Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


V Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

V


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
342
Oy yuzung bog‘i bahori olam,
Araq ul yuzda gul uzra shabnam. 
Guldek ul chehrag‘a qul bog‘da ko‘p,
Qoshlaringdek yangi oy charxda kam. 
Ul og‘iz keldi chu ma’dum, ne kom,
Jong‘a andin agar o‘lmasa adam. 
Zuhdu taqvo elidin ko‘p yetti
Har dam ul telbaga bedodu sitam. 
Ul haramdin dedi, men butkadadin,
Bir-biriga so‘z ulandi mahkam. 
Chun chiqishmay orada suhbatimiz,
Ul haramg‘a qadam urdi, men ham. 
Yetar ul yuzga furug‘ ohimdin,
O‘tni andoqki, yoruq aylar dam. 
Chunki bu dayri fano ichra ko‘ngul,
Olami ishqing aro bo‘ldi alam. 
Tuno kun chiqmish edim maykadadin
Ki, yo‘luqti manga bir shayxi dajam. 
Mustami’ past ediyu nukta biyik,
Tund o‘lub, urdi haram sari qadam 
Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachai bodaparast! 
VI
Ey buti sarv, qadi gulruxsor,
G‘unchang aytur chog‘i shirin guftor, 
Mayi gulgun yuzunga shu’la solib,
Ul gulungni bu gul aylab gulnor. 
Orazing ko‘ngluma ochti yuz gul,
Kirpiking bag‘rima tikti ming xor. 
Xar nafas la’li labing nukta bila
Iso e’jozini aylab izhor. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
343
Dayr tomi uza to ko‘rdum ani,
Nola noqus kebi tortib zor-zor. 
Shayx San’on kebi din tarki qilib,
Zuhdu taqvodin etib istig‘for. 
Tobi zulfingda kamand ichra shikast,
Xoli xattingda tun ichra ayyor. 
Ul ne tarsoki, Masihog‘a erur
Ollida dam ura olmoq dushvor. 
Gabrki, shol solib egnimga,
Bo‘lubon hushu xiraddin bezor. 
Butu tarso qoshida sajda qilib,
Kuydurub mushafu bog‘lab zunnor. 
Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachai bodaparast! 
VII
Ulki, bor oy kebi ruxsora anga,
Bo‘lmisham bedilu bechora anga. 
Ko‘yiga bordi ko‘ngul, to, netkay
Yana ul sho‘xi sitamkora anga. 
Tig‘i hajringdin erur yuz pora,
Yuz tuman ming yara har pora anga. 
Xoraning daf’i uchun bo‘ldi nasib,
G‘arqaliq bahri fano ora anga. 
Dardu bechoralig‘ o‘tti haddin,
Ya’s zo‘r ayladi yakbora anga. 
Dudi ohim g‘amidin bo‘ldi sipehr,
Ashk erur kavkabi sayyora anga. 
Qaysi zaxmini ko‘ngulning tikayin,
Chun adaddin ko‘p erur yara anga. 
Bosh chiqarmon ko‘zum ashki suyidin
Ki, falakdin yog‘adur xora anga. 
Topmadi yor sari yo‘l nechakim,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin