Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


MAJOZI IShKDIN MURODI HAQIQAT EKANLARNING MONI’LARIG‘A MONI’



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

6
MAJOZI IShKDIN MURODI HAQIQAT EKANLARNING MONI’LARIG‘A MONI’ 
BO‘LMOQ VA NOSIHLARIG‘A NOSIH
Ko‘rmasa husni majozi ichra juz haq sun’ini,
Oshiqekim, bo‘lsa ishq atvori ichra pokboz. 
Zohido, bu ishqdin man’ aylama oshiqnikim,
Gar sen idrok aylasang, ayni haqiqatdur majoz. 
7
BURDBORU KO‘H VIQORLARINING MALAKVAShLIG‘IN KO‘RGUZMAK VA ShO‘X 
AYYoR SIFATLAR ShAITONLIG‘I SO‘ZIN DYeMAK
Burdboru malakivashqa itoatdur ish, 
Sho‘x, shayton sifat eshitsa ne so‘z, bosh chekar. 
Uy aro shayxi zamon amrida ermas sichqon,
Teva afsorini uch-to‘rt yashar yosh chekar. 
8
FARDLIG‘ BOBIDAKIM, FARDNING AGARChI HARFI ZAVJDUR, AMMO BARISI 
FARDDURU
BU MA’NINI BILGAN AHLI DARD
Ey Navoiy, anglakim, xush olamedur fardliq,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
380
Gar quyosh vaslin tilarsen, fard bo‘l zarrotdin. 
Ul emastur fardliqkim, juftdin fard o‘lg‘asen,
Fard uldurkim, mujarrad bo‘lg‘ay ul har zotdin. 
9
O‘Z NAFSI KOMLARIDIN KYeChKANIN VA NOKOMLIG‘ ZAHRU XUNOBIN IChKANIN 
BAYoN QILUR
Har ne elga kom erur, kechti Navoiy baridin,
Qilmadi nekim, buyurdi nafsi xorijroy anga. 
Bu jahonda barcha nafsi voyasidin chekti el,
Ul jahonning voyasi gar muzd yetmas, voy anga! 
10
YaRAQON BO‘LG‘ANIDA O‘ZINING ZA’FARONI RANGINU PARII XAYoLINING O‘Z 
KO‘ZIDA 
DARANGIN AYTUR
Yaraqon bo‘ldimu dehqoni qazo,
Za’faron ekti yoshim arig‘ig‘a. 
Ul pariy qildi ko‘zum sari vatan, 
Boqmang, ahbob, ko‘zum sarig‘ig‘a. 
11
UL BOBDAKIM, G‘ALAT QILUR ULKI, HUSN AHLIDIN VAFO TAMA’ ETKAYKI, JINSI 
BAShARDA VAFO YO‘QTUR, TO XO‘BLARG‘A NYe YeTKAY
Zamonda husn eliga jon fido qilib, ne nav’
Vafoni men kebi bir benavo tama’ tutqay. 
Zamona ahlida yo‘qtur vafo — ne yetkay anga
Ki, kimsa xo‘blaridin vafo tama’ tutqay. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin