Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
371
Anikim, mahrami asror dedim,
Darddin ko‘ngli xabardor dedim. 
Chiday olmay qatiq ahvolimdin,
Ollida shammai o‘z holimdin. 
Dedimu, vah, demagay erdim kosh
Kim, demas so‘znn o‘zum qildim fosh. 
Zor jismimg‘a anolar keldi,
Telba boshimg‘a balolar keldi. 
Charx yog‘durdi manga tig‘i sitam,
Balki davron hamu davron eli ham. 
Kimki, yorim edi tavri ahsan,
Bo‘ldi jonimg‘a qatiqroq dushman. 
Uzu yot neshi malolat urdi,
Yeru ko‘k boshima tosh yog‘durdi. 
Aqrabo tang‘a urub tig‘i jafo,
Ko‘zuma ignalar urdi zuafo. 
Kechibon boshtin ayog‘din tushtum,
O‘lgali za’f ichida yovushtum. 
Dardu ranjim haddu g‘oyatdin ko‘p,
Marazim bo‘ldi nahoyatdin ko‘p. 
Tanda yuz dardu suubat ko‘rdum,
Jonda yuz oncha uqubat ko‘rdum. 
To ishim o‘lmak ila tutti qaror,
Bo‘ldi boshimdin atibbog‘a firor. 
Men bo‘lub umr ila jondin novmid,
Shah berib vasl ummidig‘a navid. 
Yana bu so‘z bila jone topibon,
Bir dam o‘lmakdin amone topibon. 
Meni badro‘zg‘a, vah, qaysi visol
Kim, xayolimda visol erdi muhol. 
Mingdin ortuq manga tobi’ bila xayl,
Biri imdodima ko‘rguzmadi mayl. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
372
Ulki, ishqida malolim bu bo‘lub,
Shiddati hajrida holim bu bo‘lub. 
Demayin bir dog‘ekim, bemore,
Ishqim o‘ti aro kuygan zore. 
Bir buzug‘ kunjida afgor o‘ladur,
Dardi hijronim aro zor o‘ladur. 
Boribon shefta ko‘nglin so‘rayin,
Lutf ila jismig‘a jon yetkurayin. 
O‘tti bu zorlig‘img‘a ikki yil,
Har zamonin ikki yil chog‘lig‘ bil. 
Emdikim, yuzida xat bosh urmish,
Gulig‘a sabza sipah kelturmish. 
Gah-gahe holima parvo aylar,
Sa’b holimni tamosho aylar. 
Lek bilmon anga kimdur ashob,
Kim bila har dam ichar bodai nob? 
Kim bila kunduz ekin behudu mast,
Kecha qay bazmda erkin pobast? 
Kimga bu nav’ balo bo‘lsa nasib,
Mast xushroqdurur ul zori g‘arib. 
XXIX
Soqiyo, ko‘nglum etar boda havas,
Lutf qilg‘ilki, erurman bekas. 
Tut g‘arib un bila paymona manga,
Ko‘rguzub xulqi g‘aribona manga. 
Yig‘lamoq holima bir dam fan etay,
Zoru bekasligima shevan etay. 
Kim, jahon ichra base sayr ettim,
Dayru masjidqa dog‘i ko‘p yettim. 
Gah tushub xayli munojot ichra,
Gah qolib ahli xarobot ichra. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin