Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
Rashkdin ishqing tutarmen jonu ko‘nglumdin nihon,
Bo‘lmas el sirrin deyishmak ikki nomahram bila. 
Betalab yo‘q vaslidin tolib, vale mahjurmen,
Qolmisham darmonda ushbu nuktai mubham bila. 
Ey Navoiy, xalqdin tut go‘shakim, men tinmadim,
Toki bo‘ldum oshno xayli bani odam bila. 
536
Tong sahobi uyg‘atur uyqulug‘ elni su bilan
Kim, sabuhi vaqti bo‘ldi favtu sen uyqu bila. 
Su sepib uyg‘otqusidurlar seni uyg‘onmasang,
G‘unchai subhu surohi g‘ulg‘ulu kulgu bila. 
Umrdin bir subh olg‘il bahrakim, fasli bahor
Lola ham jomin tutubtur nargisi jodu bila. 
Nastaran yo sunbul ollida bo‘lung xushhol ikav, 
Gar xitoyi birlasen sargarmu gar hindu bila. 
Xushturur bir vasl subhi may bila topmoq nashot,
Necha hijron shomi bo‘lmoq qon yutib qayg‘u bila. 
Goh afg‘oningni tuzgil bulbuli xudroy ila, 
Goh dildoringni yondoshtur guli xudro‘ bila. 
Har qushungg‘a zahr ila qoru tutar shomi ajal, 
Bir sahar sen ham hayote top qushu qoru bila. 
Ne zulolu otashin guldurki, bo‘ston shohida, 
Aylar oroyish bu englik dog‘i ul ko‘zgu bila. 
Ey Navoiy, subhung o‘ldi shom, tinmay yig‘lakim, 
Shoyad o‘lgay nomai jurmung orig‘ ul su bila. 
537
Aningdek o‘t yana ishq urdi xonumonimg‘a 
Ki, shu’la ayrilib andin, tutashti jonimg‘a. 
Jununi daftaridin aqlu hikmag etkay fahm,
Qachonki, Majnun ko‘z solsa dostonimg‘a.
Chu za’fdin so‘ngak o‘ldum, sinar vale qonamas,
Firoq toshi yetib jismi notavonimg‘a. 
Qolib g‘am ichra, yana ko‘rmadi nashot yuzin,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
Birovki soldi quloq nolai nihonimg‘a. 
Emastur ashhabining to‘rt ayog‘ elinda xino
Ki, ko‘nglum ichra qilib jilva, kirdi qonimg‘a. 
Menga harom fano dayri pirining qadahi,
Vujud xonaqahi gar o‘tar gumonimg‘a. 
Navoiyo, tutubon boda, sirri vahdat so‘r 
Ki, chekmay ikki qadah kirmas ul bayonimg‘a. 
Uyquni ohim yeli ko‘zdin uchurdi bu kecha,
Aqlu his avroqu ajzosin sovurdi bu kecha. 
Anjam ermas, charx zulmin holima anglab qazo,
Tiyra ruxsorimg‘a ming qatla to‘kurdi bu kecha. 
Hajrdin tufrog‘ bo‘ldum, go‘yiyo ashkim suyi
Boshima charxi ko‘han toqin yemurdi bu kecha. 
Zulm toshi yog‘durub, hijron qilichi indurub,
Ne balolar ishq boshimg‘a keturdi bu kecha. 
Zaxm ko‘ptin men o‘lum holida o‘lgan sog‘inib,
It yalab qonim, so‘ngaklarni ko‘murdi bu kecha. 
Subh toli’ bo‘lmadi, garchi ul oydin ayru hajr,
Boshima ming qatla gardunni uyurdi bu kecha. 
Charx men sargashta yoshidin xijil bo‘ldiki, ko‘p
Anjumi ashkim shihoboso yugurdi bu kecha. 
Tiyra andindurki, oy, kun sham’in ohim sarsari
Charx fonusi aro bir-bir o‘churdi bu kecha. 
Ey Navoiy, o‘lmakim anglab ul oyning ko‘yida,
Itlari bir dam ulub, bir lahza hurdi bu kecha. 
539
Ishq rahm etsa bu sargardon tani bemorg‘a,
Qaytara aylandurur tob ochqan eldek torg‘a. 
Hajr dardidin quloqlashmaqqa mahram soyadur,
Tak’ya solmoq shomi furqat za’fdin devorg‘a. 
Uchti yo yanchildi mahvashlar toshidin, ey rafiq,
Yoqma mundin nori marham bu tani afgorg‘a. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin