Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
302
Oh dudin zohir aylarmen alarni surgali. 
Demangiz ulkim sevarsen, nega qoningni to‘kar,
Lutf ortuq ko‘rguzur ortuqsiroq sevdurgali. 
Qatli om etkachki, qochti ishqdin har bul-havas,
Jismima jon kirdi ishqim ollida bilgurgali. 
Ey Masiho, bir nafas ting‘ilki, bormish do‘stlar
Jonlar o‘ynab, ul quyoshni boshima kelturgali. 
Dayr aro bormu g‘aming deb so‘rmag‘il, ey mug‘bacha,
Daf’ bo‘lmish sen qadahni og‘zima yetkurgali. 
Ey Navoiy, ko‘z-yuzidin olmoq o‘lmas. voykim.
Ortuq aylar ijtinob ortuqsiroq telmurgali. 
593
Meni o‘lturgay edi mug‘bachalarning alami.
Dayr pirining agar bo‘lmasa erdi karami. 
Davrning boru yo‘qidin ne shikoyat qilayin,
Tengdurur chun mening ollimda vujudu adami. 
Charx naqqoshi surohini munaqqash qilsa,
Shisha og‘zi qilidin keldi munosib qalami. 
Shayxning uylaki, oshuqqa momug‘ ostida dog‘,
Tevuruk ruq’alar ostida tikilmish dirami. 
Ulki boshimni xirom ichra qilibtur pomol,
Har qayon borsa, mening boshimu aning qadami. 
Osmon bo‘lmadi chun ishq yukiga homil,
Tah-batah bir-biri qaddida nedin bo‘ldi xami. 
Har dam, ey ahli zamon, mayli sitam qilmangkim,
Har nechakim desa, bas bizga zamonning sitami. 
Basdur o‘tluq kafanim, zoru quruq jism ichra,
Hashr aro qay sari ishq ahli yuz ursa alami. 
Gar Navoiy nafas urmas, tuganib zaxmida qon,
Go‘yiyo o‘ldiki, chiqmas yana ul xasta dami. 
594
Muhandise topayu egnima qanot yasatay,
Uchub havosida qushlar aro o‘zumni qotay. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
303
Muyassar o‘lmasa, bu to‘rt ayog‘lanib kechalar,
Tanimni itdek etib, itlari sari uzatay. 
Yo‘q ersa o‘tkanida ko‘rganmen debon yuzini, 
Gadoi xasta kebi ko‘yi tufrog‘ida yotay. 
Muhol erur bu tamanno, visoli kim, men kim?! 
Necha el chira savdo bila o‘zumni sotay. 
Tanimg‘a ishqida berdim shikast, ya’ni ul o‘t, 
Yorurg‘a ushbu quruq hemani dedim, ushatay. 
Chu faqir ko‘yida vaslimg‘a hech o‘lturmas, 
Qachong‘a xirqam uza zarq vaslasin yamatay. 
Navoiy uyla ulus xonig‘a erur oshiq
Ki, turk qullari Jo‘chidur aningu Chig‘atoy. 
595
Bu shahsuvorki go‘y o‘ynamoqqa ichmish may, 
Samand sursa buyon boshim ollida o‘ynay. 
Magarki raxshi ayog‘indadur sabo mudg‘am 
Ki, chopsa olam-olam masofat aylar tay. 
Damo-dam ursam ilik rashkdin boshimg‘a, ne tong, 
Tegar chu go‘yiga chavgoni zaxmi paydarpay. 
Chek emdi lutf ila sarsarvashing inoninkim, 
Qilibtur oyinagun yer yuzini sarsari day. 
Bu fasl aro xush erur oq uy ichra boda o‘ti, 
Bu o‘t yorurg‘a mug‘anniy og‘zig‘a olmoq nay. 
Nimaki, aylasa, bo‘lg‘ay anga shay itloqi, 
Ko‘zunga ilma, nedinkim, jahon erur loshay. 
Navoiy, aylasa laylivashing azimati dasht
Munosib o‘ldi o‘kush urdusi ulusig‘a hay. 
596
Ishq orzusini qilur ul navjuvon sari, 
O‘tqa solur o‘zin yana bu notavon qari. 
Arz etsalarki, yor kerak yo iki jahon, 
Yor aytqumdurur beri, ikki jahon nari. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin