www.ziyouz.com kutubxonasi
202
O‘nboshining shunday bemahalda Qushadasidan kelishi bejiz bo‘lmasa kerak. Doktor:
— Inshoolloh, tinchlikdir. Men pastga tushib bilib chiqay. Kechikib qolsam yotaver,
kichkina, — dedi.
Xayrullobey o‘nboshining oldida bir soatcha qolib ketdi. Yuqoriga yuzi qizarib,
qovoqlari osilib chiqdi.
— O‘nboshi nimaga kelibdi, doktorbey? — dedim.
U jahli chiqib, baqirib berdi:
— Senga borib yot demadimmi? Nima qilasan surishtirib? Voy bu qizlarning miyasizli-
gi-ey! O‘zimga tegishli ish.
Xayrullobeyning tabiatini yaxshi bilib olgan edim. Bunday paytlarda gapini qaytarib
bo‘lmaydi. Chor-nochor shamdonni olib, xonamga chiqib ketdim.
Ertasiga ertalab uyg‘onsam, Xayrullobey muhim ish bilan shaharga tushib ketibdi. Bu-
gun qaytmasam, tashvish qilmasin, deb tayinlabdi.
O‘nboshi keltirgan xabar doktorni qattiq bezovta qilgan ko‘rinadi.
Choshgoh mahalida doktorning uyini yig‘ishtirib turib, karavoti yonida konvert parcha-
siga ko‘zim tushib qoldi. Oldim. Kattakon bir idoraning muhri bosilgan bu konvert ustida
faqat “Qushadasi maktabi mud” degan so‘zlargina qolibdi. Harholda, bu xat menga tegi-
shli bo‘lishi kerak... Konvert parchasi meni chuqur o‘ylatib qo‘ydi. Ajabo, buni kecha
o‘nboshi keltirdimikan? Unday bo‘lsa nima uchun Xayrullobey mendan yashirdi? Innay-
keyin, menga tegishli rasmiy xatni qanday qilib ochadi? Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin
emas, miyamga boshqa fikr kela boshladi: bu konvert, albatta, kitob orasida Qushadasi-
dan kelgan.