* * * Sovuq qish sabohlaridan birida kecha oqshom unashgan yigit bilan qiz ko‘kraklariga
nozik, yashil nihollar taqib, lablarida ham xuddi o‘sha nihollar singari jonsiz tabassum bi-
lan bir-biriga jilmayib turardi. Ular o‘n minutchadan keyin ko‘zlarida yosh bilan baxtsiz
aka va kimsasiz singil kabi bir-birlaridan ayrildilar.
* * * Qusha-da-si, 2 ap-rel.
Uch kun oldin maktabni o‘zimizga qaytib berishdi. Besh oylik tanaffusdan so‘ng kecha
yana dars boshladik. Lekin bundan nima foyda? Axir o‘qish yili tugab qolayozdi-ku!
Bahor sinflarni yorqin quyosh nurlari, ertangi gul bo‘ylari bilan to‘ldiradi. Devorlarda
O‘rta yer dengizining yashil sayqali o‘ynaydi. Bolalarda ham, kattalarda ham o‘qish-
o‘qitishga mayl qolmadi.
Bosh muallima Qushadasida qolmayman deb oyog‘ini tirab turib oldi. Shundan keyin
uni bundan bir oycha avval boshqa yerga ko‘chirishib, o‘rniga meni tayinlashdi. “Bosh mu-
allima”lik unvonini bitirishib, o‘rniga “mudir” so‘zini kiritishdi. Men bir jihatdan bu narsaga
xursand bo‘lmadim, chunki maktabimdagi muallimalar menga xunuk qaraydigan bo‘lib
qolishdi. Garchi bular bunchalik ma’lumotli, o‘qimishli muallimalar bo‘lishmasa ham,
harholda, yoshlari bir yerga borib qolgan xotinlardir. Maorif ministrligidagi amaldorlarning
tili bilan aytganda, har biri o‘n besh-yigirma yillik tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar edi.
O‘shalarning o‘rnida bo‘lsam, bir kun kelib qizim tengi bir zing‘archani boshimga keltirib
katta qilib qo‘yishsa, albatta, men ham xafa bo‘lardim.
Mart oyining boshlarida Xayrullobeyni pensiyaga chiqarishdi. U o‘zi badavlat odam,
oylikka muhtoj emas. Shunday bo‘lsa ham izzat-nafsiga tegdi.
— Sevgili ayiqchalarimdan bir qanchasining ko‘zini o‘z qo‘lim bilan yopdim. Mening
ko‘zlarimni ham o‘shalar yopsa, mozorimga ham o‘zlari olib borib qo‘yishsa devdim,
bo‘lmadi, — dedi.
Xayrullobey butun yoshligini ilmu fanga bag‘ishlagan, natijada, mukammal ma’lumot-
ga ega bo‘lgan kishi edi. Uyida juda katta kutubxonasi bor. Shunday bo‘lsa ham
dunyoda kitobdan bema’ni, bekorchi narsa bo‘lmaydi, kitobni yozuvchilar ham, uni
o‘quvchilar ham hayotda hech nimaga tushunmaydigan pandavaqilar, deb yuradi.
Kecha o‘rinli bir dalil bilan mot qilmoqchi bo‘ldim.
— Xo‘p, unday bo‘lsa, nima uchun o‘zingiz shuncha ko‘p kitob o‘qidingiz, hatto meni
ham o‘qishga tashviq qilasiz? — dedim.
Bu shunday kuchli dalil ediki, oqar suvni ham to‘xtata olardi. Lekin u pinagini buzma-
di, aksincha, xaxolab kuldi, meni ermak qilib:
— Rosa boplading-ku, kichkina! Lekin mening aytganimni qil, deb senga kim aytdi? —
dedi.
Bu qari doktorga hech tushuna olmayman. Nimaniki yaxshi ko‘rsa, shunga qarshi tu-
radi. Meni ham ozor bergan paytlarida harvaqtdagidan ko‘proq yaxshi ko‘rganligini sezib
turaman.
Xayrullobey armiyadagi xizmatidan bo‘shagandan beri kuni bilan uyiga bekinib olib ki-