Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
360
Ulki, bu qoida mumtozi erur,
Shohlar shohi Abulg‘ozi erur. 
Qildi bu shohni taqdir sanga,
Ham shahu ham ato, ham pir sanga. 
Atoyu piring erur shohi zamon,
Og‘oyu qardoshu maxduming xon. 
Ikkisi xidmatidin xushhol o‘l,
Tengriga ahliyat bu xidmat bila yo‘l. 
XX
Soqiyo, jomi Kayoniy keltur,
Quti arbobi maoniy keltur. 
Bodai lam’asi andoq ravshan 
Ki, ko‘ngul hujrasida qilsa vatan. 
Necha yoshunsa xayol abkori,
Zohir o‘lg‘ay barining ruxsori. 
Qayda ul shohvashi ravshan roy
Ki, bo‘lub davlat ila bazmoroy. 
Ani tut xidmatida hurmat ila,
So‘ngra arz ayla bu so‘z xidmat ila. 
K-ey sharaf avjida mehri iqbol,
Bog‘i davlat aro farxunda nihol. 
Shahlig‘ Odamg‘acha zotingg‘a nasab, 
Odam avlodida yo‘q sencha hasab. 
Tengri onchaki sanga berdi kamol,
Ayla loyiq bu kamolingg‘a xisol. 
Fazl kasbig‘a ko‘p o‘lg‘il mashg‘ul,
Topmasun yo‘l vale ollingda fuzul. 
Seni haq ayladi chun gavhari pok,
Poklar suhbatidin aylama bok. 
Poklar hodiyi rohing bo‘lsun,
Qodiri pok panohing bo‘lsun. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
361
Boda kufri sari bo‘lma mudmin,
Haqdin o‘ldi laqabing chun Mu’min. 
XXI
Soqiyo, bazmda tut jomi visol,
Kim kelur yodima ayyomi visol. 
O‘tti bir qariki, hijron aromen,
Vasl ayyomig‘a armon aromen. 
Mehribonlar qani, ahbob dog‘i!
Hamnishinlar qani, ashob dog‘i! 
Barcha g‘urbatqa xirom ayladilar,
Xuld bog‘ini maqom ayladilar. 
Har biri hajrida ko‘p o‘rtandim,
Kupga chun chekti firoq o‘rgandim. 
Birikim qoldi, base ko‘p qolsun,
Umr komini jahondin olsun. 
Chun vafoyi bila bo‘ldi mashhur,
Aylasun umri vafo birla zuhur. 
Ko‘ngli chun topti vafo ichra safo,
Deki, mundoq dedilar ahli vafo. 
Kim, vafo sog‘aridin olsang kom,
Ich, vafo ahlini yod aylab, jom. 
Andakim, hajr kamiyatin so‘rdum,
Bir-iki yor sanga topshurdum. 
Biri ham yor manga, ham farzand,
Jong‘a oromu yurakka payvand. 
Biri hamsuhbatu, hamdardu rafiq,
Tuqqanimdin dog‘i yuz qatla shafiq. 
Ul biri gulshani umrumda tazarv,
Bu biri bog‘i hayotim aro sarv. 
Ul yigitlar safining zebosi,
Bu yigitlik fanining donosi. 
Ul jahon nodirasi har fanda,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
362
Bu qilib har fan elin sharmanda. 
Ul biri oti chu mazkur bo‘lub,
Mirzobek ila mashhur bo‘lub. 
Bu biri ismini aylarda xitob,
Mir Darvesh debon shayx ila shob. 
Ham aning furqati kuydurdi meni,
Ham muning hasrati o‘lturdi meni. 
Jong‘a hijronlaridin tushmish pech,
Bu ikavning xabarin topmay hech. 
Sanga zohir esa, payg‘om etgil,
Har ne ma’lumdur, e’lom etgil. 
Xuld aro bor esalar bazmoroy,
Voy hijronlaridin, yuz ming voy! 
Haq seni dahrda boqiy tutsun,
Shodlig‘ sog‘ari soqiy tutsun. 
Sen qilib no‘sh tiriklik jomin,
Mug‘tanam angla hayot ayyomin. 
Ko‘rki, umr elga vafo ayladimu,
Charx juz javru jafo ayladimu?! 
Bilki, olamda ne shah qoldi, ne bek,
Shohi mag‘furdegu beklaridek. 
Qani sultonu shahidu xayli,
Barchasin yopti ajalning zayli. 
Qani Qanbar Aliyu, qani Mazid?!
Qani Sultonu, qani Nuri Said?! 
Har biri o‘zni tutub oliy shon,
Biridin qolmadi olamda nishon. 
Barcha gar ketti, sen o‘lg‘il jovid,
To abad umrdin o‘lma novmid. 
Mayi maqsud ila joming to‘lsun,
Tengridin ofiyating xayr o‘lsun. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin