Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
— Tanimaydilar. 
— Dadangiz ukalari haqida hech gapirganmilar? 
— Yo‘q. 
— Sizga bu qiziq tuyulmayaptimi? Ukalari qizillar qo‘liga tushib qolgan, urib o‘ldirildi, 
degan xabarni eshitganlar. Nahot shahid ketgan ukani shu yillar davomida biron marta 
ham eslamagan bo‘lsalar? 
«Sirlarimizni to‘la bilmaydi shekilli bu odam?» deb o‘yladi Yo‘lchivoy. 
— Qaytib kelgach esa, — deb so‘zini davom qildi Solihov, — ko‘rishib, hatto uyiga 
taklif qilmaganlar. Aka-ukalarning Daydidarada uchrashishi uchun qanday sabab bor 
edi? 
— Bilmayman. 
— Biz Jahongir Muhammadrizaevni ozodlikka chiqardik. U qotil emas. Siz ham 
qo‘rqmang. Otangiz yigirma ikkinchi yilda jinoyat qilgan bo‘lsa-da, sizni ayblamaymiz. 
Otaning gunohiga farzand javob bermaydi. To‘g‘risini ayting: Jahongir Muhammadrizaev 
shaxsan sizga kim bo‘ladi? Amakimi yo otami? 
Yo‘lchivoy batamom gangidi: ro‘baro‘sidagi odammi yo shaytonmi? Hamma narsani 
bila turib nechun cho‘g‘ ustiga yalangoyoq haydaydi, kuygan yurakni battar kuydiradi? 
Yo‘lchivoy bu savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob qaytara olmas edi. 
— Ha, bilaman, — dedi Solihov g‘olib odamning ovozi bilan, — Jahongir 
Muhammadrizaev sizning otangiz. Buni sizdan balki yashirishgandir. Bu yerga qaytib 
kelishni, o‘ldi deb o‘ylagan odamlari bilan uchrashishni o‘ylashmagandir. Yopig‘liq qozon 
yopig‘ligicha qoladi, deb umid qilishgandir. Bular meni qiziqtirmaydi. Men bir narsani 
bilishim kerak: aka-uka orasida nima gap o‘tgan? Jahongir Muhammadrizaev o‘ttiz uch 
yil qasos umidida yashagan. Peshonasidagi yozuvni bilasizmi? «Alqasosu minal Haq» 
degan. Kimdan qasos olmoqchi bo‘lgan? Buni onangiz bilishlari kerak. 
— Ayam bilmaydilar. Kecha gaplashganmiz. Erkaklar ayollariga hamma gapni 
aytavermaydilar. Dadam... ha, dadam, men kecholmayman u odamdan. Ayamga 
uylanmaganlarida ham «ota» derdim... Dadam... o‘shanda ukalari bilan masjidga chiqib 
ketgan ekanlar. Avvalgi xotinlari kirib ayamga «Tez narsalaringizni yig‘ishtiring, xorijga 
o‘tib ketamiz», debdilar. Anchadan keyin dadam yolg‘iz qaytib, «Jahongir bir yumushni 
bajarib izimizdan yetadi», deb ikki ayolni ergashtirib ketibdilar. Dovonga borishganda 
«Jahongirni qizillar tutib, kaltaklab o‘ldirishdi», degan xabar yetgan. Bo‘lgan gap shu. 
— Qotillik yuz bergan kuni nima deb ketgan edilar? 
— Aytganman-ku?.. Birodarimni yo‘qlayman, deganlar. O‘ttiz yil ko‘rishishmagan 
ekan. Kimligini aytmaganlar. Lekin... o‘sha kuni boshqacharoq edilar. 
— Bir o‘zalri ketdilarmi? 
— Ha. 
— U yoqqa borishlarini kim bilardi? Tanishlari, o‘rtoqlari eshitishmaganmidi? 
— Eshitishmagandir. 
— Keyingi paytda uyingizga kim ko‘proq kelardi? 
— E’tibor bermaganman. Eshigimiz hamisha ochiq, dasturxonimiz tuzog‘lik bo‘lgan. 
Mehmondan qochmas edik. 
— Harholda, dadangizning yaqinlarini eslang. Ismini, kasbini, turar joyini ayting. 
Rafqat oxun, Tal’at oxun... oshxonada ishlashadi. Ko‘kchada turishadi. Midxat aka 
dorixonada xizmat qiladi, uylari Sebzorda. Murodilla aka do‘xtirlar, bitta mahalladamiz. 
— Yanglishmasam... qo‘shni bo‘lganlari uchun ko‘proq shu Murodilla akangiz kirib 
turgan bo‘lsalar kerak? 
— Ha, u kishi tabiblar, qo‘llari yengil. Nima bo‘lsa, shu kishiga chopamiz. 
— Qashqarda ham yaqin bo‘lganmilar? 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin