Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

KEKSA MUHOJIR 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
- Nega qadding egik, nega boshing xam 
Nega nigohingni tortadi tuproq? 
- Mening yer ustida tanishlarim kam 
Mening yer ostida do‘stlarim ko‘proq. 
1986 
AQL HAQIDA 
Shunchalar go‘zalsan, go‘zalsan, sanam, 
Ta’rifing bitmoqqa ojizdir qalam, 
Bir yigit umrini obod etarding, 
Aql ham berganda falak bokaram... 
1986 
QALDIRG‘OCH 
Deydilar, qaygadir o‘t ketsa, albat, 
Chumchuq xas tashirmish, qaldirg‘och-chi, 
Balki, bu chumchuqning sha’niga tuhmat 
Yong‘in nimaligin, balki, bilmas u... 
Sen dunyo holiga nazar sol birpas
Nazar sol ko‘zlardan oqqan yoshlarga. 
Dunyoda kulbalar yonar har nafas, 
U doim muhtojdir qaldirg‘ochlarga. 
1986 
XUSUMAT 
Dunyoning bori shu, 
Har qanday zot ham
Aybin olavermas bo‘yniga. 
Balki, shu boisdan, qanchalar odam, 
Tosh solib yuradi qo‘yniga. 
Xusumat, deydilar ushbuning otin
Dastidan yig‘inlar, uylar bezovta. 
Bezovtadir hamma oshkor yo botin, 
Azalar bezovta, to‘ylar bezovta. 
Har holda bo‘lmagay qiyomat qoyim, 
Bularning ko‘plari quruq savlatlar. 
Yomondir, yomondir, qo‘yniga doim, 
Tosh solib yursa gar davlatlar. 
Gar ular yursalar kuchin pesh qilib
Jim tinglar zaminning dardli na’rasin. 
Mayda toshchalar-ku o‘tar, ishqilib, 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
Uning kattasidan xudo asrasin. 
1986 
TO’LIN OY 
Keksaygan hilolim, ey sen, to‘lin oy 
To hanuz buzursan halovatimni. 
Yodimga solursan endi, hoynahoy, 
Sochlari oqargan muhabbatimni. 
Yillarim kechdilar yeldirim misol, 
G‘unchalar bag‘riga xayolday indim. 
Endi-chi, toliqib, horg‘in va behol, 
G‘orlarga bekingan shamolday tindim. 
Bilmadim, qaydadir yotar sarg‘ayib, 
Otashin hislarim o‘ralgan daftar. 
Qaysidir go‘shada bo‘lmishdir g‘oyib, 
Bir zamon qo‘limdan uchgan u kaptar. 
Endi visol o‘zga, o‘zgadir firoq, 
To‘lin oy, o‘tinchim yodingda tutgin. 
Bizning tomonlarga yo‘ling tushgan chog’ 
Mening kulbamga ham mo‘ralab o‘tgin.. 
1986 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin