Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

389


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
Jonu ko‘nglum baski ko‘rdi ahli davrondin malol, 
Jonima bo‘lmish ko‘nguldin, ko‘ngluma jondin malol. 
Bu ikov baskim malol izhor aylarlar, bo‘lur 
Ham manga mundin malol, alqissa ham andin malol. 
Ulki olamdin malul o‘lg‘ay, elidin ham erur,
Kimga zindondin malolat, ahli zindondin malol. 
Kimsa birla oshno bo‘lmonki, nogah, ey rafiq,
Bir kishiga bo‘lmag‘ay men zori hayrondin malol. 
Dasht aro ham istamon hamdamki, nogah bo‘lmag‘ay,
G‘ullarg‘a bu aloxonu alomondin malol. 
Har necha qildim vafo, juz benafolig‘ ko‘rmadim,
Ne ajab ko‘nglumga bo‘lsa nav’i insondin malol. 
Soqiyo, to mumkin o‘lg‘ay jomima quy bodakim,
Dahr elidin xotirimga o‘tti imkondin malol. 
To bo‘lay ul nav’ usrukkim, shuurum bo‘lmag‘ay,
Mehnati ko‘p ko‘ngluma yuz qo‘ysa har yondin malol. 
Gar Navoiy joni kuygandin bu so‘zlar der, vale
Jon malol o‘rnig‘a ko‘rmas, yetsa jonondin malol. 
390
Olg‘ali ko‘nglum minib bir barq raftor ot, kel,
Gar mening ko‘nglum keraktur barqdin ham bot kel. 
Men kimu vasling xayoli istamak, vahkim, manga
Barcha gar bir ko‘rmagu o‘lmakturur, hayhot, kel. 
Deb eding: boshingg‘a bir kun yetkum andoqkim quyosh,
Mehr lofin gar tilarsen aylamak isbot, kel. 
Borg‘aningdin ayru erdi bir-biridin jonu tan,
Kelmakingdin jonu tanni bir-biriga qot, kel. 
Ro‘zgorim tiyra aylab, shomi hajr o‘lturgusi, 
Ey hayotim sham’i, daf’ aylarga bu zulmot, kel. 
Zuhd ila jonnmg‘a yettim, ey ko‘ngul, gar dayr aro
Bartaraf qilmoq tilarsen tovbayu tomot, kel. 
Dardi hajringdin Navoiy telbarabtur, ey pariy,
Gar eshitmak istasang devonavor abyot, kel. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin