Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə15/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   247
kunini (eslang)!” (Furqon, 25).
47. Abu Hurayradan, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi: “Alloh taolo aytadiki: “Ey insonlar va jinlar jamoasi! Men sizlarga nasihat qildim, mana bu sahifalaringizdagi qilgan amallaringizdir, kimki yaxshilikni topsa, Allohga hamd aytsin, kimki boshqa

narsani topsa, o‘zini malomat qilsin”. So‘ngra Alloh taolo jahannamga buyuradi va undan uzun, qop-qora bo‘yin ko‘tarilib chiqadi va gapiradi. Alloh taolo aytadiki:


Ey odam farzandlari! “Shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir, Mengagina ibodat qilingizlar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir!” deb buyurmaganmidim? Aniqki (shayton) sizlarning ichingizdan ko‘p avlodni yo‘ldan ozdirdi. Axir aql yurituvchi bo‘lmadingizlarmi? Sizlarga va’da qilingan jahannam mana shudir! Sizlar (hayoti dunyoda) kofir bo‘lib o‘tganlaringiz sababli bu Kunda jahannamga kiringizlar” (Yosin, 60-64).
Shunda hamma ummatlar tiz cho‘kadilar, Alloh taoloning qavlida aytiladiki:
U Kunda barcha ummatni (dahshat va iztirob ila) tiz cho‘kkan holda ko‘rursiz. Har bir ummat o‘z nomai a’moliga chaqirilur. (So‘ng ularga deyilur): “Bugun qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar” (Josiya, 28).
Shundan so‘ng Alloh taolo maxluqlari orasida hukm chiqaradi, vahshiy va vahshiy bo‘lmagan hayvonlari orasida hukm chiqaradi: shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning haqini olib beradi, so‘ngra hayvonlarga, tuproqqa aylaning, deyiladi, ular tuproq bo‘lib ketadilar. Shu payt kofir:
Koshki edi tuproqqa aylanib ketsam” (Naba’, 40), deb qolur. Keyin Alloh taolo bandalari orasida hukm chiqaradi.
48. Nofe’ ibn Umardan rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz aytdilar: “Qiyomat kuni insonlar onalaridan tug‘ilgandek yalang‘och va yalangoyoq tiriladilar” Oyisha roziyallohu anho aytdiki: “Erkak va ayollar hammi?” “Ha”, dedilar. Shunda Oyisha: “Voy o‘lmasam, hamma bir-biriga qaraydimi”, dedi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yelkasiga urib: “Ey ibn Abu Kuhofaning qizi, u kunda insonlar o‘zlari bilan ovora bo‘lib, qarolmay qoladilar. Osmonga tikilib, qirq yil yemay-ichmay turadilar, ter kimningdir to‘pig‘igacha, kimningdir boldirigacha, kimningdir qornigacha yetadi, kimningdir turaverganidan ter jilovlab- yuganlab oladi. Keyin farishtalar Arshning atrofini o‘rab turadilar. Alloh taolo nido qilguvchiga buyuradi va u: “Falonchi qani?” deb nido qiladi. Insonlar o‘sha ovozga boshlarini ko‘taradilar. Chaqirilgan kishi odamlar orasidan chiqib, Allohning oldida turgan bo‘ladi, keyin zulm bilan mollari olingan kishilar birma-bir chaqirilib, zulm qilgan

kishining savoblaridan ularga olib beriladi, u kunda pul ham, dinor ham yo‘q. Faqat savobidan olinadi, gunohi zolim kishiga o‘tkaziladi, mazlumlar uning savobidan olaveradilar, savobi qolmagach, gunohlarini unga o‘tkazadilar, unga, endi onangni oldiga bor, deyiladi (bu yerdagi “onadan” murod do‘zaxdir). Bu Kunda hech kimga zulm qilinmaydi. Alloh taolo tezda hisob qilib, jazo va mukofotni tezda berguvchidir, deyiladi, o‘sha Kunda Allohga yaqin farishta ham, o‘zi yuborgan payg‘ambar ham, shahidlar ham bu hisobning qattiqligini ko‘rib, bu Kunda Allohnning o‘zi saqlamagan odam qutulib najot topa olmasligini bilib qoladi”.


49. Maoz ibn Jabal roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Qiyomat kunida banda to‘rt narsa haqida so‘ralmagunicha o‘rnidan qo‘zg‘almaydi. Umrini nima bilan o‘tkazgani haqida, jasadini (kuchini) nimaga ishlatgani haqida, ilmiga qanday amal qilgani haqida va nihoyat molni qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida”.

Ikrima roziyallohu anhu aytadiki: “Qiyomat kuni ota o‘g‘lining bo‘yniga osiladi va: “Ey o‘g‘lim, men dunyoda sening otang edim”, deydi. O‘g‘li uni maqtab yaxshi ota edingiz, deb aytgach, otasi: “Ey o‘g‘lim, men sendan zarragina savobga muhtojman, shoyadki, o‘sha bilan ko‘rib turgan narsangdan (jahannamdan) qutulib qolsam”, deydi. Shunda o‘g‘li: “Men ham siz qo‘rqqan narsadan qo‘rqyapman, sizga hech narsa bera olmayman”, deydi. Shunda otasi xotiniga yopishib: “Men dunyoda sening ering edim”, deydi. Xotini uni maqtab yaxshi er edingiz, deb aytgach, eri: “Men sendan bittagina savob hadya qilishingni so‘rayman, shoyadki, men jahannamdan qutulib qolsam”, deydi. Xotini aytadiki: “Men unday qila olmayman, o‘zim ham siz qo‘rqqan narsadan qo‘rqib turibman”, deydi. Shunda Alloh taolo aytadiki:


Qiyomat kunida hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas. Agar og‘ir (gunoh egasi bo‘lgan jon birovni) o‘z yuki-gunohiga (ya’ni gunohining bir qismini ko‘tarishga) chorlasa, (garchi chorlaguvchi) yaqin qarindoshi bo‘lsa-da, u (gunohdan) biron narsa ko‘tarilmas, ya’ni u kunda har kim o‘z amali bilan mashg‘ul bo‘lib, ota bolaga, aka ukaga qarashga imkon topmas” (Fotir, 18).
50. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladiki: “Kofir kishi u Kunning uzunligi tufayli o‘zining to‘kilgan terlaridan o‘zi jilovlanadi va “Ey Parvardigor! Do‘zaxga kirgizib bo‘lsa ham, menga rahm qil!” deb yuboradi”
51. Ibn Abbos roziyalohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlar: “Har bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan, hamma payg‘ambarlar uni bu dunyoda qilib bo‘lishgan, men esa uni qiyomat kuni ummatimni shafoat qilish uchun olib qo‘yganman. Bilinglarki, men odam farzandlarining eng ulug‘iman, bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni yer birinchi bo‘lib mening ustimdan ochiladi. Bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni hamdu sano bayrog‘i mening qo‘limda bo‘ladi. Odamdan tortib hamma insonlar uning ostida turadilar. Bularga faxrlanmayman”. Keyin aytdilarki: “Qiyomat kuni insonlarning g‘am-alami juda qattiqlashib ketadi. Ular Odam alayhissalomga kelib: “Ey insonlar otasi, Rabbing oldida bizni shafoat qil, tezroq hukmimizni chiqarsin”, deydilar. Shunda Odam: “Men unday qilolmayman, chunki xato qilib jannatdan chiqarilganman. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtirmaydi, sizlar Nuhga borib ko‘ringlar, u rasullarning birinchisidir”, deydi. Insonlar Nuh alayhissalomga kelib yuqoridagi so‘zlarni aytganlarida u kishi: “Men Rabbimning oldiga bora olmayman, chunki duo qilib yer yuzidagi odamlarni cho‘ktirib yuborganman, bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtir-maydi. Ibrohimga borib ko‘ringlar, Alloh uni o‘ziga do‘st tutgan edi”, deydilar. Odamlar Ibrohim alayhissalomga borib, shu so‘zlarni aytishadi. “Men bunga qodir emasman, chunki Islomda uch marta yolg‘on gapirganman” deydilar.
Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: “Ibrohim uch narsa bilan Islomda tortishgan, birinchisi, ushbu oyatda kelgandek:
Yulduzlarga qarab turib, men kasalga yo‘liquvchidirman” dedi (Soffat, 88-89). Vaholanki, u paytda sog‘ edi. Ikkinchisi, (Ibrohim):

Aytdi: “Yo‘q, bu ishni ularning kattasi mana bu (haykal) qildi” (Anbiyo, 63). Uchinchisi, ayollarini singlim deb aytgan edilar...”

Ibrohim alayhissalom davom etdilarki: “Bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman, sizlar Musoga boringlar, Alloh u bilan farishtasiz bevosita so‘zlashgan edi”, deydilar. Odamlar Muso alayhissalomga kelib, yuqoridagi iltimosni qilganlarida, u kishi: “Men bunga qodir emasman, chunki men bir odamni nohaq o‘ldirib qo‘yganman, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman. Sizlar Isoga boringlar, chunki u Allohning ruhi va so‘zi bo‘lgan”, deydilar. Odamlar Iso alayhissalomga kelganlarida, u kishi: “Men ham qodir emasman, insonlar Allohni qo‘yib meni va onamni iloh qilib olishgan. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtirmaydi”, deydilar. Keyin yana aytadilarki: “Agar birortalaringizda biror narsa bo‘lsa-yu, uni xaltaga solib, ustini o‘rab qo‘ysa, o‘ralgan narsani ochmasdan turib, idishdagi narsani olib bo‘ladimi?” Shunda odamlar: “Yo‘q”, deyishadi”. Unday bo‘lsa, Muhammad (s.a.v.) bilan payg‘ambarlar yakunlangan. U bugun sizlarga vafo qiladi. Alloh uning avvalgi va keyingi gunohlarini kechirgan”, deydilar”.
Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki, “O‘sha kuni insonlar me-ning oldimga kelishadi va men aytamanki: “Ha, men shafoat qilgayman. Alloh kimniki xohlasa va kimgaki rozi bo‘lsa”. Keyin Alloh taolo o‘zi xohlagancha turib qoladi va hukm chiqarmoqchi bo‘lganida bir nido qiluvchi: “Muhammad va uning ummati qani?” deb nido qiladi. Bizlar (men va ummatim) birinchi va oxirgilarmiz, (ya’ni, dunyoda oxirgilar va qiyomatda hisob qilinishda birinchimiz), keyin men va ummatim turgaymiz. Boshqa ummatlar bizga yo‘l ochib berishadi va insonlar orasida tahorat izlari badanimizda ot oyog‘idagi halqadek ko‘rinib turgan holatda o‘tamiz, insonlar bizga qarab: “Bu ummat hammasi payg‘ambar

bo‘lishiga yaqin qolgan ekan”, deydilar. So‘ngra jannat eshigiga borib, ochishlarini so‘raymiz. “Kimsiz?” deb aytiladi, men: “Allohning payg‘ambari Muhammadman”, deganimdan keyin eshik ochiladi, kirib Rabbimga sajda qilaman va shunday hamdu sanolarni aytamanki, ularni hech kim mendan oldin aytmagan, mendan keyin ham hech kim aytmaydi. Keyin menga aytiladiki: “Boshingni ko‘tar, so‘zla, so‘zingga quloq solingaydir, so‘ra so‘raganing berilgaydir, shafoat qil, qabul qilingaydir!” Boshimni ko‘tarib, har bir qalbida bug‘doy yoki zarra misqolicha iymoni bo‘lgan, ya’ni “La ilaha illalloh Muhammadur-rasululloh” kalimasiga ishonchi bo‘lgan kishilarni shafoat qilaman”.


Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir kuni masjidga kirsalar, Ka’b-ul Ahbor insonlarga gapirib o‘tirgan ekan, shunda Umar unga: “Ey Ka’b, bizni qo‘rqitgin” debdi. Ka’b: “Allohga qasamki, Alloh taoloning shunday farishtalari borki, yaratilgandan beri tik turadilar. Va boshqalari sajda qilgan hollarida boshlarini sur chalinguncha ko‘tarmaydilar, hammalari aytishadiki: “Yo Alloh! Sen poksan va maqtovga loyiqsan.

Senga haqiqiy ibodat qila olmadik. Senga loyiq bo‘ladigan darajada ibodat qila olmadik!” Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasam ichamanki, qiyomat kuni jahannam yaqinlashtiriladi, undan baqiriq va o‘kiriklar eshitiladi, yaqinlashtirilganda shunday bir ovoz chiqaradiki, uni eshitgan har bir payg‘ambar ham, shahid ham tiz cho‘kib qoladi, har bir shahid: “Ey Parvardigoro, Sendan faqat o‘zimni so‘rayman”, deydi. Ibrohim alayhissalom Ismoil va Ishoqni unutib: “Ey Rabbim, men do‘sting Ibrohimman!” deydilar... Ey Umar, agar o‘sha kuni senda yetmishta payg‘ambarning savobi bo‘lsa ham, najot topmayman, deb o‘ylaysan”. O‘tirganlar hammalari dod deb yig‘laydilar.


Umar roziyallohu anhu buni ko‘rib: “Ey Ka’b, endi bizni suyuntirgin!” dedilar. Aytdiki: “Xursand bo‘linglar, Alloh taoloning uch yuz o‘n uchta shariati bor, qiyomat kuni qaysi banda shulardan birontasini qilib, ixlos kalimasi bilan kelsa, Alloh o‘sha bandani jannatga kirgizadi. Allohga qasamki, agar Allohning rahmatini qay darajada ekanini bilganlaringizda edi, amal qilishni kamaytirib qo‘yar edingiz!”

Ey birodar! Mana shunday kunga yaxshi amallarni qilishlik va yomon amallardan tiyilishlik bilan tayyorlan, qiyomatga yaqin vaqtda turibsan, u kunda umringga pushaymon qilasan, bilib qo‘yginki, agar o‘lsang, qiyomat boshlanadi. Mug‘iyra ibn Sho‘’ba aytganidek: “Sizlar, qiyomat, qiyomat deysizlar, sizlar o‘lishlaringiz bilan qiyomat boshlanadi”.


Alqama ibn Qays bir odamning janozasida qatnashadilar va qabrga qo‘yib, dafn qilingach: “Bu bandaga qiyomat boshlandi”, dedi. Bu gapni aytishining sababi shuki, inson o‘lsa, qiyomatda bo‘ladigan ishi aniq bo‘ladi, chunki u jannatni, do‘zaxni va farishtalarni ko‘radi, hech qanday amal qilishga qodir bo‘lmaydi, go‘yoki qiyomatga kelib qolgandek bo‘ladi, chunki o‘limi bilan uning amallariga xotima yasalgan bo‘ladi, qiyomat kuni qanday o‘lgan bo‘lsa, o‘shanday tiriladi. Kimniki amali yaxshilik bilan tugagan

bo‘lsa, qanday yaxshi!
Abu Bakir al-Vositiy aytadiki: “Davlat uchta bo‘ladi: hayotdagi davlat, o‘lim paytidagi davlat va qiyomatdagi davlat. Hayotdagi davlat – Allohning toatu ibodatini qilib yashashdir, o‘lim paytidagisi esa “La ilaha illalloh” kalimasi bilan joni chiqishidir, haqiqiy davlat esa qiyomat kuni jannat xushxabari berilishidir”.

Rivoyat qilinadiki: Yahyo ibn Maoz Ar-Roziyning majlisida qiyomat kuni haqidagi


Biz muttaqiyn-taqvoli zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdigan va mujrim – jinoyatchi-kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!” (Maryam, 85, 86) degan oyat o‘qilganda, u kishi aytdi: “Ey insonlar, xotirjam yuraveringlar, ertaga mahshargohga yig‘ilasizlar, har tomondan to‘da-to‘da bo‘lib kelasizlar. Allohning oldida bitta-bitta turasizlar, amallaringiz haqida harfma-harf so‘roq qilinasizlar. Allohning do‘stlari Rahmonning oldiga ulovga mindirilgan holda olib boriladilar, gunohkor osiy bandalar jahannamga yuboriladilar, jahannamga to‘da-to‘da bo‘lib kiradilar. Bularning biri qachonki yer titrab, vayron bo‘lsa, Parvardigoringiz(ning hukmi) va farishtalar saf-saf bo‘lib kelsa, jahannam dard-hasratlar bilan keltirilsa, o‘shanda sodir bo‘ladi. Birodarlarim miqdori ellik ming yilga teng bo‘lgan kunda sizga voy bo‘lsin, titrab-qaltirash kuni, shoshilish-dovdirash kuni, qiyomat kuni, hasrat- nadomat kuni, u ulug‘ Kundir, insonlar olamlarning Rabbi huzurida turg‘iziladigan kun, zilzila bo‘ladigan kun, qichqiriq keladigan kun, haqiqat kuni, qalbni zirillatadigan kun! Allohga qaytiladigan kun, kishi qilgan amallariga qaraydigan kun, almashish kuni, insonlar amallarini ko‘rish uchun firqa-firqa bo‘lib boradigan kun, birov birovga yordam berolmaydigan kun, yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan kun, hiyla-nayrang ish bermaydigan kun. Ota farzandini himoya qilolmaydigan, farzand otasiga yordam berolmaydigan kun, yomonliklari hamma yoqqa tarqab ketadigan kun, u kunda zolimlarning qilgan uzrlari foyda bermaydi, ularga yomon joy bordir, har kim o‘zigagina qayg‘uradigan kun, u kunda har bir emizguvchi emizadigan bolasini esdan chiqarib qo‘yadi, har bir homilador homilasini tashlab yuboradi, insonlarni mast bo‘libdi, deb o‘ylaysan, lekin ular mast emas, balki Allohning azobi qattiqdir”.
Muqotil ibn Sulaymon aytadiki: “Maxluqotlar qiyomat kuni yuz yil o‘z terlariga yuganlangan holatda turadilar, keyin yuz yil zulmatga hayron bo‘lib turadilar, keyin yuz yil Rabbilarning huzurida bir-birlari bilan tortishib-talashib turadilar. Aytiladiki, qiyomat kunining miqdori ellik ming yildir. Allohga ixlos qilgan mo‘min uchun bu muddat xuddi bir soat o‘tgandek o‘tib ketadi”.


Ey oqil inson, senga Alloh taolo qiyomat qiyinchiliklarini yengillatishi uchun sen o‘zing bu dunyodagi qiyinchiliklarga sabr qilib, Allohga toat-itoat qilmog‘ing lozim. Alloh o‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshlaguvchidir.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin