Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


E’TIQOD  (Shu kunning rivoyati)



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

E’TIQOD 
(Shu kunning rivoyati) 
Mahshar yaqin qoldi
Qiyomat yaqin, 
Ota bilan o‘g‘il bir-biriga yov. 
Samovot boshida chaqsa ham chaqin, 
Hech kimsa hayiqmas, qo‘rqmaydi birov. 
Og‘izda bol kabi turgan bu til ham 
Zaharga aylangan, nishga aylangan. 
Dilbarlar chashmini kuylagan qalam 
Ko‘zlarni o‘yishga endi shaylangan. 
O’g‘lim libosimni burdalab ketgan, 
Tavba, deb ushlashga qolmagan yoqa. 
Malomat pichog‘i suyakka yetgan, 
Qalqonlar teshilgan, otlar betaqa.. 
O’t bosgan qabrning tepasida chol 
G’arq bo‘lib turardi shundoq o‘ylarga. 
Dam-badam o‘tmishga eltardi xayol
Eltardi kurashlar, aza, to‘ylarga. 
Qabrdan bir ovoz chiqdi-ku, shu choq, 
Hazin va g‘azabnok, dardli, shiddatkor: 
Mahshar yaqin emas, qiyomat uzoq
Hamma balolarga o‘zingsan aybdor. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
O’g‘lingga topilgay qilichu qalqon, 
Taqalab bergaysan bir kun otini. 
Sizlar chi, bir kun to‘q, bir kun yupun 
Tashvishingiz yo‘qdir vujuddan bo‘lak 
Tindi iztirobli qabrning sasi, 
Nima bu? Ro‘yomi? Vasvasmi? Gumon? 
Chol endi, ichiga tushib nafasi 
Ketdi, uyigamas, raykomga tomon. 
1988 
MAYMUNIYAT 
Turib-turib maymun bir kun boshin qashladi 
Va maymuniy rejalarni tuza boshladi. 
Dedi: - Shukr, o‘lib ketmish Gulxaniy bobo 
Demak bizning davrimiz ham kelmish mutlaqo. 
Krilov ham marhum emish allaqachonlar, 
O’zimizga qolgan demak endi zamonlar. 
Ne qilsak ham qo‘limizda inon-ixtiyor
Bizning yo‘lni to‘solguvchi endi kim ham bor 
Shundoq deya maymun shirin o‘ylarga bordi, 
So‘ng tavakkal... shoirlikni boshlab yubordi 
Maymunona fikrlardan nazm tizdi u, 
O’rmon bo‘ylab kecha-kunduz izg‘ib kezdi u. 
Qarasaki ishlar tuzuk, ilhomlar ravon
Mushugini .pisht. demaydi, birorta hayvon 
Madaniyat sohasida kerak bo‘lar der, 
Uni bir kun qabul qildi hatto janob sher. 
Siylandi u, ibrat uchun unvon berildi, 
Maymun esa kerilgandan endi kerildi. 
Hayvon zotin mensimayin qo‘ydi u butkul, 
Biz maymunlar, deb boshlardi nutqini nuqul 
Lablarida kamtarona bir mamnuniyat, 
Derdi: - Olam gultojimiz biz maymuniyat, 
Oh, insonlar. Qilolmasman ularga toqat. 
Shu borada maymun chora izlardi faqat. 
Oxir o‘ylab maymun topdi shundoq naqlni: 
Insonlarning orasida Darvin, aqlli, 
Toping uni. Ulug‘ olim bizni alqagan, 
Gulxaniy ham, Krilov ham bizdan tarqagan. 
1988 
BOR GAP 
Qanchalik iroda, qancha kuch kerak
Maysani toptamay o‘tmoqlik uchun. 
Qanchalik iroda, qancha kuch kerak, 
Farzanding gunohin yutmoqlik uchun. 


Saylanma. Abdulla Oripov 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin