Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
264
Isatasang dardu junun, ochib Navoiy daftarin,
Telbalik sharhini topib, holi zoridin o‘qu. 
519
Yuziga tushub erdi uyquda gesu,
Quyoshni yoshurgonda tun ne tong uyqu. 
Yaram kasratidin ulus yig‘lar, ammo
Kelur har birisiga holimg‘a kulgu. 
Iki ko‘z jamolingdin ar bahra topti,
Ko‘ngul yutti qonlar, budur qushqa qoru. 
Yuzung o‘trusida quyosh xush ko‘runmas,
Quyoshqa aningdekki, oy bo‘lsa o‘tru. 
Yuzung o‘tin ohim yorutur erur, shukr
Ki, ul dam bila tiyra bo‘lmas bu ko‘zgu. 
Manga may nashotin ko‘rub qayg‘urur shayx,
Nashot aylaram men ko‘rub anda qayg‘u. 
Navoiyni ishq o‘lturur, tirguzur ham,
Zihi ishq ishi ne qnyomat erur bu. 
520
Ul oyni ko‘rgan el derlarki, mehri xovaridur bu,
Meni chun aylamish devona dermenkim, pariydur bu. 
Qulog‘i durru la’likim quyoshqa yondoshibturlar,
Sharaf avjida ul kavkab, saodat axtaridur bu. 
Yuzin xo‘y toza qilg‘anni nazzora ayladim, go‘yo,
Eram gulzorida serob gulbargi taridur bu. 
Qadining jilvasin yuz noz ila bo‘ston aro ko‘rgan,
Degay, tovusi ra’no yo magar kabki dariydur bu. 
Yuzinda la’li nutqidin chu toptim ruh, bildimkim,
Quyosh ichra Masih ul, nuktai jonparvaridur bu. 
Ko‘nguldin otashin la’li xayoli birla cheksam oh,
Bu o‘tning shu’lasidur ul va lekin axgaridur bu. 
Manga dayr ichra berdi mug‘bacha bir mayki, jon toptim,
Bu jannatning hamono huri uldur, kavsaridur bu. 
Sovurma dayr tufrog‘ini har xorij nafas birla 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
265
Ki, jon bergan Masih anfoslarining paykaridur bu. 
Xiyobonda Navoiy sabrini gar xo‘blar oldi,
O‘zidin voqif o‘lsun, negakim shahri Hiridur bu. 
HYe HARFINING HUMOYuNVAShLARINING HALOKANGYeZLIG‘LARI

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin