashadi, buni o‘zlarining vazifasi deb bilishadi. Onasi qizining o‘qituvchilarini tez-tez
uyiga chaqirib, mehmon qilib turadi. Bechora dugonalarim ularnikida ko‘rgan dabdaba va
tantanani, davlat va saltanatni, yegan ovqatlarini, xonim afandilarning kiyim-kechaklari-
ni aytib bitira olmaydilar. Dugonalarimning maroqlari meni ham kuldiradi, ham jirkanti-
radi. Bu Abdurahim posholarning qanday odamlar ekanligiga tushundim. Bular — dabda-
balari, saltanatlari bilan mayda, bachkana odamlarning ko‘zini qamashtirishdan zavq
oladigan bir to‘da maqtanchoq telbalardir.
Dugonalarim bir necha marta meni ham olib borishmoqchi bo‘lishdi. Lekin men buni
o‘zim uchun bir haqorat bilib, jerkib tashladim.
Kambag‘al o‘quvchilarimning botinkalarini kiygizib qo‘yishdan, ko‘ylaklaridagi chang-
larni qoqishdan tortinmaganim holda bu kichik, arzanda xonim afandini ko‘rsam ko‘nglim
ayniydi. Ba’zan dars mahallarida so‘z bilan savalab ham o‘tman. Shunga qaramasdan, u
meni boshqa o‘qituvchilaridan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘radi, izimdan qolmaydi — suykan-
gani suykangan.
Bugun tush mahalida eshigimiz oldida bir arvava kelib to‘xtadi. Yalt etib qaradim:
voy, bu Abdurahim poshoning landosi emasmi? Muguz mo‘ylovli ad’yutantning arava
eshigini ochganini, tolibam Nadidaxonimning tevarakda yugurishgan mahalla bolalari
orasida malika viqori bilan uyimga kelayotganini ko‘rdim. Butun mahallaning og‘zi ochilib
qoldi. Qo‘shnilarimizning derazalari xotin-xalajning boshi bilan to‘ldi.
Nadida xonim opasidan xat olib kelgan edi. Xatda: “Muallima xonim, posho otam, vo-
lidam va bandangiz bugun biznikiga tashrif buyurishingizni iltimos qilamiz va amringizga
yuborilgan arava bilan kelishingizni kutamiz”, — deyilgan edi.
Maqsadlariga darhol tushundim. Hashamat va sarvatlari bilan, dabdaba va tantanalari
bilan narigi o‘qituvchilar singari mening ham ko‘zlarimni qamashtirmoqchilar. Oldin bir-
ikki og‘iz sovuq tashakkur bilan kichik xonimni, ad’yutantni, aravalarini qaytarib bor-
moqchi ham bo‘ldim. Lekin qalbimda birdan boshqa bir orzu uyg‘ondi: bu kerik zodagon-
larga yaxshiroq saboq berib qo‘ymoqchi bo‘ldim.
Men Istambulda bulardan ham balandroq, yuksakroq mavqedagi posholarni ko‘p
ko‘rganman. Men ularning anchagina ta’zirlarini berganman. Yuzlaridan niqoblarini olib
tashlash, hashamatli qiyofalari ostida yashiringan pastkashliklari va hechliklarini may-
donga chiqarish Choliqushining eng yaxshi ko‘rgan ermagi edi. Shunday tug‘ilgan
bo‘lsam, men nima qilayin? Uncha yomon qiz emasman, kichkinalarni, nochorlarni yax-
shi ko‘raman. Lekin boy-badavlatlarga, kibor havoliklarga qarshi doim zolimman.
Ikki yil jim yashadim, bugun esa bir oz sho‘xlik qilishga haqqim bor.
Odatimga qarshi, bugun juda sodda bo‘lsa ham, lekin bashang kiyindim. Xudoga shu-