Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


XI Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

XI


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
354
Soqiyo, jomi diloro xushtur,
Ichida rohi guvoro xushtur. 
Jomi poku mayi nob andin pok,
Quyoshu chashmai hayvondin pok. 
To ani ichgali ko‘rguzsa havas,
Saltanat bog‘ida sarvi navras. 
Ham aning bazmig‘a loyiq bo‘lg‘ay,
Pok tab’ig‘a muvofiq bo‘lg‘ay. 
Shahg‘a maqbul dog‘i mulkga zayn,
So‘zi matbu’ o‘zidek ibn Husayn. 
XII
Soqiyo, tut manga gulbo‘y qadah,
Xalq ko‘nglidin alamsho‘y qadah. 
Uylakim solsa ko‘ngul uyiga nur,
Tiyralikni itirur sham’i surur. 
To beray, ko‘nglum o‘lub gulshanvor,
Ko‘zga shahzoda yuzidin anvor. 
Anga bersun, yo rab, to bo abad,
Ruh ila Qosim Anvar madad. 
Chun so‘zi xushtur, o‘zi xushharakot,
To abad bo‘lsun anga umru hayot. 
XIII
Soqiyo, jomi g‘aribona ketur,
Men g‘arib ichsam ani, yona ketur 
Kim, kelur ko‘ngluma ul ikki g‘arib
Kim, ul ikkini jalo qildi nasib. 
Ayru shah yanglig‘ atodin ham alar,
Yuz tuman komravodin ham alar. 
Ne ekin hollari g‘urbat aro,
Boshqa g‘urbatda kelur shiddat aro. 
Axtari toli’ o‘lub bargashta,
Bul-ajab qavm aro sargashta. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
355
O‘zga mulk, o‘zga diyor, o‘zga daman,
O‘zga xalq, o‘zga makon, o‘zga vatan. 
Tush ko‘rarlarmu ekin shohni hech,
Vatanu maskanu bunkohni hech. 
Ikkisi yodi bila bir qo‘sh tut 
Ki, ko‘nguldin manga bo‘lmaslar unut. 
Himmatin kosh baron tutqay shoh,
Kelgali ul ikov inshoolloh. 
XIV
Soqiyo, qil to‘la jomi zarkor,
Bir g‘azal boshla Faridun osor. 
Komning bodasi dog‘i rangin,
Nazmning nuktasi dog‘i shirin. 
Nazm adosida muvofiq yasab un,
Jomi may nazmi nigorandag‘a sun. 
Ul ikov yodi bila ichsun qo‘sh,
So‘ngra qoru sanga qildirsun no‘sh. 
Sen dog‘i durdi joming manga tut,
Qo‘shdin ul dog‘i bersun sarqut. 
XV
Soqiyo, tut qadahi miynoyi
Ki, ulus aqlin etar shaydoyi. 
Angla miyno qadah ichra mayi nob,
Jomi firuzada yoquti muzob. 
Bo‘lsun chun boda uchun bazm aro
Sulton Vays ibni Boyqaro. 
Anga hangomai shavqimni ayt,
Dog‘i she’rimdin o‘qug‘il bir bayt. 
Kim, jahon bo‘lg‘ucha komin bo‘lsun,
Aysh bazmida maqoming bo‘lsun. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin