www.ziyouz.com kutubxonasi
42
edim.
Mujgon bilan bo‘lamning burunga qaytish ehtimoli aqlimni uchirdi. Orqamga qaramas-
dan hamon tez qadamlar bilan borib qirg‘oqqa tirmasha boshladim.
Lekin avvalgi o‘yimga qarshi, butunlay qochib ketishga ko‘nglim chopmadi. Ora-sira
to‘xtab, kishi bilmas orqamga, to‘g‘rirog‘i, pastga qarab-qarab qo‘yar edim.
It voqeasi Mujgon bilan Komronni ham jalb qilgan ko‘rinadi. Ular ag‘darilgan qoramoy
idishi yonida hayajon bilan gaplashardilar.
Axiyri bo‘lamning cho‘ntakdan hamyonni olib baliqchiga pul berganini ko‘rdim. Shunisi
qiziq bo‘ldiki, baliqchi suyunganidan eshkagini yerga qo‘ydi-da, men tomonga o‘girilib,
qo‘li bilan ishora qila boshladi.
Ming qatla shukur, it qutuldi. Ularning orqadan chaqirayotganlariga parvo qilmay,
to‘g‘ri uyga ketaverdim.
Mujgonning qilmishini eslasam, aqlim miyamdan uchadi. Butun vujudimni titroq bosa-
di. Har dam mushtlarimni qisib: “Rasvo bo‘ldim, seni qarab tur, Mujgon!” deyardim.
O‘ylaymanki, o‘sha jahl bilan Istambulga ham yetib olardim. Lekin eshik oldida Aziz
pochcham ro‘paramdan chiqib qoldi.
— Qizim, nima bo‘ldi? Lavlagiga o‘xshab qizarib ketibsan? Birov quvdimi? — deb
so‘radi.
Asabiy bir ohangda kuldim.
— Nega quvar ekan, pochcha? — dedim-u, bolalar tovushi kelib turgan hovliga yugu-
rib kirib ketdim.
Sahndagi kattakon daraxtga arg‘imchoq solingan edi. Gohi kunlar qo‘shni bolalarni
yig‘ib, bu yerni shovqinli bolalar bog‘chasiga aylantirib yuborardim. Bugun kichik
o‘rtoqlarim mening chaqirib chiqishimni ham kutmasdan kattasidan-kichigigacha yig‘ili-
shibdi, arg‘imchoq atrofida to‘polon ko‘tarib o‘ynashyapti.
Omadimdan aylanay! Yo‘lda kelayotganimda o‘z xonamga kirib, eshikni qulflab ola-
man, deb o‘ylagan edim. Lekin ular, albatta, orqamdan kelishar, eshikni zo‘rlik bilan
ochdirishga harakat qilishib, ishning rasvosini chiqarishardi. Mana endi bolalar orasiga
kirib ishni jinnilikka aylantiraman-da, ularni yonimga yo‘latmayman. O‘rtoqlarim arg‘im-
choq talashib turishgan ekan. Men darrov oralariga suqildim-u, bolalarni qo‘l ishorasi bi-
lan ikkiga bo‘lib:
— Qani, hammang chetga chiq. Senlarni bitta-bittadan o‘zim uchiraman, — dedim.
Arg‘imchoqqa o‘tirdim, kichkintoylardan bittasini quchog‘imga olib, sekin-sekin ucha
boshladim.
Ko‘p o‘tmay Komronlar ham yetib kelishib, bolalar orasida turishdi.
Mujgon sira tinmay hansirar, ora-sira ko‘ksini qo‘li bilan bosib-bosib qo‘yar edi.
Bo‘lam uni juda tez yugurtirib kelgan bo‘lsa kerak. Ichimda “Battar bo‘l!” dedim-da,
arg‘imchoqni yana ham tezroq ucha boshladim.
Chetda navbat kutib turgan bolalar: “Ko‘p uchirdingiz, bizni ham uchiring, bizni ham”,
deb qichqira boshlashdi. Men esam quloq solmas, tepamdagi daraxt yaproqlarini shitirla-
tib tobora balandroq, tezroq uchar edim.
Bu hol bolalarni butunlay asabiylashtirdi. Sabr-toqatlari tugab, arg‘imchoqqa yaqin
kela boshladilar. Mujgon bilan Komron ularni qo‘llaridan ushlab chetga tortar, bolalar esa
qaytmay o‘jarlik qilishardi. Hammasidan ham yomoni shu bo‘ldiki, men bilan uchayotgan
kichkintoyning hammayog‘i tilindi. Tizzalarim orasidan to‘lg‘anib chirqirayotgan bu be-
choraning arqonni qo‘yib yuborishidan, yerga yiqilib o‘lishidan qo‘rqa boshladim.
Nochor, arg‘imchoqni to‘xtatib, bolani tushirishga kirishdim. “Shunchalik narsadan
qo‘rqadigan kichkina bolaga arg‘imchoq uchishni kim qo‘yibdi? Bundaqalar uylarida, ki-
chik ukalarining beshiklarida tebranishsa yaxshiroq bo‘ladi”, deb bolaga to‘ng‘illab ber-