Urushning boshlanganiga o‘n besh kun bo‘lib qoldi. Mahalliy gospitalga har kun gala-
gala yaradorlar kelib turibdi. Maktab motam ichida qoldi. Ko‘pgina o‘quvchilarimning ar-
miyada yo otalari, yo akalari bor. Bechora bolalar urush dahshatini unchalik bilishmasa
ham, katta odamlarday bo‘shashib, qayg‘urishib yurishadi.
* * * Qusha-da-si, 15 de-kabr.
Bu qanday sho‘rlik, yo rabbiy, bu qanday sho‘rlik! Bugun qo‘mondonlikning buyrug‘i
bilan maktabimizni egallaydilar: vaqtincha gospital qilishar emish. Xohlaganlarini qilish-
sin, menga nima! Lekin maktab bo‘shaguncha men nima qilaman? Vaqtimni nima bilan
o‘tkazaman?