Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
251
Ey Navoiy, ish qila olur chog‘ingda qilmading,
Chun qariding, ne osig‘ hasrat bila ohu fig‘on. 
493
Ko‘ngul, qayg‘urmakim, dashti fanog‘a borg‘udekturmen,
Ham o‘zni, ham seni hajr ilgidin qutqarg‘udekturmen.
Siyosatgohi ishq ichra fano jallodi chekkach tig‘,
Ayog‘ig‘a tushub ta’jil uchun yolborg‘udekturmen.
Balo bazmida soqiyi ajal jomi fano tutsa,
Tag‘or o‘lsunki, og‘zimg‘a quyub sipqarg‘udekturmen. 
Firoq anduhi o‘ti dudidin ko‘nglum uyi to‘lmish,
Aning daf’i uchun ko‘ksumni har dam yorg‘udekturmen. 
Bu yanglig‘kim, fano dashtida yuzlandim, to‘yib jondin,
Masiho bo‘lsa yo‘ldoshim, ani qaytarg‘udekturmen. 
Bu yanglig‘kim, oqar g‘am shomi bag‘rimdin shafaqgun qon,
Saharg‘a tegru subhi hajrdek sarg‘arg‘udekturmen. 
Munungdekkim, fano dayrida tutti mug‘bacha sog‘ar,
Navoiy voqif o‘lg‘inkim, o‘zumdin borg‘udekturmen. 
494
Bo‘ldi shomu qildi jonimg‘a jafo bunyodi tun
Kim erur oshiqlaru bemorlar jallodi tun. 
Tush ko‘rub, bir kun qiyomatni bo‘lub erdi unut,
Berdi hajringda meni mahzung‘a ul kun yodi tun. 
Men tirik qolmoq edi hijron tuni behad muhol,
Xossakim, qatlim uchun qildi aniig imdodi tun. 
Kahkashon domida anjum donasin sochmoq nedur,
Gar emas o‘lturgali umrum qushi sayyodi tun. 
Dedilar, hijron tunidin so‘ngra subhi vasl erur,
Naylayinkim, subhg‘a tegru tirik qo‘ymadi tun. 
Bu chamanda demangiz shabxez qushlar nolasi
Kim, erur ushshoqi mahzun oh ila faryodi tun. 
Hajr shomi gar Navoiy jonin oldi, tong emas
Kim, erur ahli baliyat qatlining mu’todi tun. 
495


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
Bahor andoqki bulbul gul’uzori toza istarmen
Ki, ul gulbong ila o‘zni baland ovoza istarmen. 
Chu ul gul toza-toza o‘t solur ko‘nglum aro, men ham
Ul o‘tdin ko‘kragim dog‘ini toza-toza istarmen. 
Chu yo‘q andoza ishqim birla shavqimg‘a, ul oyni ham,
Jamolu mehr oyinida beandoza istarmen. 
Eritsam gar ko‘ngul choki uchun paykonlaring, tong yo‘q
Temurdin chun hisori dard uchun darvoza istarmen. 
Uzori shavqi tig‘idin o‘lub qonlig‘ kafan birla,
Aning har xoridin huro yuziga g‘oza istarmen. 
Firoqing ichra rozimen falak jismim uyin yiqsa,
Xilofi odat uy vayron qilurg‘a roza istarmen. 
Navoiy nazmining avroqi zulfungdin parishondur,
Aning jildig‘a sunbul toridin sheroza istarmen. 
496
Voykim, dushvorroqdur mehnati ayyomdin, 
Subhim o‘tkan subhdin, shomim ham o‘tkan shomdin. 
Vaslidin yo‘q komu hijronda ne umr o‘lg‘ay bukim,
Bir o‘lar jon minnatin chekmak kerak nokomdin. 
Sabrdnn yo‘q muztarib ovora ko‘nglumga asar,
Ul sifatkim, dasht paymo jismima oromdin. 
Tiyr boroni balokim, paykarimg‘a yog‘di, ruh
Qochti andin uyla qushdekkim, qutulg‘ay domdin. 
Hech ish sarvi gulandomimg‘a beandom emas,
G‘ayri javru zulmikim, xorijdurur andomdin. 
Jomdin bizga g‘araz may ichra dilbar aksidur,
Yo‘qsa o‘z aksi ham aylar jilva xoli jomdin. 
Ey Navoiy, necha za’fing yozib ul bazl aylagay,
O‘lmaguncha ish ochilmas ishq aro payg‘omdin. 
497
Ne bahor o‘lg‘ayki, nolam ra’d erur, ashkim yog‘in,
Barq der ko‘rgan jahon ichra damim o‘t solmog‘in. 
Notavon boshimga yog‘durmoqdin o‘zga qasdi yo‘q,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin