Microsoft Word Inayatov Rasul kurs ishi docx



Yüklə 392,34 Kb.
səhifə17/24
tarix11.05.2022
ölçüsü392,34 Kb.
#115814
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
OQBO’TAYEVA FAZILAT

M.Q. Pardayev

Tadbirkor tovari (ishi, xizmati) raqobatbardoshligi deganda, raqobatbardosh sub’ektlar tovari (xizmati) ning sifati va narxiga

nisbatan iste’molchiga (haridorga) qulayligi, unga ketadigan






harajatlar-ning samaradorligi va shu tovardan oladigan foyda-

ning ko‘pligini ta’minlovchi omillar tizimi tushuniladi.


Mamlakatimiz va xorij iqtisodchi olimlarining fikrlarini tahlil qilib, raqobatbardoshlikning takomillashgan ta’rifini keltiramiz: “raqobatbardoshlik” - bu ma’lum bir bozorda tovar yoki xizmatlarning iste’molchi ehtiyojini qondira olishi darajasi bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlik tovarning (xizmatning) farq qiluvchi jihatlari bilan emas, balki haridni amalga oshirayotgan mijozlar uchun uning qoniqarliligi bilan aniqlanadi.

Korxona faoliyat olib borayotgan tovar va xizmatlar bozorida raqobatning mavjudligi korxonadan aniq raqobatbardoshlikni talab qiladi, aks holda uni bozordan „siqib” chiqarishadi. Boshqacha qilib aytganda, raqobat xususiyati raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi.

Raqobatbardoshlik nazariyasi yaqin o‘tmishda shakllanib, rivojlanganligi sababli raqobatbardoshlik tushunchasiga umumiy qabul qilingan qoida mavjud emas. Ushbu tushuncha qaysi ob’ektga nisbatan qo‘llanilishiga qarab izohlanadi (2.4 - jadval).

Turistik destinatsiya (hudud) yagona turistik mahsulot sifatida raqobatbardosh birlikhisoblanib, yagona strategik tijorat birligi sifatida boshqarilishi zarur bo‘lmoqda. Turizm xizmatlarini taklif etuvchi turistik hudud sifati ular o‘z xizmatlarini qanchalik darajada buyurtmachilar ehtiyojiga moslashtira olishi bilan o‘lchanadi. Bozorda yetarlicha mavqega ega bo‘lgan turistik hududgina raqobatbardosh bo‘la oladi. Yagona raqobatbardosh birlik ko‘rinishida umumiy hududning strategik maqsadi raqobatbardoshlikni uzoq muddat ta’minlashidan iboratdir. Turistik majmua elementlari(mehmonxona, transport korxonalari, umumiyovqatlanish korxonalari va sh.k.), ularning bozorlari, aholi, atrof-muhit hududning raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatadi.

– jadval. “Raqobatbardoshlik” tushunchasining turli ob’ektlarga nisbatan qo‘llanilishi6





Yüklə 392,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin