Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


Ne safo lofiya urar hindui otashdoni, Uy yorutmas ko‘sov, o‘n qatla yorutsang oni.  12



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

11
Ne safo lofiya urar hindui otashdoni,
Uy yorutmas ko‘sov, o‘n qatla yorutsang oni. 
12
Mast mug‘ dayri riyoyi xilvatimdin yaxshiroq,
Yoshurun isyoni zohir toatimdin yaxshiroq. 
13
Ranjkash bo‘lkim, chu tortar chug‘z vayron ichra ranj,
Ajdahodin biymi yo‘q, ammo erur ummidi ganj. 
14
El ichra, ey hasud, seni qildi haq zalil
Kim, nohaq elga zidsenu haq molig‘a baxil. 
15
Xoliq o‘lg‘on saxiydin elga bo‘ldi ikki baxshoyish,
Ham ehsonidin oroyish, ham axloqidin osoyish. 
16
Yolg‘on demakda tajriba avvalg‘i subh bas,
Yolg‘on nafas chu urdi, qorardi hamul nafas. 
17
Avliyo poyasig‘a dur yetmak,
Topmasa shukru topsa bazl etmak. 
18
Bazl hayvonvashlar ilgidin agar istar ko‘ngul,
Uyladurkim, orzu qilg‘ay bo‘g‘u shoxida gul. 
19
Elni xor aylagan tama’ bilgil,
Doimo azza manqana’ bilgil. 
20


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
393
Ko‘ngulga futur o‘lmayin, roz ochilmas,
Sadaf gar butun bo‘lsa, gavhar sochilmas. 
21
G‘ofil o‘lma, nazardin itsa adu,
Sham’ o‘churganda, yel ko‘rinurmu. 
22
Yuqar yomonlig‘ angakim, kirar yomon el aro,
Ko‘mur aro ilik urg‘an qilur ilkini qaro. 
23
Forig‘ eldur anda bori qondadur,
Kim bu davrondadurur, darmondadur. 
24
Dunyovu uqbo ikkisi jam’ o‘lmas, ey rafiq,
Kimki ikki kema uchini tutsa, bo‘lur g‘ariq. 
25
Ablah ani bilki, olamdin baqo qilg‘ay tama’,
Ahmoq ulkim, olam ahlidin vafo qilg‘ay tama’. 
26
Istasangkim, ko‘rmagaysen bevafolig‘, ey rafiq,
Qilma olam ahli birla oshnolig‘, ey rafiq. 
27
Jahon arusi uchun, eyki, asru tolpinding, 
Qachon aning boshidin kechting, ul zamon tinding. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin