Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
Bo‘lam kulib: 
Nimaga qarab turibsan, Farida, qo‘rqyapsanmi?— dedi. 
Bu safar yuziga qarashga yuragim betlamay: 
— Nega qo‘rqar ekanman, — dedim-u, arg‘imchoqqa osildim.  
Arqon g‘ijirladi, arg‘imchoq sekin-sekin harakatga keldi.  
Men ehtiyot bilan harakat qilar, uchishning nihoyatda og‘ir bo‘lishini sezganim uchun 
kuchimni tejar, tizzalarimni asta-sekin bukish bilan kifoyalanar edim. 
Sur’atimiz orta borib, daraxt larzanglay, yaproqlari shitirlay bordi. 
Ikkalamiz ham tishlarimizni qisib, bir og‘iz gapirguday bo‘lsak kuchdan qoladigandek, 
jim uchar edik. 
Harakat sarxushligidan sekin-sekin boshim aylanib, o‘zimdan ketib bordim. 
Komronning boshi birdaniga barglarga borib tegdi, uzun sochlari peshonasiga to‘zg‘ib 
tushdi. 
Kinoyali tovush bilan: 
— Pushaymon bo‘la boshladingiz shekilli? — deb so‘radim. 
U ham kulib: 
— Kim pushaymon bo‘lishini ko‘ramiz hali, — dedi. 
To‘zg‘igan sochlari orasida porillab turgan yashil ko‘zlari menda g‘alati bir kin, sitam 
uyg‘otdi. Kuchimning boricha tizzalarimni bukib, arg‘imchoqqa sur’at berdim. Endi har 
borib-kelishimizda boshlarimiz barglar ichiga kirib-chiqar, sochlarimiz bir-birimiznikiga 
aralashib ketardi. Bir mahal xuddi tushdagiday xolamning: “Bas, bas!” degan 
qichqirig‘ini eshitdim. 
Buni Komron ham takrorladi: 
— Bas-a, Farida! 
— Buni sizdan so‘rash kerak, — deb javob berdim. 
— Mendan so‘ralsa: yo‘q, — dedi. — Mujgondan eshitgan ajoyib narsalarimdan so‘ng 
mening charchashim mumkin emas...  
Tizzalarim birdaniga bo‘shashdi, arqon qo‘limdan chiqib ketishidan qo‘rqdim. 
Komron so‘zini davom qildi: 
— Buni sendan kutmagan edim. Bu yerga seni deb kelgan edim, Farida, — dedi. 
Harakatdan qolganimga qaramay, arg‘imchoq hamon boyagi tezlikda uchardi. Qo‘lla-
rimni arqon orqasidan o‘tkazib, panjalarimni bir-biriga kirishtirdim. 
— Tushaylik endi, yiqilamiz, — deb yalindim.  
U holimni sezmadi. 
— Yo‘q, Farida, yiqilib o‘lsak o‘lamizki, menga tegishga rozi bo‘lganligingni o‘z og‘zing-
dan eshitmay turib seni bo‘shatmayman, — dedi. 
Lablari sochlarim orasidan peshonamga, ko‘zlarimga tegib ketar edi. Tizzalarim bukil-
di, bir-biriga kirishgan panjalarim ochilib, qo‘llarim arqon atrofida salanglay boshladi. 
Komron meni shu asnoda ushlab qolmasa, yiqilishim turgan gap edi. Lekin meni saqlab 
qolishga kuchi yetmadi. Salmog‘i buzilgan arg‘imchoq arqoni birdan aylandi-yu, biz yer-
ga gursillab yiqildik. 
Picha hushimdan ketib yotganimdan so‘ng ko‘zlarimni ochsam, xolamning quchog‘ida 
yotibman. Xolam ho‘l ro‘molcha bilan chakkalarimni silar: 
— Bir yering og‘riyaptimi, qizim? — deb so‘radi. 
Boshimni ko‘tarib: 
— Yo‘q, xola, — dedim. 
— Bo‘lmasa, nega yig‘laysan? 
— Yig‘ladimmi, xola? 
— Ko‘zlaringdagi yoshlar-chi? 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin