Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
maktbga shuncha tez kelib turibdi? Har safar “Shu tomonlarda turadigan bir kasal 
o‘rtog‘imni ko‘rgani kelib edim-da. Taqsin bog‘ida bir oz mashq etishib ketay deb edim-
da...” kabi sabablar ko‘rsatadi.  
Boshqa bir kun hech narsa so‘ramasam ham: 
— Otamning Nishontoshida bir qadrdon do‘stini ko‘rib kelyapman... Otam u kishini 
ko‘p yaxshi ko‘rardi, — dedi. 
O‘zimni tutolmasdan birdaniga hamla qilib: 
— Oti nima? Nima ish qiladi? Manzili qanday? — dedim. 
Bo‘lam shoshib qoldi. Shu darajada shoshdiki, bironta yolg‘on ism, yolg‘on manzil 
ham tiliga kelmadi. Rangdan rangga kirib, kulib turib: 
— Nima qilasan so‘rab? Seni nimasi qiziqtiradi?— kabi so‘zlar bilan meni aldashga tu-
tindi.  
Bunda muhim bir masala borday: 
— Kelasi hafta boshlarida borib xolamdan so‘rayman, — dedim. 
Komron bu gapimni eshitib, beshbattar qizarib ketdi.  
— Zinhor so‘ray ko‘rma! Onamga og‘zingdan chiqarma!.. U kishi bilan ko‘rishishimni 
hech xohlamaydi, — deb yolvora boshladi. 
Zaharli chayon, meni hech alday olmaysan... Sening yuragingda nimalar borligini bila-
man. 
G‘azab bilan o‘rnimdan turdim, u zo‘rlik bilan ushlamoqchi bo‘lgan qo‘llarimni 
cho‘ntaklarimga yashirdim. 
— Na otangizning do‘stlari va na o‘zingizning do‘stlaringiz meni qiziqtiradi, deb o‘yla-
sangiz, xato qilasiz... O‘rinsiz laqmalik qildim, xolos, — dedim-u, tashqariga chiqib ket-
dim. 
* * * 
O‘sha kundan keyin Komron har safar maktabga kelganda turli xil bahonalar qilib, oldiga 
chiqishdan bosh tortdim. Har safar olib kelgan qutichalarini sinfda yo bog‘da yirtib ochadi-
gan, ichidagilarining bir donasiga ham qo‘l urmay, bolalar ustiga sochib yuboradigan 
bo‘ldim. 
Haqiqat oyday ravshan edi. Baxtiyor tul mutlaqo shu atroflarda turishi kerak. O‘sha 
kechadan keyin, albatta, pisandalari shunday bo‘lgan. Bo‘lam tez-tez unikiga boradi, shu 
orada meni ham yo‘qlab turadi. 
Xohlagan axloqsizliklarini qilishaversin... Menga nima, faqat ikki o‘rtada meni o‘yin-
choq qilishlari jon tomirimni sug‘urardi. Shu narsa esimga tushdi deguncha badanimni 
o‘t olar, alamimdan yig‘lab yubormaslik uchun lablarimni tishlab qonatar edim. 
Narimonning qaerda turishini uydagilardan so‘rab bilib olish hech gap emas, lekin bu 
xotinning otini tilga olish men uchun chidab bo‘lmaydigan narsaday tuyulardi.  
Dam olish kunlarining birida uyga borgan edim, mehmonlardan biri Najmiyaga: 
— Ilgari kuni Narimondan xat oldim, juda baxtli emish, — deb qoldi. 
Kichkina laychani hovuzda cho‘miltirgani olib chiqib ketayotgan edim. Shu so‘zlarni 
eshitdim-u, eshik oldida to‘xtadim, yerga cho‘kkalab kuchukchani quchog‘imdan sekin 
qo‘yib yubordim. 
Baxtiyor tul haqida bir narsa so‘rash fikrim yo‘q edi, lekin qulog‘imga birov paxta tiqib 
qo‘yibdimi? 
Mehmon hamon so‘zlardi. 
— Eridan juda xursandga o‘xshaydi, bechora bu gal zora baxtli bo‘lsa... 
Najmiya odam ovozini takrorlaydigan hammom gumbaziga o‘xshab: 
— Ha, ha, bu gal zora baxtli bo‘lsa bechora, — deb mehmonning so‘zlarini takrorladi-
yu, ahmoqona bir tarzda gapga xotima berdi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin