www.ziyouz.com kutubxonasi
53
Chun Navoiy, yor zulfi vasfida ko‘p chirmashur,
El taajjub qilmasun, ko‘p etsa ash’orida pech.
99
Ko‘zung qonimg‘a serob etti o‘zni, naqdi jon olg‘ach,
Nechukkim, mast bergay mayg‘a naqdi rongon olg‘ach.
Chu urdung nishtari hijron, firoqing so‘zi kam bo‘ldi,
Aningdekkim, isitma daf’ bo‘lg‘ay, kimsa qon olg‘ach.
Nachukkim, qiymati la’l olibon bergay raqibig‘a,
Itiga tashladi ko‘nglumni ul nomehribon olg‘ach.
Sanab ushshoqini qatl ayladi ul husn sultonn,
Chirikni tarqatib ozod etar shah, garchi son olg‘ach.
Ko‘ngul jurmig‘a bo‘ldum uhdavu g‘am chohig‘a solding,
Emastur rasm qilmoq hibs, mujrimdin zimon olg‘ach.
Shikebu sabr xayli ittilar, yetkach manga nomang,
Nachukkim, korvon bog‘lar safar raxtin, nishon olg‘ach.
Ushatma tavbam, ey soqiyki, qolmas yaxshiliq rasmi,
Mening holimda ilgimga qadahni men yomon olg‘ach.
Bahori husnidin bulbulg‘a ham yetkur navo, ey gul,
Bu gulshan mulkini toroj etar, xayli xazon olg‘ach.
Navoiy holini ul yo‘q og‘izdin so‘rma emdikim,
Adam yo‘lig‘a bordi mehring ul bexonumon olg‘ach.
100
Qayd aylarga junun ahlini bor ul ikki soch,
Har biri necha tugun, har tuguni necha quloch.
Turklarning qulidurmenki, nigorimning erur
Qoshi turkona, qabog‘i kengu ko‘zi qiymoch.
Sochingu mushk aro bor ancha tafovutki, munung
Kisvatidur yangi iksunda, aning — eski sanoch.
Tashlabon dog‘larim marhami birla momug‘in,
Telbadurmenki, choponin solnb o‘lg‘ay yolangoch.
Soqiyo, la’l uza xay ko‘rubon bexudmen,
Mayg‘a mamzuj gulob aylab, ani yuzuma soch.
Luqma ogahlik ila solik agar aylasa no‘sh,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
54
Yaxshiroq arpa ko‘mochiki, tag‘ofilda kuloch.
Ey Navoiy, tilasang eldinu o‘zdin maxlas,
Chiqqil o‘zluk yo‘lidin chustu fano ko‘yiga qoch.
Dostları ilə paylaş: |