Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
Ul pariy paykarga forig‘bol yetmak istabon,
Tunu kun tengridin istid’o paru bol etkamen. 
Har kecha holim xarob o‘lg‘anda, yolg‘on tush bila,
Va’dai vasl aylab, andin o‘zni xushhol etkamen. 
Gar desamkim, ko‘yi tufrog‘in aylay ko‘z halqasin
Ming teshukluk pardai jon birla g‘arbol etkamen. 
Bodani bo‘g‘zumg‘a quyg‘aysen yiqib, ey mug‘bacha,
Gar icharda tavba uzri birla ihmol etkamen. 
Rishta jismingdin, somon sarig‘ yuzungdin chirmayin,
Ey Navoiy, nomakim ul oyg‘a irsol etkamen. 
471
Bilgasen, chekmas kishi dardu balo andoqki men,
Gar birovga mubtalo bo‘lsang, sanga andoqki men. 
Ishq dardig‘a davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balog‘a kimsa ermas mubtalo andoqki men. 
Uylakim, yo‘q sen kebi husn ahli ichra bir pariy,
Yo‘qturur bir telba ahli ishq aro andoqki men. 
Eyki qo‘ymaysen, tanimnn tu’ma qilg‘ay itlaring,
Itlaringga jonin kim qildi fido andoqki men?! 
Garchi o‘lturdung jafo birla meni, lekin tilab,
Topmog‘ung davronda bir ahli vafo andoqki men. 
Yo‘qturur davron jafosidin qutulmoq, ey rafiq,
Tutmasang mayxonaning kunjini to andoqki men. 
Ey Navoiy, gar berur husni zakotin yo‘q kishi,
Xastae zore g‘aribiy benavo andoqki men. 
472
Yorab, anglabmu ekin ul oykim, aning zorimen,
Kechalar savdosidin andoqki zulfi torimen. 
Sihhatim bo‘lsa, topibmen la’li yodidin shifo,
Notavon ham bo‘lsam, aning ko‘zlari bemorimen. 
Yo‘qturur haddim demakka yornmen yoxud iti,
Itlariga har kishi yor, ul kishining yorimen. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
Xo‘blar ushshoqig‘a jon bersalar, ul qilsa qatl,
Har sari yuzlansa ishq ahli, men aning sorimen. 
Istasa el jonini, bilmon berur-bermaslarin,
Bo‘lsa yuz jon ham, anga borin berurmen borimen. 
Jilva aylab mast, to ko‘nglumni oldi mug‘bacha,
Dayr piri itlari silkida xidmatkorimen. 
Hajrdin to notavon jonimni qutqardi ajal,
Ey Navoiy, anglakim, jon birla minnatdorimen. 
473
Yuz jafo, tong yo‘q, gar ul nomehribondin ko‘rgamen,
Kim vafo ko‘rmish biravdinkim, men andin ko‘rgamen. 
Kimsa abnoyi zamondin ko‘rdimu hargiz vafo
Kim, men ul xunrezu oshubi zamondin ko‘rgamen. 
Qo‘yki, itdek telba ko‘nglum necha mehnat, ey rafiq,
Har dam ul ovorayi bexonumondin ko‘rgamen. 
O‘zgalar lutfin netaykim, jonima orom erur,
Javru bedodikim, ul oromi jondin ko‘rgamen. 
Nozaninlar jilvagohi ichra har yon telmurur
Ko‘zlarimkim, ul sumanbarni qayondin ko‘rgamen. 
Yeru ko‘knii ashku ohim saylu dudi qildi gum,
Necha ranju mehnat ul ikki yomondin ko‘rgamen. 
Dema ul oy orazin ko‘rsang, urar boshingg‘a tig‘,
Har balo kelsa boshimg‘a osmondin, ko‘rgamen. 
Xirqayu sajjodani qilsam fano dayrida rahn,
Ikki olam sudini mundoq ziyondin ko‘rgamen. 
Ey Navoiy, so‘rmag‘ilkim, qilmag‘umdur oshkor, 
Yuz nihoniy dardu mehnatkim, falondin ko‘rgamen. 
474
Telba ko‘nglum javridin andoq parishonholmen
Kim, aning bedodining sharhin demakdin lolmen. 
G‘am sipohi chun hujum aylar aning to‘sh-to‘shidin,
Holig‘a rahm aylabon, g‘am xaylig‘a pomolmen. 
Gohi majnunvashlig‘i birla bo‘lurmen muztarib,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin