Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Odam (a.s.) aqlni qabul qildilar. Jabroil (a.s.) imon va hayoga; 
— Qani, sizlar ayrilib, keting, — dedilar. Shunda imon: 
— Alloh menga aqldan ajramasligimni, u qayda bo‘lsa, o‘sha yerda bo‘lishimni amr etdi. Men 
aqldan ayrilmayman, — dedi. 
Keyin hayo: 
— Alloh meni imonga omonat qildi. Imon qayda bo‘lsa, men ham o‘sha yerdaman. Imon bo‘lgan 
joydan ayrilmasman dedi. 
Shundan so‘ng uchovi bir joyda qolib, bir-biridan ayrilmadilar. Bu holga ko‘ra Alloh kimga aql 
bergan bo‘lsa, imon va hayo ham u bilan birgadir. Kimga aql berilmagan bo‘lsa, unda imon ham, 
hayo ham bo‘lmaydi. 
IBRATLI HIKOYA 
Bir kuni Hasan Basriy xuzurlariga bir ayol kelib, shunday dedi:
— 
Ey, Allohning do‘sti! Sizga savollarim bor, javob berishingizni istayman,
— 
So‘rang, 
— 
dedilar Hasan Basriy.
- Ey.. Imom! Din pokligi, din javhari, din xazinasi nima? 

dedi ayol.
Hasan Basriy xazratlari:
— 
Siz ayting, biz ham eshitib, o‘rganaylik, 
— 
dedilar. Ayol aytdilarki:

Din pokligi 
— 
tahorat olmoqdir.
Din javxari 
— 
Allohdan qo‘rqmoqdir,
Din xazinasi 
— 
ilmdir. Ayol yana qo‘shimcha qildi.
Din ma’dari 
— 
hayodir. Alloh hayoli qulini maqtaydi. Rasululloh (s.a.v.) «hayo 

imonning bir 
bo‘lagi ekanini bildirganlar, 
Hasan Basriy bu ayol so‘zlarini eshitib, sevinchdan hayratu hayajonga tushdilar, ayolning so‘ziga 
muxlis bo‘ldilar.
 
IMON QAL’ASI 
Imon besh burchli qal’aga o‘xshaydi, 
Birinchi burji oltindan, ikkinchi burji kumushdan, uchinchi burji po‘latdan, to‘rtinchi burji tunj 
(bronza, ruh) dan, beshinchi burji misdan. 
Qal’a ichiga o‘g‘ri kirsa, qimmatli narsalarni o‘maradi. Imon qal’asining o‘grisi — shayton. 
Mis burji 
— 
adabdir. Adab bo‘lmagan joyga shayton kiradi. Adab burjiga shayton yo‘llay olmaydi. 
U zotning imoni ozod, najot topadi. Po‘lat deganimiz vujud, temir deganimiz tandir. Tunj deganimiz 
farzdir. Kumush deganimiz — ixlos. Oltin deganimiz - Allohga yaqinlik. 
Kimning adabi bo‘lsa, sunnatga yo‘l topadi. 
Sunnatga amal qilgan ixlosga yo‘l topadi. Ixlosli kishi Allohga yaqinlashadi. Yaqinlikka erishgan 
esa Allohga vosil bo‘ladi. 
Adabga e’tibor etmagan sunnatdan uzoq qoladi. Sunnatga ahamiyat bermaganning farzi qusurli 
bo‘ladi. Farzi qusurli bo‘lganning samimiyati bo‘lmaydi. 
Berganini Alloh roziligi uchun bergan, sevganini Alloh rizosi uchun sevgan, sevmaganini tag‘in 
Alloh rizoligi uchun sevmagan kishining imoni komildir. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar: 
«Ey, sevimli ashobim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Odobi, xulq-atvori, tarbiyasi, tabiati 
go‘zal bo‘lib, insonlarga yaxshilik qiluvchingiz sizlarning imonda mukammalingizdir». 
Haqiqatan bu to‘g‘rida Alloh marhamat etadi: 
«Shubhasiz, siz buyuk axloq sohibisiz».(Qalam surasi, 4-oyat) 
Bu oyatda Alloh Habibini vasf etmoqda, maqtamoqda. Agar bir kishi go‘zal axloqqa ega bo‘lsa, 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin