Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
344
Bo‘ldi sargashta bu ovora anga. 
Chunki fahm o‘ldiki, mutlaq yo‘q emish
Juz mayu dayri fano chora anga. 
Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachai bodaparast! 
VIII
Yana mug‘ dayrida mastu bebok
Kezaram, bosh yalangu xirqam chok. 
Boda girdobi aro zor tanim,
Uyladurkim, tengiz ichra xoshok. 
Vah, ne ko‘lokdur ul bahrg‘akim,
Mavjg‘a tushsa, yuyulg‘ay aflok. 
Menki, ul bahr aro jon topmishmen,
Zahrdur, og‘zima olsam taryok. 
Topmasam jomi mayi nob dame,
Dahr aylar meni behad g‘amnok. 
Tunu kun ul sifat usrukmenkim,
Shomdin subhni qilmon idrok. 
Qo‘rqaram, tashlamag‘ay tashqari, gar
Charx solsa bu tengizga ko‘lok. 
Buyla may bahrini indurdi ekin,
Suda shoxi uza chirmashqan tok. 
Maykada bahriy dog‘i mast nahang,
Xonaqah ichra ne topqay juz xok. 
Yaqin erdiki, yana savmaada
Bo‘lg‘amen ranji xumor ichra halok. 
Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachan bodaparast! 
IX
Manga dayr o‘ldi chu baytul-ma’mur,
Dayr pirig‘a bo‘lubmen ma’mur. 
Qilma, yo rab, anikim, bo‘lg‘aymen


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
345
Ul makonu bu makindin mahjur. 
Dayr aro men ne sabohu ne maso,
Masti mayimen ne saninu ne shuhur. 
Anglamonkim, iega gardun soldi
Ayshim avzoig‘a bu nav’ futur. 
Dam-badam tutmoq ila mug‘bacha may
Yetkurur erdi zamirimg‘a surur. 
Emdikim, har yon etib kasbi havo,
Bo‘lg‘udek ko‘rdum o‘zumni maxmur. 
Chun azalda bu may erdi qasamim,
Boda ichmakda erurmen ma’zur. 
Necha kun dayri fanodin chiqibon,
Ko‘ngul ozurdayu jondur ranjur. 
Menki, mug‘ dayrida erdim sokin,
Bor edi aysh manga nomaqdur. 
Dayrdin mast chiqib, may tiladim,
Kimsadin yetmadi bir jomi huzur. 
Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachai bodaparast! 
X
Bu kecha ko‘zlarim erdi bexob,
Jonima ranji xumor ichra azob. 
Yor nargislaridek jonda xumor,
Tan aro sunbulidek pech ila tob. 
Dayr eshigida edi bazmi g‘arib,
Rindlar barchasi masti mayi nob. 
Bazmi ma’ni bila daryoyi fano,
May tag‘ori bu tengizga girdob. 
Ko‘zi tushkach manga ham lutf bila
Chorlob o‘lturtub, etib buyla xitob. 
Tutubon uylaki, garduni sog‘ar,
Men bo‘lub ul may ila mastu xarob. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
346
Subhi dam jomi sabuhi tilabon,
Ayladim maykada azmig‘a shitob. 
Dayr piri bo‘lubon xoknishin,
Lek himmat yo‘lidin arshi janob. 
Har kishigaki, tutub bir sog‘ar,
To abad hushi bo‘lubon noyob. 
K-ey xumor ilgida rindi ojiz,
Seni maxmurlug‘ etmish betob. 
Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachai bodaparast! 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin