Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
Ahli din qatlig‘a mundoq chiqsa mast ul mug‘bacha,
Soqiyo, may berki, kechtim taqvoyu parhezdin. 
Ishq o‘ti mazlumkushdur, bilmas ani ahli zulm,
Anglag‘il bu nuktani Farhod ila Parvezdin. 
Ey Navoiy, itlarin ko‘rmakka borsang, bag‘ring uz,
Kim guziring yo‘qturur bu nav’ dastovezdin. 
468
Dameki ishq o‘tida qolmag‘ay asar mendin,
Namuna bo‘lg‘usi uchmakda har sharar mendin. 
Pariyvashim g‘amidin telba itdek o‘lmishmen,
Salomat ahli, bukun aylangiz hazar mendin. 
Aningdek ashk ila ohim solibturur to‘fon
Ki, bordurur yeru ko‘k vaz’ig‘a xatar mendin. 
Aningdek o‘ldi fano ishq aro vujudumkim,
Adam diyorida ham topmog‘ung xabar mendin. 
Anga yetarga boshoq saqli man’ etar garchi,
Xadangi kasratidin chiqti bolu par mendin. 
Taayunot ichida ishq bnr haqiqat erur, 
Gar o‘lsa bulbulu parvonadin va gar mendin. 
Navoiy, aylama tun-kun nishotu ta’lim ol,
Shabona oh bila nolai sahar mendin. 
469
Har kishi bayram sabohi shodu men g‘amnokmen, 
Iydgoh ichra ayog‘ ostidag‘i xoshokmen. 
Garchi el bayram sabohi shodmondurlar, valek
Sog‘inurmen barcha g‘amgindur, chu men g‘amnokmen. 
Oh dudi birla toju ashk qonidin libos,
Ul qora, bu ol, ul yanglig‘kim, bu bebokmen. 
Qavsang ollingdin, yonarda demagil kohil meni,
Qo‘y inoningda yugurmak, ko‘rki, ne cholokmen. 
Borma mahvashlar tamoshosig‘a dersen men kebi,
Zohido qilding gumonkim, muncha beidrokmen. 
Toki qildim raz suyidin tarki hush, ey bog‘bon,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
Xam bo‘lub, qo‘l har taraf solg‘an nachukkim tokmen. 
Ey Navoiy, fayzdin anfosim o‘lmish ruhbaxsh,
To Masihodek aloyiq zulmatidin pokmen. 
470
Qadni ul xurshid ayog‘inda agar dol etkamen,
Jilvasig‘a zulf yanglig‘ o‘zni pomol etkamen. 
Xoldek yuzum qora, gar to‘yg‘amen ruxsoridin,
Gar ko‘zumnung mardumin ruxsorig‘a xol etkamen, 
Ul pariy paykarga forig‘bol yetmak istabon,
Tunu kun tengridin istid’o paru bol etkamen. 
Har kecha holim xarob o‘lg‘anda, yolg‘on tush bila,
Va’dai vasl aylab, andin o‘zni xushhol etkamen. 
Gar desamkim, ko‘yi tufrog‘in aylay ko‘z halqasin 
Ming teshukluk pardai jon birla g‘arbol etkamen. 
Bodani bo‘g‘zumg‘a quyg‘aysen yiqib, ey mug‘bacha,
Gar icharda tavba uzri birla ihmol etkamen. 
Rishta jismingdin, somon sarig‘ yuzungdin chirmayin,
Ey Navoiy, nomakim ul oyg‘a irsol etkamen. 
471
Bilgasen, chekmas kishi dardu balo andoqki men,
Gar birovga mubtalo bo‘lsang, sanga andoqki men. 
Ishq dardig‘a davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balog‘a kimsa ermas mubtalo andoqki men. 
Uylakim, yo‘q sen kebi husn ahli ichra bir pariy,
Yo‘qturur bir telba ahln ishq aro andoqki men. 
Eyki qo‘ymaysen, tanimni tu’ma qilgay itlaring,
Itlaringga jonni kim qildi fido andoqki men?! 
Ey Navoiy, fayzdin anfosim o‘lmish ruhbaxsh,
To Masihodek aloyiq zulmatidin pokmen. 
470
Qadni ul xurshid ayog‘inda agar dol etkamen,
Jilvasig‘a zulf yanglig‘ o‘zni pomol etkamen. 
Xoldek yuzum qora, gar to‘yg‘amen ruxsoridin,
Gar ko‘zumnung mardumin ruxsorig‘a xol etkamen. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin