Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
turibdi. Nevrik xonim, Hoyg‘onush va Miratlarning bezaklari ham unikidan qolishmaydi. 
Ichida boshimdan ko‘p achchig‘ soatlar kechirganimga qaramay, kichkina nomerim-
dan qayg‘u-hasrat bilan ayrildim. Maktabda bizga bir she’r yod oldirishgan edi: odam 
yashagan yerlarida birga bo‘lgan odamlarga ko‘zga ko‘rinmaydigan nozik iplar bilan 
bog‘lanib qolar emish; ayriliq soatlarida bu bog‘lar cho‘zilar va g‘ijjak torlari singari mun-
gli sado bilan uzilar, har bir tor uzilganda odamning yuragi ayriliq dardi bilan ezilar 
emish. Buni yozgan shoir naqadar haqli ekan. 
G‘alati bir tasodif bilan monastirlik qo‘shnim ham xuddi shu kuni B... dan jo‘nadi. Le-
kin u harholda mendan ko‘proq achinarli bir vaziyatda jo‘nadi. 
Kecha kechqurun kiyim-kechaklarimni yig‘ishtirib qo‘yib yotdim. Uyqumda ora-sira 
baqirgan tovushlar eshitdim-u, lekin hech uyg‘ona olmadim. 
Birdaniga ko‘tarilgan qattiq taraqa-turuq meni o‘rnimdan turg‘izib yubordi. Koridorda 
allanarsalar yerga tushib sinar, kecha jimjitligida bolalarning chinqirishi, kaltak va tarsa-
ki ovozi eshitilardi. Uyqusiraganimdan musofirxonaga o‘t tushibdi, deb o‘ylabman. Lekin 
yong‘inga uchraganlar bir-birlarini urmasalar kerak. 
Sochlarim to‘zg‘igan, oyoqlarim yalang holda nomerdan yugurib chiqdim-u, dahshatli 
bir manzarani ko‘rdim. Devsifat, shopmo‘ylov bir ofitser monastirlik qo‘shnimni yerga 
sudrab, etiklari bilan tepayotgan edi. Bolalar esa: 
— Onajon! Dod! Otam onamizni o‘ldiryapti! — deb chinqirishardi. 
Bechora xotin har tepkidan ilon singari chinqirib, tushayotgan har qamchidan faryod 
ko‘tarib, pol ustida sudralar, lekin odam ishonib bo‘lmaydigan bir chaqqonlik bilan yer-
dan turib ofitser tizzalariga yopishardi: 
— Cho‘ring bo‘lay, qurboning bo‘lay, jon er, o‘ldirsang o‘ldir, lekin meni tashlab ket-
ma, qo‘yma!.. 
Yarim yalang‘och bo‘lganim uchun yana nomerimga qaytib kirdim. Asli, kirmasam 
ham qo‘limdan nima kelardi? 
Pastki qavatdagilar ham uyg‘ongan bo‘lsalar kerak. U yerdagi koridordan oyoq dupur-
lari, g‘ala-g‘ovur ovozlar eshitila boshladi. 
Koridor shipida yorug‘lik ko‘rindi, zinapoyada esa Hoji xalfaning taqir boshi yarqirab 
ketdi. Bechora chol to‘polonni eshitib uyg‘ongan, moychiroqni ko‘tarib, ichki ko‘ylak bilan 
tashqariga chopib chiqqan edi. U: 
— Uyat emasmi! Bu qanday sharmandagarchilik! Musofirxonada ham shunaqa janjal 
qiladilarmi! — deb baqira-baqira o‘rtaga tushdi. 
Lekin ofitser Hoji xalfaning qorniga shu qadar zarb bilan tepdiki, bechora kattakon 
futbol to‘piday havoga irg‘ib, qiya ochiq turgan eshikdan nomerimga gursillab kelib tush-
di, yalangoyoqlari yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Xayriyatki, men yetib kelib bechoraning bo-
shini ushlab qoldim. Bo‘lmasa, yalang‘och boshi polga urilib, oshqovoqday yorilib ketar-
di. 
Uyqusirashlik, qo‘rquv, vahm, so‘ngra Hoji xalfaning mojarosi asab tomirlarimni buzib 
yubordi. 
Qari chol: 
— Voy xudo! Voy sho‘rim! Voy, la’nati zolim! — deb so‘kina-so‘kina o‘rnidan turdi. 
Lekin shu dam men karavotga o‘zimni tashladim. Umrimda boshimga kelmagan bir 
qahqaha jazavasi ichida xirillar, bo‘g‘ilar, qo‘llarim bilan ko‘rpani g‘ijimlab to‘lg‘anar 
edim. Ortiq tashqarida nimalar bo‘layotganini bilish holida emas edim. 
Ovozlar, shovqin-suronlar butunlay tinib, musofirxonaga sukunat cho‘kkanga qadar 
o‘zimga kelolmadim. 
Voqeani menga keyin aytib berishdi: monastirlik xonimning hayosiz muhabbati oxiri 
erining me’dasiga tegibdi, ofitser nima qilib bo‘lsa ham xotinini bolalari bilan yurtiga 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin