Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

LUVR MUZEYIDA 
(Farangiston xotiralaridan) 
Luvrda - muzeyning bag‘rida sokin 
Ming yillik ashyolar turibdi qator. 
Bunda shohlar taxti hashamdor, yorqin, 
Bunda gadolarning sopoli ham bor. 
Boqib, o‘yga cho‘mdim Luvr uyida
Tarixni bus-butun ko‘rarmikanman? 
Payt kelib, O’zbekning bir muzeyida, 
Singan sopolchalik turarmikanman?! 
1998 
SAFARDOSHLAR 
(Hazil) 
Aslo boylar bilan chiqma safarga, 
Agar ziqna bo‘lsa, sharmanda qilar. 
O’rta hol zot bilan kezsang agarda
U o‘lik-tirigin bo‘yningga ilar. 
Kambag‘al hamroh-chi, bilmaydi firib, 
Sezdirmas bormi yo yo‘qligini u. 
Yiqilsa yiqilar sillasi qurib
Aytmaydi ochmi yo to‘qligini u. 
1998 
SHOIR QALBI 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
Yurtda ne muborak ishlar bo‘lg‘uvsi, 
Undan shoir qalbi shavqqa to‘lg‘uvsi. 
Chinor o‘tqazildi, tug‘ildi farzand, 
Avval shoir qalbi bo‘lgay bahramand. 
Sababi ma’lumdir buning, albatta, 
Tug‘ildik shu Vatan, shu mamlakatda. 
Uning har go‘shasi jahondir menga
Toshloq yo‘llari ham ravondir menga. 
Taralsa elimdan xushnud bir xabar, 
Tabrik aylamog‘im, demak, muqarrar. 
Mavjiga nogahon kimdir tosh otgay, 
Zarbi yuragimning tubiga botgay. 
Elim, qadamingni har dam kuzatdim
Goh o‘ychan, gohida xurram kuzatdim. 
Gar sen daryo bo‘lsang - irmog‘ingdirman 
Lat yesang, og‘riqli barmog‘ingdirman. 
Menda fazilatdan bo‘lsa bir nishon, 
Sening olovingdan uchqun bu, ishon! 
Savobing qosh ila ko‘zimnikidir, 
Faqat gunohlarim o‘zimnikidir. 
1998 
AYTGIN SHUKRLAR 
Dumaloq shu boshdan bo‘lmasang judo, 
Ikki oyoq bilan yiroq ketgaysan. 
O’lmagan qulim, deb siylasa xudo
Jambulning yoshiga balkim yetgaysan. 
Tap-taqir kallangda qozondek dastor, 
Avliyo misoli ayri soqoling. 
Nabira, abira tegrangda qator, 
Sandiqda bisoting, qo‘rangda moling. 
O’tgan hayotingdan mutloq bexabar
Piyri badavlat deb yozar muxbirlar. 
Shundayin dovonga yetolsang magar, 
Aytaber Allohga cheksiz shukrlar. 
1998 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin