Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

SO’NGGI CHORA 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
Odamlar yo‘lida xarsangtoshday zil, 
Erta-kech ko‘ndalang yotishdan saqlan. 
Fursating o‘tdimi - maqomingni bil 
Bekatda o‘tirgich bo‘lgil, masalan. 
Agar o‘qimasa she’ringni birov, 
Malomat qilmog‘ing, albatta, g‘alat. 
Yaxshisi, do‘konni yopgin-da darrov, 
Zehningni o‘zga bir yumushga qarat. 
Boshqa fojiadan asrasin ammo
Hech kim duch kelmasin unga daf’atan. 
Sendan elu yurting tonmasin aslo, 
Sendan o‘girmasin yuzini Vatan. 
Unday choq, buzsang ham dodlab jahonni 
Hech kim hayron bo‘lmas, hech kim qolmas lol 
Agar topa olsang bir gaz arqonni, 
O’zingni osa ber endi bemalol. 
1996 
O’GIT 
Bolangni o‘g‘rilar tunabdi yo‘lda, 
Lekin uh tortasan, ichingda nolang. 
Deysan, o‘g‘lim, sen ham dadilroq bo‘l-da, 
Biroq, tanbehingni eshitmas bolang. 
U deydi: - Bormi hech dunyoda insof
Yo‘limni to‘sdilar, kuppa-kunduzi. 
Bolam, sen hozircha shabnam kabi sof, 
Ayni farishtaning o‘zisan, o‘zi. 
Nega? - deb atrofga boqasan hayron, 
Ilk bor duch kelibsan bunday baloga. 
Mening gaplarimni tinglagin obdon
O’g‘lim, ishonma hech noqis dunyoga. 
Duch kelgan kimsani pokdomon bilib, 
Hargiz diling ochma, bo‘lmagil yo‘ldosh. 
Insonlar uchraydi, bir ko‘zi kulib, 
Ikkinchi ko‘zida tayyor turgay yosh. 
Insonlar uchraydi, taomingni yeb, 
Toptab keta berar dasturxoningni. 
Chumoli qadarli manfaatin deb
Chumolicha ko‘rmas sening joningni. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
Insonlar uchraydi, ko‘kda oyni ham 
O’zining mulki deb bilgaydir faqat. 
Sening quvonchlaring ularga alam, 
Sening zarra baxting ularga kulfat. 
U payt qulog‘ingga aytguncha azon 
Ogoh etmasmidim buning baridan. 
Ishonch degan bir so‘z o‘chdi nogahon. 
O’spirin umringning sardaftaridan. 
O’g‘lim, odamiylik azizdir garchand
Yostig‘ing ostida tursin yarog‘ing. 
Dunyo har qadamda bergay senga pand, 
Aslo mudramagay ikki qarog‘ing. 
Ezgulik yo‘lida ko‘pdir muammo, 
Undan qutulmoqning yo‘li bul ekan: 
Insonga yo‘liqsang inson bo‘l, ammo 
Hayvon yo‘liqqanda Hayvon bo‘l ekan. 
1996 
BOSHMANBULOQQA 
Boshmanbuloq, Boshmanbuloq, 
Senga ko‘zu qoshman, buloq. 
Suvingdan bir qonib ichdim
Endi mangu yoshman, buloq. 
1996 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin