Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
367
Bir aningdekni tilab olam aro,
Topmadi jinsi bani odam aro. 
Balki to bo‘lg‘usidur davroni,
Ham emas topmog‘ining imkoni. 
Ma’ni ahlig‘a imomi barhaq,
Haqdin islom aro qutbi mutlaq. 
Tobiyu xayli tariqat ahli,
Soliki amri haqiqat ahli. 
Ko‘ksining vus’ati yuz ming olam,
Ko‘nglining onchaki, arshi a’zam. 
Rutbasi andaki, yuz payki xayol,
Ursa yuz ming qadami barqmisol. 
Rif’ati qat’ida topmay voya,
Balki yuz poyasidin bir poya. 
Vasfida desa xirad fazlu funun,
Aql kul vasfi degay sar’u junun. 
Arsh urfonida bir past maqom,
Mast jomi azali orifi Jom. 
Men kebi zarrani ul yanglig‘ mehr,
Buyla tufrog‘ni ul andoza sipehr. 
Yuz o‘zum haddicha e’zoz aylab,
Vasflar birla sarafroz aylab. 
Sihr tasnif aro surmay qalami
Ki, mening otima chekmay raqami. 
Xomasin qayda qilib nuktafishon,
Qo‘yibon mendin ham anda nishon. 
Xoslig‘ na’tini zotimg‘a chekib,
Yerlig‘ vasfini otimg‘a chekib. 
Charx bu mehrin aylab g‘orib,
Mehrsizlig‘din ichimni yorib. 
Sabru toqat nechakim ko‘rguzayin,
Buyla furqatqa ne yanglig‘ tuzayin. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
368
Ham magar hushni daf’ aylar jom,
Bergay oshubima bir dam orom. 
XXVI
Soqiyo, tut quyubon jomi fano,
To ko‘raykim, nedur anjomi fano. 
Ul fano jomini chun sipqarayin,
Mast o‘lub, dayri fanog‘a borayin. 
Rindlar bazmig‘acha kom chekay,
Ul xarobot elidin jom chekay. 
Bo‘lubon jomi fanodin bebok,
Foniyona qilayin xirqani chok. 
Ul fano ahli aro bolodast
Kim, fano tufrog‘ida erdi past. 
Garchi bor erdi tani xoknishin,
Ruhig‘a manzil edi illayin. 
Foniyi mutlaq, ozoda ham ul,
Garmro‘, soliki aftoda ham ul. 
Yo‘q fano dayrida o‘zdin xabare,
Qolmayin o‘zlukidin ham asare. 
Manga zohirda atovu ustod,
Lek ma’ni aro piri irshod. 
Men aning bandalig‘ig‘a xursand,
Ul debon lek rafiqu farzand. 
Har g‘amekim, yetibon davrondin,
Men topib barcha najotin ondin. 
Daf’ aylab, chu ko‘rub menda malol,
Mushkili yetsa, dog‘i ul hallol. 
Laqabi Sayid o‘lub, oti Hasan,
Laqabi yanglig‘ oti mustahsan. 
Ani ham charxi muxolif pesha,
Gardishi davri xilof andesha. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin