www.ziyouz.com kutubxonasi
65
Gulmisol xalfa ham hozir shu ahvolda edi. Yig‘lashning yaxshi narsaligini bu keksa
cherkas ayol ko‘zlarida yosh ko‘rmasdan avval tushunmagan edim.
Men onamni es-es bilaman. Tashlab ketilgan ba’zi uylarda chang-tuproqqa belanib,
chiziq bo‘yoqlari o‘chib ketgan eski suratlar singari xiragina eslayman. Bu narsa hozirga-
cha menda na qayg‘u va na sevgi uyg‘otgan edi. Lekin Gulmisol xalfa qarib qolganligi
uchun meni onamdan ajratolmay, “Guzidam!” deb qichqirganda, ichim g‘alati bo‘lib ket-
di. Onam ko‘z o‘ngimga keldi, o‘limining otashi qalbimga ko‘chdi, men ham “Oyi, oyijo-
nim!” deb hiq-hiq yig‘lay boshladim.
Bechora xalfa o‘z dardini unutib, menga parvona bo‘lar edi. Yig‘lab turib:
— Xalfa, onam menga juda ham o‘xsharmidi? — deb so‘radim.
— Juda ham, qizim. Seni ko‘rib, aqlim shoshib qoldi, umi deb o‘ylabman. Xudoyim
senga yeru ko‘kday uzoq umr bersin.
Qari xalfa dahliz yonidagi uyda meni yosh boladay yechintirayotganda ham hamon
hiqillab yig‘lar edi.
Uning to‘r pardali kichkina kulbasida o‘tkazgan dastlabki soatlarimning mazasini aslo
unutmayman. Meni yechintirgandan so‘ng to‘r choyshab yopilgan karavotiga yotqizdi,
boshimni tizzasiga qo‘ydi, peshonamni, sochlarimni silab turib onamdan gapirdi.
Tug‘ilgan kuni yuzida moviy pardasi bilan birinchi marta quchog‘iga olgan paytdan to
ayrilgan kunigacha bo‘lgan xotirotini bir-bir aytib berdi.
Navbat menga kelganda men ham boshimga tushgan narsalarni batafsil hikoya qilib
berdim. Xalfa so‘zlarimni bolalar ertagini eshitayotganday kulimsirab o‘tirib eshitar, gohi
mahallari: “voy, qo‘zim-ey!” deb xo‘rsinib qo‘yar edi. Ammo kecha kechqurun chor-
bog‘dan qanday bosh olib ketganimni, o‘la-o‘lgunimcha u yerga qaytmasligimni aytga-
nimda, esxonasi chiqib ketdi.
— Farida, bolalik qilibsan. Komronbey adashibdi, tavba qiladi, ikkilamchi bunday qil-
maydi.
Gulmisol xalfaga g‘azabimni tushuntirishning iloji yo‘q edi. Shuning uchun hikoyam
oxirida:
— Gulmisol xalfa, oqargan boshingizni bekorga charchatmang. Men siznikida ikki-uch
kun mehmon bo‘laman-u, keyin boshqa yurtga ketaman. O‘z mehnatim bilan kun ko‘ra-
man, — dedim.
Men shu so‘zlarni aytib turganimda, boyoqish kampirning ko‘zlari yoshga to‘ldi, qo‘lla-
rimni silab betlariga, lablariga surtdi.
— Bu qo‘llarni ko‘zim qiyadimi, bolam! — deyardi.
Xalfani tizzalarim ustiga o‘tqazdim-da, bu qo‘llar uchun endi qo‘rqinchli hech narsa
yo‘qligini, beboshlik qilgan bolalarning ora-sira quloqlarini cho‘zib qo‘yishdan boshqa ish
qilmasligini aytdim. U so‘zlarimni o‘tirgan yerida sachrab, ajinli betlarini burishtirib eshit-
di.
Anatoliyada qanday muallimalik qilishimni, qanday tadbirlar ko‘rishimni shu qadar su-
yunib so‘zladimki, oxirida u ham mening hayajonimga qo‘shildi. Yashil lattaga o‘ralgan
kichikina Qur’onni tokchadan oldi-da, uni o‘rtaga qo‘yib, bu yerdan ketgunimcha meni
hech kimga aytmaslik to‘g‘risida qasam ichdi. U yoqdan meni axtarib kelguvchilar bo‘lsa,
eshikdan qaytaradigan bo‘ldi.
O‘sha kuni kechgacha Gulmisol xalfa bilan uy ishlarini qildik. Men hozirgacha faqat
tayyor ovqat yeb kelardim. Shu vaqtgacha aqalli bitta tuxum ham pishirmagan edim.
Endi odatlar o‘zgarishi kerak. Oshpaz, xizmatchi qayda menga endi? Hozir Gulmisol xalfa
yonimda ekan, undan ovqatni qanday pishirishni, kir va dog‘larni yuvishni, aytishga uyat
bo‘lsa ham, yirtiq yamashni o‘rganib olishim kerak.
Tuflilarimni, paypoqlarimni yecha solib, darhol ishga tushib ketdim. Xalfaning norozili-