Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
yo‘l qo‘ymasdim: yaqinlashganda tashqariga otilib chiqishga xezlanib, sekingina: 
— Iltimos qilaman, Komron, xonada ko‘rinib-ko‘rinmay turgan teshik qancha bo‘lsa, 
shuncha ikki ko‘z ham bor, buni bilib qo‘yishingiz kerak, — dedim. 
U birdan to‘xtadi. 
— Bu qanday gap, Farida? Biz axir unashilgan kishilarmiz-ku! — dedi. 
Sekin yelkamni qisdim: 
— Aslida ishni shu narsa buzayotibdiku-ya, — dedim. — Bir kun emas, bir kun “Ko‘ri-
shishlaringiz juda boshqacha bo‘lyapti. Kechirasiz, bu yerning maktab ekanligini esdan 
chiqarmang”, qabilida so‘z eshitishni xohlamasangiz... 
Komron oppoq oqarib ketdi va shu kundan boshlab maktabga oyoq bosmay qo‘ydi. 
Bu ishim haqiqatan ham yaxshi emasdi. Lekin boshqa choram bo‘lmasa nima qilay? 
Komron oldidan qaytib kelib sinfga kirishim, hamma menga o‘girilib qarashi yuragimni 
ezmay qolmasdi. 
Nima deyayotgan edim? Ha, doktorning qizi dam olish kunlarining birida qaytib kelib: 
— Komronbey Yevropaga ketarmish, shundaymi? — deb so‘radi. 
Men nima deyishimni bilmay shoshib qoldim. 
— Qaerdan eshitding? — dedim. 
— Otamdan, Madriddagi amakisi chaqirtiribdi.   
“Qaydam” deyishni g‘ururim ko‘tarmadi. 
— Ha, shunday bir niyati bor, picha sayohat qilib kelmoqchi edi, — dedim.  
— Sayohat nimasi, elchixonaga sekretar bo‘larmish-ku. 
— Vaqtincha. 
Suhbatni shu yerda bo‘lib tarqaldik. Dugonamning otasi chorbog‘imizdan oyog‘i uzil-
magan bir kishi edi. Shuning uchun bu gapning to‘g‘riligiga shubha qilmadim. Lekin bu 
narsani menga bildirishmaganiga hayron bo‘ldim. Kunlarni hisobladim. Chorbog‘dan xa-
bar olmaganimga yigirma kun bo‘libdi. 
O‘sha kechasi faqat shu narsani o‘ylab chiqdim. Komronga qilgan bema’ni sitamlarim 
uchun achinar, shunchalik muhim bir narsani menga aytmaganini o‘ylab, yuragimdan 
ezilar edim. Harholda biz bir-birimiz bilan bog‘langan kishilar edik. 
Ertasiga payshanba edi. Havo ochiq bo‘lgani uchun tushdan keyin aylangani chiqishi-
miz kerak. Lekin ichim pishib qiynala boshladim. Shunday ezguvchi o‘ylar bilan yana bir 
kunni o‘tkazish fikri meni qo‘quvga soldi. 
Mudiraning oldiga bordim-da, xolamning betobligini aytib, ruxsat so‘radim. 
Xudodan aylanay, shu kuni murabbiyalardan biri Qartolga ketayotgan ekan. Erenko‘y 
stantsiyasigacha birga ketish sharti bilan mudira iltimosimni qondirdi.  
Qo‘limda bitta kichkina chamadoncha bilan chorboqqa kirib borganimda qorong‘i tu-
shay deb qolgan edi.  
Eshikda meni chorbog‘ iti kutib oldi. Bu qari it nihoyatda ochko‘z, yopishqoq edi. 
Cho‘ntagimda hamisha, yaxshimi-yomonmi bir narsa borligini bilgani uchun yo‘limni 
to‘sar, oldingi oyoqlariga turib olib tisarilib borar, menga yopishishga urinardi. Komron-
ning ham daraxtlar oralab men tomon kelayotganini ko‘rdimu, darrov cho‘kkalandim. It 
egnimni kir qilmasin, deb iflos oyoqlaridan ushlab turdim. 
U so‘loqmon og‘zini uliyotgaday ochib, tilini osiltirar, men esam burnidan qisardim. 
Xullas, o‘rtamizda o‘yinga, talashmaga o‘xshash bir narsa borar edi.  
Komronni faqat yonimga kelgandagina ko‘rgan kishiday: 
— Buning kulishiga qarang, — dedim. — Og‘zi muncha katta-ya, timsohnikiga o‘xsha-
maydimi? 
U lablarida zaharxanda tabassum bilan menga qarab turardi. 
Itni qo‘yib yuborib etaklarimni qoqdim. Qo‘llarimni ro‘molcham bilan artganimdan 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin