Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
Gar sabo tahrikidin ko‘yiga borsa tufrog‘im. 
Vasli bay’ig‘a to‘kub el siymu men yordim yurak,
Komima mushkilki, yetkaymen bu bo‘lsa yormog‘im. 
Barq emaskim, o‘t choqarmen dahrni kuydirgali,
Tog‘ ila bo‘lmish yangi oy, chunki toshu chaqmog‘im. 
Ishq aro Farhod ila Majnun sherikimdur, vale
Dardu g‘am chekmakka mencha yo‘q bu ikki o‘rtog‘im. 
Dema maxmur o‘lsang o‘zni solmag‘il, ey mug‘bacha,
Istaram, bo‘lg‘ay fano dayrida o‘zni solmog‘im. 
Ey Navoiy, dema: umrung o‘tti — ishqu maydin o‘t,
To tirikmen, ermas ushbu ikki ish aylar chog‘im. 
399
Qora dastor to chirmadi mohim,
Boshimg‘a chirmashibtur dudi ohim. 
Yog‘ibtur nargis ichra jola, yoxud
Ko‘zida ashk erur bor ishtibohim. 
Anga hamrang o‘lay deb motamimen,
Qorarg‘an ro‘zgorim bor guvohim. 
Sirishkim xatlari sharhini so‘rdum,
Dedi, xayli balog‘a shohrohim. 
Manga xud bu azo bo‘ldi bahona,
Mudom oqmoqqa ashki goh-gohim. 
Yema bozi nujumi tiyradinkim,
Erur qalb uylakim, ro‘kash darohim. 
Ko‘zumdur tiyra, ya’ni, ey Navoiy,
Qora to‘n kiydi motam ichra shohim. 
400
Firoqing do‘zaxi ichra vujudum
Bo‘lubtur o‘t, nafaslar anda dudum. 
Kelib jon rishtasiyu jism tori,
Vujudum xil’atida toru pudum. 
Firoqingda yutub qon qilsam afg‘on,
Mayi nobimdur ul, bu bir surudum. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
Qoshingda egma qad birla yer o‘ptum,
Xayol et ul ruku’um, bu sujudum. 
Belu og‘zing uchun borim yo‘q o‘ldi,
Vale tengdur sanga budu nobudum. 
Berib din naqdi, bo‘ldum dayr aro mast,
Vale ko‘p bo‘ldi bu savdoda sudum. 
Bukim ko‘p ashk to‘ktum, ey Navoiy,
Ko‘nguldin g‘ayrining nashini yuvdum. 
401
Damo-dam otashin la’lig‘a olur boda jononim, 
Bu yanglig‘ o‘tlar ichra naylasun o‘rtanmayin jonim. 
Emas oy, kun iki pog‘undasin ko‘k zoli berkitmish,
Quloqqa baski hajringda ani yolqitti afg‘onim. 
Tanimda dog‘larni ayladim ko‘nglak bila pinhon,
Qonab, ko‘nglakda fosh etti o‘zin har dog‘i pinhonim. 
Ko‘zumda bog‘lanib qon yosh, ne tong, gar ochqali qo‘ymas,
Chu ul qonimni to‘kti, oqibat tutti ani qonim. 
Buzug‘ ko‘nglum aro mundoqki, paykoningni yog‘durdung,
Ne tong, mundoq yog‘indin yer bila teng bo‘lsa vayronim. 
Xijolatdin qizarmish gul, taxarruk sarvdin ketmish,
Magar bog‘ ichradur gulchehrlik sarvi xiromonim. 
Tasavvur birla gah maqbulmen ollida, gah mardud,
Qayu aqshomki, sultoni xayoling bo‘lsa mehmonim. 
Vujud iqlimidin ovora gar bo‘ldum, umid ulkim
Fano dashti g‘uboridin yopilg‘ay jismi uryonim. 
Navoiyg‘a demangkim, tarki ishq et, to erur mumkin
Ki, men oshnqmenu devona, mundoq ish ne imkonim. 
402
Bahoru bog‘ sayridin ne gul, ne sarvdur komim,
Budur komimki, shoyad uchrag‘ay sarvi gulandomim. 
O‘qung ko‘p zaxmidin dom o‘ldi jismim, zaxmlar ermas,
Chiqarg‘a jon qushi yo‘llar yasabtur har taraf domim. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin