Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
dan qilingan suratli yelpig‘ich va shularga o‘xshagan buyumlar keltirib, uyimni bezar edi. 
Gohi mahallar gaplashib o‘tirganimizda, pastdan xirqi tovush eshitiladi: 
— Hoji xalfa, yana qaysi jahannamga gumdon bo‘lding?  
Bu Hoji xalfaning xo‘jayini, musofirxona egasi edi. Shunday paytlarda bu qari chol 
xuddi ashula aytayotganday past, muloyim, maqomli tovush bilan: 
— Ha, ovozing o‘chkur, ha! Hoji xalfaning boshiga bitgan balo bo‘lding sen, ha! — deydi, 
keyin ovozini ko‘tarib javob qiladi: — Hozir, hozir!.. Ozroq yumush bor edi. 
 
* * * 
Musofirxonada Hoji xalfadan bo‘lak yana bitta do‘stim ham bor edi. U o‘ttiz besh-qirq 
yoshlarga yetib qolgan bir mushtipar xotin. Monastir degan joydan kelgan. 
U bilan qanday do‘stlashib qolganimizni hozir aytib beraman. Musofirxonaga kelgan 
kunim kech-qurun nomerimda narsalarimni joylashtirayotgan edim. Birdan eshik sekin 
g‘itilladi. Qayrilib qaradim: eshikdan sariq chit ko‘ylakli, yashil ro‘molli bir xotin kirib ke-
lyapti. 
U ichkariga kirib so‘rashdi: 
— Yaxshimisiz? Xush kelibsiz, xonim qizim. 
Upa-elik chaplab tashlangan ozg‘in yuzi shuvog‘i ko‘chgan yerlariga ohak surtib qo‘yil-
gan vayrona devorni eslatadi; surmali qoshlari, tishqori surtilgan qora tishlari basharasi-
ni murdanikiga o‘xshatadi. 
Men xiyol sarosimalanib: 
— Xush kelibsiz, afandim, — dedim. 
— Volidalari qaerda? 
— Qanaqa volida, xonim afandi? 
— Muallima... Siz muallimaning qizi emasmisiz? 
Men o‘zimni tutolmay kulib yubordim. 
— Men muallimaning qizi emas, o‘ziman, afandim! U, yerga cho‘kkalamoqchi 
bo‘layotgandek, qo‘llarini tizzalariga urdi. 
— Voy! Muallima hali sizmisiz? Umrim bino bo‘lib sizdaqa mushtumday muallimani 
hech ko‘rmagan edim. Men sizni yoshi anchaga borib qolgan og‘ir-vazmin muallimadir-
siz, deb o‘ylabman. 
— Hozir shunaqasi ham uchrab qoladi, afandim, — dedim. 
— Ha, uchraydi... Ha, uchraydi... Bu dunyoda nimalar bo‘lmaydi! Biz ham shu yerda, 
ro‘parangizdagi nomerda turamiz. Bolalarni uxlatib, siz bilan so‘rashib chiqay deb kiruv-
dim... Xudo kam qilmasin, kunduzlari bolalarning g‘ovg‘asidan qo‘lim bo‘shamaydi. Lekin 
kech kirib, bolalar uxladi deguncha, yuragim biram siqiladiki, asti so‘ramang. Yolg‘izlik 
faqat xudoning o‘zigagina yarashadi, shunday emasmi, singiljon? O‘ylaysan-o‘ylaysan, 
o‘yingning tagiga yetolmay chekasan, yana chekasan. Kechalari ana shunday tong otti-
raman. Xudo yetkazdi sizni, aylanay singlim. Mundog‘ o‘tirib hasratlashsak, ko‘nglimiz 
yengil tortar. 
U bechora avval meni “xonim qizim” deb gap boshladi-yu, keyin, mening muallimali-
gimni bilgandan so‘ng, bu so‘zini o‘zgartirib, “singlim” deya boshladi. 
Men unga stulni ko‘rsatib: 
— Marhamat, o‘tiring, — dedim, o‘zim esam karavotning chetiga o‘tirib, oyoqlarimni 
o‘ynata boshladim. Monastirdan kelgan xotin: 
— Men stulda o‘tirolmayman, singlim, — dedi. Ke- yin g‘alati bir alfozda yerga, 
oyoqlarimning takkinasiga o‘tirib, tizzalarini cho‘nqaytirdi-da, ko‘ylagining cho‘ntagidan 
tunuka tamakidonini olib, ikkita yo‘g‘on-yo‘g‘on tsigarka o‘radi. Shulardan bittasini men-
ga in’om qildi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin