Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
dan.* Men dunyoda eng yaxshi ko‘rgan narsa! 
Kichik kotibning hadyalaridan birini olib lablarimga keltirdim. Lekin shu dam birdaniga 
ko‘zlarimga yosh chiqdi. Nega bunday yig‘ladim — bilmayman! O‘zimni tutishga intilgan 
sarim ko‘z yoshlarim ortar, ko‘ksimda bir narsa tiqilib turardi. Sababsiz iztirobim mana 
shu bechora konfetdan kelayotganday, uni beixtiyor joyiga soldim-u, qutini kayutamning 
kichkina derazasidan dengizga uloqtirdim. 
Ha, dunyoda ko‘z yoshlaridan ham bema’ni narsa bo‘lmaydi. Buni tushunaman. Shun-
day bo‘lsa ham, mana hozir, shu satrlarni yozib turganimda ham kipriklarimdan yoshlar 
quyilib, oldimdagi daftar varag‘ini qabartirmoqda. 
Yo bu tashqarida sharpasiz yog‘ib turgan yomg‘ir ta’sirimikan? Hozir Istambul qalay 
ekan? U yerda ham shunday yomg‘ir yog‘yaptimikan? Yoki Qo‘zyotog‘idagi bog‘ hozir oy 
yog‘dusida porillab yonyaptimikan? 
Komron, yolg‘iz sendangina emas, sen bor yerlardan ham nafratlanaman! 
 
* * * 
Bugun ertalab uyg‘onganimda, necha kundan beri davom etgan yomg‘ir tingan edi. 
Bulutlar tarqalibdi. Derazamning ro‘parasidagi yuksak tog‘lar tepasida tumanning nafis 
pardalari tortilibdi. 
Kechasi yotayotib derazani yopib qo‘yish esimdan chiqqan ekan. Yengil tong shabada-
si karavotim yopiqlariga, to‘zg‘igan sochlarimga tushib turgan quyosh nurlarini sariq ip-
lar singari hilpillatar, goho uzib tashlar edi. 
Musofirxonaning mana shu kichkina nomerida besh kundan beri asablarim ziyodasi bi-
lan buzildi. Kechasi birdan uyg‘onib ketdim, qarasam, betlarim qirov tushgan yaproqlar 
singari ivibdi. Bolishim ham ho‘l. Demak, uyquda yig‘laganman. Mana endi bir parcha 
quyosh ko‘nglimga nur sochib, umidimni yana jonlantirayotir, menga maktab yotoqxo-
nasida kutib olganim bahor sabohlarining hafifligini baxsh etayotir. 
Bugungi kun menga xushxabar keltirishi kerak. Endi qo‘rqadigan joyim qolmagan edi. 
Suyunib, o‘rnimdan sakrab turdim. Eski bichim umivalnik oldida turib yuvina boshladim. 
Toza buloq suviga boshchalarini cho‘kirib olgan qushlar singari, men ham suvni atro-
fimga, ro‘paradagi oynaga sachratar edim. 
Eshik sekin taqilladi, keyin Hoji xalfaning: 
— Sabohi shariflari xayrli bo‘lsin, otin qizim. Bugun yana erta turibsan-da? — degan 
ovozi eshitildi. Sho‘x bir tovush bilan: 
— Bonjur, Hoji xalfa, — dedim. — Shunaqa bo‘ldi. Uyg‘onganimni qaerdan bildingiz? 
Hoji xalfa kuldi. 
— Hayronman, qushga o‘xshash chirqillab turasan. 
Haqiqatan, qushga o‘xshashligim borligiga o‘zimda ham ishonch paydo bo‘la boshla-
gan edi. 
— Nonushtangni olib kelaymi? 
— Bugun nonushta qilmay qo‘ya qolsam bo‘lmaydimi? 
Ovoz bu safar jahl qildi: 
— Yo‘q, bo‘lmaydi! Menga bunaqa gapingni qo‘y. Ko‘chaga chiqish yo‘q, ko‘ngil ochish 
yo‘q, qamoqdagi odamday xonaga tiqilding-qolding. Endi ovqat ham yemaydigan 
bo‘lsang, ro‘parangdagi qo‘shningga o‘xshaysan-qolasan. 
Hoji xalfa keyingi jumlani narigi nomerdagi qo‘shniga eshittirmaslik uchun og‘zini qulf 
teshigiga qo‘yib, ovozini pasaytirib aytdi. 
Hoji xalfa bilan juda ham do‘stlashib ketgan edik. Birinchi kuni saharda uyg‘ondim-u, 
darhol kiyinib, portfelimni qo‘ltiqqa urdim-da, musofirxona zinasidan pastga sakrab-sak-
rab tusha boshladim. Hoji xalfa yana o‘sha oq fartugini tutib olib, kichikkina hovuz labida 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin