Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Darhaqiqat, inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta tug‘yonga tushar –



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə183/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   247
"Darhaqiqat, inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta tug‘yonga tushar –

haddidan oshar" (Alaq, 6–7).
Muhammad ibn Sirin hikoya qiladilar: "Basradagi masjidga kirdim. Asvad ibn Sari’ odamlarga qissa aytardilar. U kishining oldida odamlar yig‘ilgan edi. Ularning orqasida fiqh sohiblari boshqa halqa qilib o‘tirishardi va fiqhdan muzokara qilishardi. Ikki rak’at namoz o‘qib, forig‘ bo‘lganimdan keyin ichimda, Asvadga borsam, ularga yetgan ijobat, rahmat ular bilan menga ham yetadi, dedim. So‘ng, faqihlarning halqasiga borsam, shoyad ularning so‘zini eshitib, amal qilsam, deb o‘yladim. Shu holda ikkilanib, o‘tib ketdim. Hech qaysilarining oldiga o‘tirmadim. O‘sha kecha tush ko‘rdim. Tushimda bir kishi kelib aytdi: "Fiqh darsi bo‘layotgan halqada o‘tirganingda, Jabroilni topar eding. U zot ular bilan birga o‘tirgan edi", dedi".
669. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim do‘zaxdan ozod qilinganlarga qarashni yaxshi ko‘rsa, ilm oluvchilarga qarasin.

Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qaysi bir ta’lim oluvchi olimning eshigiga kelsa, Alloh taolo uning har bir qadamiga bir yillik ibodatni yozadi va har bir qadamiga jannatda bir bino barpo qilinadi. Yerda yursa, unga istig‘for so‘rashadi. Kechasi va kunduzda gunohlari kechirilgan holda bo‘ladi. Unga maloikalar guvohlik beradilar va: "Ana ular Allohning do‘zaxdan ozod qilgan bandalaridir", deb aytadilar".


670. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot sollallohu alayhi vasallam masjidga kirib, u yerda ikki majlisni ko‘rdilar, bittasi Allohni zikr qilayotgan, ikkinchisi fiqhdan ta’lim olayotgan edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ikki majlis ham yaxshilikdadir, ammo bittasi ikkinchisidan afzalroq. Ana ular Allohga duo qilishyapti, Alloh xohlasa, ularga beradi, xohlasa, man’ qiladi. Ana ular esa, ilm o‘rganishyapti va bilmaganga o‘rgatishyapti. Men ham muallim qilib yuborilganman va bular afzalroqdir". So‘ng (ta’lim olayotganlar) bilan o‘tirdilar.
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Bir masalani o‘rganmog‘im menga kechasi turib ibodat qilishdan yaxshidir".
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Sizlar amal qilish zamonidasizlar, bunda amal qilish ilm olishdan yaxshidir, yaqinda ilm zamoni keladi, ilm unda amaldan afzal bo‘ladi".
671. Said ibn Musayyab Abu Said Xudriydan, u zot (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Sarvari Olam sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Yer yuzidagi amallarning afzali uchtadir. Ilm olish, jahd va kasb qilish, chunki ilm tolibi Allohning habibi, g‘oziy Allohning avliyosi va kasb qiluvchi Allohning do‘stidir".
672. Abbon Anas ibn Molikdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Aytdilar: "Kim ilmni Allohdan boshqasi uchun talab qilsa, dunyodan ketmasdan unga shunday ilm keladiki, u Alloh uchun bo‘lib qoladi. Kim ilmni Alloh uchun talab qilsa, kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim kishi kabidir. Albatta, ilm olinadigan

eshik Qubays tog‘idek tilloni Alloh yo‘lida infoq qilishdan yaxshidir".


Abdulloh ibn Muborakdan so‘rashdi: "Kishi qachongacha ilmni o‘rgangani yaxshi?" "Unga johillik yomon ko‘rinib, ilm olish yoqimli bo‘lgunicha".
Ibn Muborakdan (rahmatullohi alayh) hikoya qilinadi. U kishiga o‘lim yaqinlashgan edi. Oldilarida bir odam yozib o‘tirardi. U zotga: "Shu holatda ilm yozyapsiz?" deyishdi. Aytdilar: "Ehtimol, hozirgacha bilmaganim bir kalima menga foyda berib qolar".
673. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "Ilmni ta’lim olinglar, chunki ta’lim olish Allohdan qo‘rqish, uni talab qilish ibodat, muzokarasi tasbeh, bilmagan kishiga o‘rgatish sadaqa, uni ahliga sarflash qurbatdir (Allohga yaqinlik). Chunki ilm jannat ahllarining manzillari sari yo‘ldir. U tanho paytida hamroh, safarda sohib, xilvatda suhbatdosh, sirlarda dalil, qiyinchiliklarda yordamchi, bezaklar oldida ziynat beruvchi, dushmanlarga qarshi quroldir. U bilan Alloh qavmlarni yuksaltiradi, demak, ular yaxshi ishlarda imom, yo‘lboshlovchilik qiladi. Ularning izidan boshqalar ergashadi, amallariga iqtido etadi va maloikalar ularning sifatlarini targ‘ib qiladi, ularni qanotlari bilan silaydi. Tolibi ilmga bor ho‘lu quruq va dengizdagi baliqlar, yerdagi hasharotlar, quruqligu suvdagi vahshiylar, hayvonlar salovot o‘qiydilar. Chunki ilm qalblarni jaholatdan tiriltiradi, qorong‘ulikda ko‘zlarning chirog‘i, zaiflikda badanlarga quvvat, u bilan abrorlar va ahrorlar manziliga

yetadi, oxirat va dunyoda baland darajalarga erishadi. Unda fikr qilish ro‘zadorlikka, muzokara qiyomga tengdir, u bilan qarindoshchilik bog‘lanadi, u bilan harom va halol bilinadi, u imomdir, amal unga ergashadi, u saodatmandlarga ilhom beradi, baxtsizlarni mahrum qiladi".


Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Ilm olishni Alloh yo‘lida jihod qilishdan afzal deb bilaman. Ha, ilm Alloh yo‘lida jihod qilishdan afzaldir. Kim uyidan ilmning talabida chiqsa, uni maloikalar qanotlari bilan o‘rab oladilar, unga osmondagi qushlar, quruqlikdagi hayvonlar, dengizdagi baliqlar salovot aytadilar. Alloh taolo unga yetmish ikkita siddiqning ajrini beradi. Odamlar, ilmni egallanglar va ilm olish uchun sokin, muloyim, viqorli bo‘linglar, ta’lim olayotgan va ta’lim berayotganlarga tavozu’li bo‘linglar. Olimlik bilan faxrlanmanglar, ahmoqlar bilan tortishmanglar va ilm bilan amirlarga aralashib ketmanglar. U bilan Allohning bandalaridan o‘zingizni baland tutmanglar, agar unday qilsangiz, Allohning g‘azabida qolgan, jahannamga yuztuban tashlanadigan zulmkor ulamolardan bo‘lib qolasizlar. Ilmning Allohga ibodatda xalal bermaydiganini talab qilinglar, shuningdek, Allohga ibodat etinglar, ilmlaringizga zarar bermaydigan bo‘lsin. Ilm foyda bermaydi, magar yuqoridagi gaplarga amal qilinsagina foyda beradi. Ilmni tashlab, faqat ibodatga yuz tutgan qavmdek bo‘lmanglar. Ularning terilari badanlariga yopishib ketsa ham, odamlarning oldiga qilichlari bilan chiqadilar. Agar ular ilmni talab qilsalar edi, ilmlari qilgan ishlaridan to‘sgan bo‘lardi. Ilmsiz amal qiluvchi yo‘ldan adashgan kishiga o‘xshaydi. U g‘ayratni kuchaytirmaydi, balki qiyinchilikni ziyoda qiladi, islohidan fasodi ko‘p bo‘ladi". U kishidan: "Ey Abu Said, bu gaplarni kim aytgan?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Badr urushida qatnashgan yetmishta kishi bilan uchrashdim, ilm talabida qirq yil safar qildim".
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Ey odamlar, sizlarning olimlaringiz ketayotganini va johillaringiz ta’lim olmayotganini ko‘ryapman! Bas, ilm ko‘tarilib ketmasidan oldin ta’lim olib qolinglar, chunki ilmning ko‘tarilishi olimlarning ketishi bilandir".
674. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo bandalaridan ilmni tortib olish bilan ko‘tarmaydi, balki ilmni olimlarni olish bilan ko‘taradi, hattoki bironta olim qolmaydi. Shunda odamlar johil boshliqlarni ushlaydilar, ulardan so‘raydilar, ular javob beradilar, o‘zlari ham adashadilar, odamlarni ham adashtiradilar".
Ibn Muborakdan (r.a.): "Agar sizga Allohdan, bugun peshingacha o‘lasan, degan xabar kelsa, o‘sha kuni nima amal qilar edingiz?" deb so‘rashdi. U zot: "Ilm talab qilardim", deb javob berdilar.
Ibrohim Naxa’iy (r.a.): "Faqih kishi hamisha namozda bo‘ladi", dedilar. "Qanday qilib?" deyishdi. Aytdilar: "Chunki siz u bilan uchrashgan paytingizda tilida Allohning zikri bo‘ladi, halolni halol, haromni harom deydi".
Aytiladiki, olimlar zamonning chirog‘i. Har bir olim zamonasining chirog‘idir va u bilan davrining ahli ziyo oldi".
Solim ibn Abu Ja’ddan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilarki: "Xo‘jayinim meni uch yuz dirhamga sotib oldi, keyin ozod qildi, shunda o‘zimga o‘zim, qaysi kasbni qilsam ekan, dedim, so‘ng ilmni ixtiyor etdim, ko‘p o‘tmay xalifa mening ziyoratimga keldi, men unga

kirishga izn bermadim".


