Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
306
Ollig‘a bosh qo‘ydum, ammo tig‘ ila ayirmadi,
Bosh emas, bukim erur bo‘ynumg‘a aning untuji. 
Tig‘i ishqin mendin aylar imtihonu vasl yo‘q,
Ishqning go‘yoki, mendin o‘zgaga yetmas kuchi. 
Boda durdin no‘sh eta olmas esang, ey mug‘bacha,
Yirtibon zuhdum ridosin, ayla aning suzguchi. 
Gar ayog‘ing chiqti ashkingnnng suyidin toyilib,
Ey Navoiy, shukr, ul ko‘y ichradur aning muchi. 
601
Har bag‘ir pargolasi g‘am dashtining bir lolasi,
Lek, bo‘lg‘an ishq o‘tidin dog‘ har pargolasi. 
Ishq sahrosig‘a har kim kirmak o‘lmaskim, erur
Bir yurakning dog‘lig‘ pargolasi, har lolasi. 
La’l uza ushog‘roq inju aylagandek ta’biya,
Ko‘rguzub shirin labingni har taraf tabxolasi. 
Anjum ermaskim, tushubtur charx ko‘zgusiga aks,
Baski, yog‘di g‘am tuni yer uzra ashkim jolasi. 
Girdbolisht bo‘lsa oy boshing qo‘yarg‘a, vajhi bor
Kim, aning davri yuzing oyining o‘lg‘ay holasi. 
Gul xaridori chu ko‘ptur, bo‘lma ko‘p, ey bog‘bon,
Zeb uchun mashshota yo sotmoq uchun dallolasi. 
Gar Navoiy nolasidin yor yolqibtur, vale
Ishq yo‘q deb ta’n etar, gohiki yo‘qtur nolasi. 
602
Lab uza xatti anbar oludi
Otashin la’lining erur dudi. 
Dardu sabrin nisoring etti ko‘ngul
Kim, bo‘lar erdi budu nobudi. 
Jon berib, ko‘nglum oldi naqdi g‘aming,
Ahli savdoning ushbudur sudi. 
Gar o‘qung jong‘a qasd qildi, ne bok
Ki, aning bu o‘q erdi maqsudi. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
307
Tanu jon rishtasi g‘amingg‘a libos,
Bu biri tori, ul biri pudi. 
Tengdurur dahrg‘a vujudu adam,
Balki ma’dum barcha mavjudi. 
Gar Navoiy ko‘zi oqardi, ne tong,
Ashk aning qorasini yuvdi. 
603
Vah, necha davron jafosi aylagay mahzun meni,
Soqiyo, bir davr ayog‘i birla qil majnun meni. 
Behud o‘lmishmen mayi la’lingni ko‘rgach, ohkim,
Qildi mast og‘zimg‘a yetmay ul labi maygun meni. 
Lahza-lahza uylakim, javrungki husn aylar fuzun,
Shavq aro ham ishqing aylar dam-badam afzun meni. 
Elta olur bir quyun jismim xasin ul ko‘ydin,
Ranja bo‘lma qilg‘ali ovora, ey gardun, meni. 
Mujdai vaslu hayot o‘lg‘ay dedim noming, valek
Xatti behush aylabon qatl ayladi mazmun meni. 
Menda mug‘ dayri havosi g‘olibu sizda xumor,
Mayg‘a, ey ushshoq, muflis aylangiz marhun meni. 
Ey Navoiy, vasl aro-o‘q kosh sursa tig‘i kin,
Furqatida oqibat o‘lturgusidur chun meni. 
604
O‘tgan kecha men erdimu ul siymtan erdi,
Gulshan to‘rida maskannmiz bir chaman erdi. 
Gulbin aro ikki kishiga sig‘qucha manzil,
Bulbul bila guldek ikimizga vatan erdi. 
Lola kebi yoqut qadah yo‘q tubiga durd,
Bir shisha may andoqki, aqiqi Yaman erdi. 
Gah men tutub ul ichmaku, gah ul tutubon men,
Tun yarmig‘acha ikkimizga bu fan erdi. 
Ul tutqach ayog‘, men ayog‘ig‘a qo‘yubon yuz,
Isor anga ko‘zdin bori durri Adan erdi. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin