Endi tamom! Bundan keyin hech kim uni jigar-bag‘rimdan yaxshi ko‘rganimni yuzim-
ga sola olmaydi.
* * * Qusha-da-si, 26 fe-v-ral.
O‘sha kundan beri sen mening uchun bir begonadan, dushmandan boshqa narsa
emas eding, Komron. Hech mahal yuz ko‘rishmasligimizni, to o‘lgunimizcha ko‘zimiz
ko‘zimizga tushmasligini, bir-birimizning ovozimizni bir umr eshitmasligimizni bilardim.
Shunday bo‘lsa ham, sening nishonling ekanim hissini hamisha ko‘nglimda saqlab kelar-
dim. Nima demay, nima qilmayin men o‘zimni hammavaqt sening mulking deb kelaman
va bu tushunchadan hech vaqt qutula olmayman.
Ha, yolg‘on aytishning nima hojati bor? Bugun nafratlarimga, isyonlarimga, butun
bo‘lib o‘tgan narsalarga qaramay, men yana qisman seniki edim. Buni birinchi marta bu-
gun ertalab, birovning nishonlisi bo‘lib uyg‘ongan damimda his etdim. Ha, birovning ni-
shonlisi! Shuncha yillarning shuncha subh-sabohida sening nishonlingman deb uyg‘onib
kelganimdan keyin, birdan o‘zga kishining nishonlisi bo‘lib uyg‘onish!.. Komron, faqat
bugun ertalabgina sendan chinakamiga ayrildim. Hamda biron yodgorlik olishga, so‘nggi
marta boshini o‘girib orqasiga, orqasida qolgan narsalarga qarashga haqqi bo‘lmagan
muhojir singari ayrildim!..