Solih Marriydan (r.a.) zikr qilinadi: U kishi amirul mo‘mininning oldiga kirdilar va uning yostig‘i ustiga o‘tirdilar. So‘ngra: "Hasan aytib to‘g‘ri aytdi", dedilar. Amirul mo‘minin: "Hasan nimani aytdi?" deb so‘radi. "Hasan, ilm sharaflining sharafini ziyoda qiladi, qulni ozodlar manziliga yetkazadi, degan edi. Yo‘qsa, Solih Marriy kim bo‘libdiki, amirul mo‘mininning yostig‘iga o‘tirsin?!" dedilar.
675. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Ilmni Xitoyda bo‘lsa ham talab qilinglar. Chunki ilmni talab qilish har bir muslim va muslimaga farzdir".
Avn ibn Abdulloh rivoyat qiladi: "Bir kishi Abu Zarr Fiforiyning (r.a.) oldilariga kirdi va aytdiki: "Men ta’lim olmoqni xohlagan edim, lekin uni zoe’ qilib, unga amal qilmay qolishimdan qo‘rqaman". Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytdilar: "Sening ilm bilan o‘ralib qolishing johillikka o‘ralib qolishingdan ko‘ra yaxshidir". U odam keyin Abu Dardoning (r.a.) oldilariga borib, boyagi gapni aytdi, Abu Dardo: "Albatta, odamlar qanday holatda o‘lsalar, shu holatda tiriladilar. Olimni olim holatida tiriltiradi, johilni johil holatida", deb javob qildilar. Keyin Abu Hurayra (r.a.) huzurlariga borib, ikkalasiga aytgan boyagi gapni aytdi. Abu Hurayra (r.a.): "Mavjud narsani tashlab qo‘yishdan ko‘ra uni zoe qiluvchi bo‘lmaysan", dedilar.
676. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohga ibodat qilishda dinning faqihi bo‘lishdan afzalroq narsa yo‘qdir. Bitta faqih shaytonga mingta obiddan qattiqroqdir. Har bir narsaning ustuni bo‘ladi, dinning ustuni fiqhdir".
Xabarda zikr qilinishicha, Basra ahllari ixtilof qilishdi. Ba’zilari, ilm moldan afzal, deyishsa, ba’zilari, mol ilmdan afzal, deyishdi. So‘ngra Ibn Abbosga (r.a.) bir kishini yuborishdi. Elchi kelib, u kishidan shu masalani so‘radi. Ibn Abbos aytdilar: "Ilm afzaldir". Elchi: "Agar mendan hujjat so‘rashsa, nima deb javob berayin?" dedi. Ibn Abbos: "Ularga ayt, ilm payg‘ambarlarning merosi, mol esa, fir’avnlarning, ilm seni qo‘riqlaydi, sen molni qo‘riqlaysan. Albatta, ilmni Alloh yaxshi ko‘rganigagina berur, molni esa yaxshi ko‘rganiga ham, yaxshi ko‘rmaganiga ham beraveradi. Ko‘proq yaxshi ko‘rmaydiganiga beradi. Allohning ushbu so‘ziga qaramaysanmi:
"Agar odamlar bir millat (ya’ni, kofir) bo‘lib olishlari bo‘lmaganida edi, albatta, Rahmonga (ya’ni, bizga) kofir bo‘ladigan kimsalar uchun uylarining shiftlarini ham, unga chiqargan narvonlarini ham kumushdan qilib qo‘ygan bo‘lur edik" (Zuxruf, 33)", deb javob qildilar.
Chunki ilm ishlatish va sarflash bilan kamaymaydi, mol ishlatish va sarflash bilan kamayadi. Mol egasi o‘lsa-da, ilm egasi o‘lmaydi. Chunki mol egasi har bir dirhamidan, qaerdan topilgani va qaerga ishlatgani to‘g‘risida so‘ralinadi. Ilm egasining har bir so‘ziga jannatda darajalar bordir.
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilarki: "Odamlar uch xil bo‘ladi. Olimi rabboniy, najot yo‘lida ta’lim oluvchi, qolganlari esa, och avom xalq, har qaqag‘lagan narsaning orqasidan ergashib ketaveradi, har bir hidga moil bo‘laveradi".

Yana u zot (r.a.) aytadilarki: "Ilm moldan yaxshi, ilm sizni qo‘riqlaydi, siz esa, molni qo‘riqlaysiz, ilm nafaqani poklaydi, mol nafaqani kamaytiradi. Ulamolar dunyo qancha tursa, shuncha turadi, ularning jismlari yo‘qolgan bo‘lsa-da, misollari qalblarda mavjuddir".


Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Olim bilan ilm oluvchining ajri tengdir. Darhaqiqat, kishilarda ikki toifadan – olim va ta’lim oluvchidan boshqasida yaxshilik yo‘qdir".



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin