Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
244
Foniy o‘l, faqr istar ersangkim, erur maqsad muhol,
Yo‘lga chun qo‘ygay qadam rahrav, tavakkul qilmayin. 
Ey Navoiy, shart qildimkim, agar bo‘lsam xalos,
Ishqidin o‘zga bu ish zikrini bikull qilmayin. 
479
O‘rtama ko‘nglumni komin hosil etmastin burun,
Qushni kim biryon etibtur, bismil etmastin burun. 
Jism aro ishqing vatan qilmay, hanuz oldi ko‘ngul,
O‘t yoqar yer topti uyni manzil etmastin burun. 
Oshiq o‘ldum, jonim osonlig‘ bila ol, ey ajal,
Ishq dardi jong‘a ishni mushkul etmastin burun. 
Ey ko‘ngul, yor ochti yuz, hijronda o‘lmak sa’b erur,
Jon fido qil yuzga burqa’ hoyil etmastin burun. 
Pandlar berdi xirad ko‘nglumga, yuz shukr, ey pariy,
Telba qilding nosih ani oqil etmastin burun. 
Foniy o‘lsun kim baqoyi jovidon istar ani
Foniy o‘lg‘anlarg‘a davron doxil etmastin burun. 
Ey Navoiy, g‘ayr naqshidin orit ko‘nglungnikim,
Fayz mumkin ermas, o‘zni qobil etmastin burun. 
480
Yorumas sham’i jamoling, rishtai jon o‘rtabon,
Furqating dardi kam o‘lmas, dog‘i hijron o‘rtabon. 
Ko‘ngluma o‘t, boshima solding qilich, ammo ne sud,
Oshkoro urmag‘ing su, uyni pinhon o‘rtabon. 
Barqe kulmak birla kuydirgan kebi jismim xasin,
Ohkim, kul qildi gul gulbargi xandon o‘rtabon. 
Xayli ishqing har so‘ngakni tanda biryon o‘rtadi,
Korvon yoqqondek o‘t, xaslarni har yon o‘rtabon. 
O‘qlarin o‘rtab tanimda, to‘kti ko‘nglum qonini,
Turfa saydi ayladi bismil, nayiston o‘rtabon. 
Soqiyo, sol otashin la’ling bila bir o‘t manga
Kim, ko‘ngulga shu’la solsun, jonni oson o‘rtabon. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
245
To Navoiydek bo‘lay ozod o‘zluk mulkida, 
Har nenikim o‘rtamaklik bo‘lg‘ay imkon o‘rtabon. 
481
El g‘amimdin kuymasun deb, nolai zor aylamon,
Dardi holimning mingidin birni izhor aylamon. 
Yo‘qsa yo‘qtur hech soatkim, fig‘oni zor ila, 
Yuz tuman ming bag‘ri toshning ko‘nglini zor aylamon. 
Turfa bukim, tortibon yuz muncha do‘zax shu’lasi,
Yor ko‘nglin bu haroratdin xabardor aylamon. 
Turfaroq bukim, fig‘onimdin uyumay dahr eli,
Uyquluq baxtim ko‘zin bir lahza bedor aylamon. 
Ishq aro men o‘zga, Farhod o‘zgadur, ey do‘stlar,
Teshai g‘am birla men tog‘ bag‘rin afgor aylamon. 
Soqiyo, andoq sabuh istar ko‘ngulkim, bersa dast,
To qiyomat subhi andin o‘zni hushyor aylamon. 
Ey Navoiy, sudrab eltur boda birla mug‘bacha,
Ixtiyorim birla azmi ko‘yi xammor aylamon. 
482
Qatra terlardin yuzinda dur nishonimu deyin,
Yo takallum vaqti la’li durfishoninmu deyin? 
Og‘zidin jismim adam bo‘lmag‘lig‘inmu sharh etay,
G‘uncha yanglig‘ tah-batah ko‘nglumda qoninmu deyin? 
Tan firoqinmu desun, jon ishtiyoqinmu desun,
Men xayoli tan guzori jonsitoninmu deyin? 
Eyki, dersen nuktai ishqu junun ahlidin ayt,
O‘z fasonam, yo‘qsa Majnun dostoninmu deyin? 
Soqiyo, ko‘nglumda may hirsin ko‘rub, so‘rdung sabab,
Hajri dardin yo xumori begaroninmu deyin? 
Charxdin qilsam shikoyat so‘rmang, ey xalqi zamon,
Xalqning javrinmu, oshubi zamoninmu deyin? 
Qolg‘ali shomi firoq ichra Navoiy sham’dek,
Kuymakinmu aytayin, ashki ravoninmu deyin? 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin