www.ziyouz.com kutubxonasi
220
— Voy, qanday yaxshi-ya, qanday yaxshi-ya!
— Lekin bitta shartim bor, Choliqushi, konfetlarni yana o‘zim og‘zingga solib
qo‘yaman.
— Qanday qilib?
— Hov bir vaqtlardagidek-da. O‘n ikki-o‘n uch yoshingda qanday qilardik.
Komron shu so‘zlarni ayta turib, Faridaga bitta konfet uzatgan edi, u bir necha sekund
ikkilangandan so‘ng sekin boshini cho‘zib, xiyol titray boshlagan lablarini ochdi. Lekin
Komron har qancha qistasa ham, Choliqushi qolgan konfetlarni bu xilda olishga ko‘nma-
di.
— Menga ber, ovqatdan so‘ng Najdad bilan yeymiz,— dedi.
— Farida, yur, ana shu devorgacha boraylik. Qara, dengiz naqadar chiroyli bo‘pti. Bir
oz gaplashamiz, tomosha qilamiz.
— Xo‘p. Oldin shu qutichani ichkariga tashlab chiqay. Bir zumgina kutib tur.
Komron uning bilagidan ushladi. Bu unga birinchi marta jasorat qilib, qo‘l tegizishi edi.
— Yo‘q, Farida, senga ishonib bo‘lmaydi. Bir zumgina kutib tur, kelaman deysan-u,
kelmaysan. Yoki kelsang ham, kim biladi, qachon va qanday kelasan. Shunaqa, senga
ishonchim qolmagan, Farida, — dedi.
Choliqushi hech nima demadi, faqat boshini egib, u bilan yonma-yon yurib ketdi.
Komronning shu oqshom mashqi past edi. O‘zini bosolmay, kalta-kulta, kelishmagan
so‘zlar bilan nuqul zorlanardi. Pastda oqshom g‘ira-shirasi quyuqlashib borar edi. Kom-
ron uchib ketayotgan bir gala qushni ko‘rsatib:
— Farida, yaqinda sen ham shu qushlar singari uchib ketasan, a? — dedi.
— ...
— Menga qara, xolalaringni, bo‘lalaringni, eski do‘stlaringni, bolalik chog‘laring o‘tgan
yerlarni tashlab ketganingda nahotki yuraging achishmasa?
— ...
— Uyangda boshqalarni baxtiyor qilib, o‘zing ham baxtiyor bo‘lib yashar ekansan, sen
qaqshatib ketayotgan boshqa bir uyaning xarob va parishon ahvoli nahotki seni dilgir qil-
masa?
Farida javob bermas, hatto eshitmas ham edi. U kaltagina qalamcha bilan qutiga bir
nimalar yozish, bir nimalar chizish bilan ovora edi.
Komron nafsi og‘rib:
— Javob berging yo‘q, a, Farida? — dedi.
Choliqushi unga o‘ychan holatda qaradi.
— Kechir, Komron. Es-hushim boshqa yerda edi. Nima deganingni eshitmadim. Bir za-
monlar bitta ashula eshitgan edim, so‘zi esimdan chiqib ketuvdi, hayronman, hozir bir-
dan esimga tushib qoldi. Yana unutib qo‘yma- yin deb yozib oldim. Xohlasang, mana,
o‘qi. Sovqotib qoldim, kechir, men kirib ketaman.
Komron qutichaning osti tomoniga Faridaning shikasta qalami bilan yozilgan shu to‘rt
satrni ko‘rdi:
Bag‘rim o‘ti, och-tir-ma, me-ning og‘zim-ni zinhor,
Zo-lim, me-ni so‘ylat-ma-ki, qal-bim-da ne-lar bor.
Bil-may-man-mi, qil-mi-sh-la-ring, ay-la-ma in-kor,
Zo-lim, me-ni so‘ylat-ma-ki, qal-bim-da ne-lar bor!
Dostları ilə paylaş: |