www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Yuragim tipirlay boshladi.
— Xohlamayman, — dedim. — Mabodo shuni mutlaqo o‘tkazish kerak deb hisoblasan-
giz, mayli, maktabga ketganimdan keyin o‘tkazing.
Juda katta talab qo‘yib yuborgan edim. Lekin xolam avzoyini sira o‘zgartirmadi. Ku-
limsirab turib lablarini qisdi-yu, oshkora bir mazax bilan:
— Shunaqa degin? Fotiha oshida sening o‘rningga boshqa birovni vakil qilib qo‘yar
ekanmiz-da! To‘g‘ri, nikohda shunday, lekin fotihada hali bunday odat chiqqani yo‘q,
qizim.
Munosib javob bo‘lmagani uchun yerga qarab turaverdim.
Xolam oladigan sabog‘imning zahrini yumshatish niyatida bir qo‘li bilan belimdan ush-
ladi, ikkinchisi bilan betimni, sochlarimni, peshonamni silab turib:
— Farida, aylanay, endi bolalikni tashlash payti keldi, — dedi. — Endi sening xolanggi-
na emas, onang hamman... Bundan juda xursand ekanligimni aytib o‘tirishning hojati
bo‘lmasa kerak? Sen Komron uchun xulq-atvori bizga ma’lum bo‘lmagan har qanday yot
qizdan ming chandon a’losan. Faqat... Faqat bir oz havoyisan. Bolalik chog‘larda buning
unchalik zarari yo‘qdir. Lekin kun sayin o‘syapsan. O‘sgan saring, albatta, aqling ham
oshadi, o‘zing ham og‘ir-bosiq bo‘lasan. Maktabingni bitirib uylangunlaringcha, eh-ha,
hali to‘rt yil bor. Ozmuncha vaqtmi! Shunday bo‘lsa ham, sen unashilgan qizsan. Nima
demoqchiligimni, qaydam, anglata oldimmi? Og‘ir-vazmin, jiddiy bo‘lishing kerak. Bola-
likka, sho‘xlikka, o‘jarlikka xotima ber. Komronning qanchalik muloyimligini, tabiati, hissi
qanchalik nozikligini bilasan.
Har bir so‘zi qulog‘imda qolgan bu o‘gitda haqiqatan ham yoqib-kuydiradigan biror
narsa bormidi? Buni shu bugun anglab turganim yo‘q. Lekin nima qilay, xolam meni
o‘g‘li uchun bir oz kamsitayotganligini sezib turgan edim.
O‘gitlarining qanday ta’sir qilganligini bilmoqchi bo‘lganday:
— Endi pisanda qilib olishdik, shundaymi, Farida? — dedi. — Qarindosh-urug‘ni, bir-
ikkita yor-do‘stlarni chaqirib, fotiha to‘yi qilamiz.
O‘zimni gullar, bezaklar bilan yasatilgan stol oldida, hozirgacha men hech taqib
ko‘rmagan bezakda, butunlay boshqa sochlar, boshqa chehrada uning yonida o‘tirgan-
dek ko‘rdim. Hammaning ko‘zi bizda...
Birdan titrab, tipirchilab qichqirdim:
— Yo‘q, bo‘lmaydi, xola!
Shu faryod bilan yugurib chiqib ketdim.
Mujgon shu kunlarda men uchun opadan ortiq bir narsa, ona darajasida edi. Kechalari
yotog‘imizda yolg‘iz qolgan kezlarim chiroqni o‘chiraman-da, uning kechinmalardan oz-
gan vujudini quchoqlayman, javob bermasin deb og‘zini qo‘lim bilan to‘sib yolvoraman.
— Dunyoda eng rahmim kelgan, eng mazax qilgan odamlarim unashilgan qizlar edi.
Men o‘shalarning biri bo‘lib qoldim. Ularga yalin. Hech kim meni unashilgan qiz demasin.
Uyalaman, qo‘rqaman, men hali yosh bolaman. Oldimizda hali to‘rt uzun yil bor. Unga-
cha katta bo‘laman, ko‘nikaman. Menga hech kim unashilgan qizga qilinadigan muoma-
lani qilmasin.
Nihoyat, Mujgon og‘zini qo‘limdan bo‘shatdi. U:
— Xo‘p, — dedi. — Lekin bir shart bilan. Avvalo, men bilan bo‘g‘ishmaysan, qolaversa,
uni yaxshi ko‘rganingni faqat o‘zimga, faqat o‘zimgagina yana bir marta aytasan.
Shu dam yuzimni Mujgonning bag‘riga bosib, boshim bilan ustma-ust bir necha marta
“ha” ishorasini qildim.
* * * Mujgon va’dasida turdi. Uydagilar ham, tashqaridagilar ham unashilganimni betimga