Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
qog‘ozni kimga yuborishimni, nima deyishimni bilmas edim. Zora Naima xonimni tag‘in 
ko‘rib qolsam, degan umid bilan tevaragimga qaragan edim, ko‘zim Shahob afandiga 
tushdi. 
Kichik kotib zinada birovni kutib turgan edi. Ko‘zlarimiz to‘qnash kelganda uyalinqirab 
boshini egdi. Bir narsa degisi kelsa ham yuragi dov bermayotgani sezilib turardi. Yonidan 
o‘tib ketayotib to‘xtadim. 
— Bugun sizga ko‘p zahmat yetkazdim, — dedim. — Endi buni qaerga olib borib beri-
shimni ham lutfan aytib berolmaysizmi, afandim? 
U hanuz ko‘zlarini ko‘tarmay turardi. Buyuk bir marhamat so‘rab yolvorayotganday 
yumshoq, titroq tovush bilan: 
— Arizaning orqasidan yurish qiyin narsa, hamshira* xonim, — dedi. — Ruxsat ber-
sangiz, istidoingiz bilan kaminangiz mashg‘ul bo‘lsa. Siz bezovta bo‘lmang. Faqat ora-si-
ra kantselyariyaga uchrab tursangiz. 
— Qachon kelay? — dedim. 
— Ikki-uch kundan keyin. 
Ishning ikki-uch kunga cho‘zilishi ta’bimni xira qilgan edi. Lekin kelib-ketish rosa bir 
oyga cho‘zildi. Bechora Shahob afandining g‘ayrati bo‘lmasa, balki yana ham cho‘zilarmi-
di. 
Unday-munday deyishadi-yu, lekin erkaklar orasida ham ancha odamoxunlar bor. Bu 
yigitchadan ko‘rgan yaxshiligimni hech qachon unutmayman. Meni eshikdan ko‘rgan so-
ati chopib kelar, zina tepasida kutib turardi. 
U qo‘lida qog‘ozlarim bilan xonadan xonaga qatnaganini ko‘rib, uyalganimdan yerga 
kirib ketar, qanday minnatdorchilik bildirsam, deb qiynalar edim. 
Bir kuni kichik kotib bo‘ynini latta bilan bog‘lab olgan edi. Bo‘g‘ilib yo‘talar, gapirganda 
nafasi qisib qolardi. 
— Kasalmisiz? Nega shu ahvolda idoraga keldingiz? — deb so‘radim. 
— Bugun javob bilish uchun kelishingizni bilardim, — dedi. 
Beixtiyor kuldim. Bu sabab bo‘la olarmidi? 
Shahob afandi bo‘g‘iq tovushi bilan davom etdi: 
— Tabiiy, boshqa ishlar ham bor. Bilasiz, maktablar yangi ochilgan. 
— Menga beradigan yaxshi javobingiz bormi? 
— Bilmadim. Qog‘ozlaringiz Xalq maorifi mudirida. Kelsalar o‘zlari bilan gaplashaman, 
devdi. 
Xalq maorifi mudiri xo‘mraygan yuziga yana ham dahshat qo‘shib turgan qora ko‘zoy-
nak taqib olib, oldida devalanib yotgan bir quchoq qog‘ozni bitta-bitta imzolab yerga 
otar, oq mo‘ylovli kotib xuddi namoz o‘qiyotganday egilib-bukilib ularni yig‘ardi. 
Qo‘rqa-pisa: 
— Afandim, meni uchrasin degan ekansiz, — dedim. 
Yuzimga qaramasdan dag‘al tovush bilan: 
— Sabr qil, xonim. Ko‘rmayapsanmi? — dedi. 
Oq mo‘ylovli kotib ko‘z-qoshlari bilan kutish imosini qildi. Ayb ish qilib qo‘yganimni tu-
shunib, bir necha qadam orqaga chekindim. Parda yonida kutib turdim. 
Mudir qog‘ozlarni tugatgandan so‘ng ko‘zoynagini oldi-da, ro‘molcha bilan shishalarini 
artib turib: 
— Istidoingiz rad qilindi, — dedi. — Zavjingizning xizmati o‘ttiz yilga yetmapti. 
— Mening istidoimmi, afandim? Bunda bir xato bo‘lmasin, — dedim. 
— Sen Xayriya xonim emasmisan? 
— Yo‘q, men Faridaman, afandim. 
— Qaysi Farida? Ha, esimga tushdi. Ko‘p afsus, sizniki ham shunday, Maktabingizning 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin