* * * Ilgari kuni Xayrullobeyga:
— Doktorjonim, endi butunlay tuzaldim. Uni ziyorat qilib kelaylik, — dedim.
Xayrullobey oldin rozi bo‘lmadi. Yarim oy, hech bo‘lmasa yana bir hafta sabr qilishni
iltimos etdi.
Nachora, kasallarning bir so‘zligini, injiqligini qaytarib bo‘lmaydi. Qari do‘stimni axiri
ko‘ndirdim. Bog‘dan ikki quchoq gul, dengiz bo‘yidan bir hovuch rang-barang tosh (kich-
kinam bularni guldan ham yaxshi ko‘rardi) yig‘dik.
Munisaginam O‘rta yer dengizi bo‘yidagi tepalikka, o‘zi kabi nozik bir sarv daraxti osti-
ga qo‘yilibdi. Qabri yonida bir necha soat o‘tirdik. Kasal yotganimdan beri doktor ikkala-
miz uning to‘g‘risida birinchi marta gaplashdik. Kichkinamning qanday o‘lganini, qanday
ko‘mganlarini bilgim keldi. Qancha qistasam ham, Xayrullobey tafsilotini aytib bermadi.
Faqat bir narsanigina bila oldim: dafn qilingandan keyin imom Munisaning onasini so‘ra-
gan ekan, tabiiy, hech kim bilmabdi. Xayrullobey, bu kichkina qizga mening onalik qilib
yurganimni eslab, otimni aytibdi. Bolajonimni “Munisa Farida qizi” deb tuproqqa...
* * * Qusha-da-si, 1 sen-tyabr.
Bugun ertalab Xayrullobey menga:
— Qizim, meni yana qishloqdan chaqirib kelishibdi,— dedi. — Duldul senga omonat.
Menga qara, oyog‘ining yarasini o‘zing bog‘la, u ayiq o‘nboshiga tashlab qo‘yma. Nevlay,
Duldulning oyog‘ini ham o‘zinikiga o‘xshash kestirmoqchimi deyman-da! Hayronman,
oyog‘i hech tuzalmayapti. Yara bog‘lashni bilasan, shunday qil: bog‘lab bo‘lganingdan
keyin jonivorni boqqa olib chiqib, besh-o‘n minut aylantir, havo olsin. Innaykeyin, iloji
bo‘lsa, bir oz, lekin ko‘p emas, yo‘rttir, uqdingmi? Endi yana bitta ish bor: bugun novvoy
Xurshid ijara pulini olib keladi. Qaydam, yigirma sakkiz lirami, xullas, keltirgan pulini
mening nomimdan olib qolasan. Uchinchi ishga kelsak, hah qurib ketgur, nima edi? Miya
ham qolmadi... Ha, esimga tushdi, kutubxonamni pastga tushirtir. Dengiz tarafdagi xo-
nani senga beraman. Chiroyli xona, qish shamoli urmaydi, sovqotmaysan.
Qanchadan beri aytmoqchi bo‘lgan gapimni aytish payti kelgan edi.
— Doktorbey, Dulduldan tashvish qilmang, ijara haqini ham olaman, lekin uchinchisi-
ga hojat bormikan? Juda uzoq mehmoningiz bo‘lib qoldim, shunchaligi yetar deyman.
Ruxsat bersangiz, men ketsam, — dedim.
Doktorbey qo‘llarini beliga tiradi, menga taqlid qilish uchun tovushini ingichkalab:
— Juda uzoq mehmoningiz bo‘lib qoldim, shunchaligi yetar deyman. Ruxsat bersan-
giz, men ketsam! — dedi. Keyin qovog‘ini osiltirib, mushtini do‘laytirdi: — Nima deding?
Ketasanmi? Mana buni ko‘rdingmi! Og‘zingni quloqlaringgacha yirtaman, ana undan key-
in chinakamiga to qiyomatgacha kuladigan bo‘lasan!..
— Lekin, doktorbey, mehmon ham izzati bilan-da.
— Juda soz, kichik xonim hazratlari, ketmoqchisiz, lekin qaerga?
Kulimsirab javob qildim:
— Doktorbey, qaerga borishimni o‘zim ham bilgim keladi. Lekin ketish kerak-da. Bu-