Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


SAKSON BIRINCHI BOB MULOYIMLIK TO‘G‘RISIDA



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə222/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   247
SAKSON BIRINCHI BOB MULOYIMLIK TO‘G‘RISIDA
893. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Oyisha (r.a.) aytdilar: “Bir necha yahudiylar Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kirishga ruxsat so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) ruxsat berganlaridan keyin ular:

“Assomu alayka” (ya’ni, senga o‘lim bo‘lsin ), deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Va alaykum” dedilar. Oyisha onamiz (r.a.) shunda: “Sizlarga o‘lim va la’nat bo‘lsin”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ey Oyisha, Alloh taolo har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko‘radi” dedilar. Oyisha onamiz: “ Axir ular nima deyishganini eshitmadingizmi?” deb aytdilar. Nabiy (s.a.v.): “Va alaykum” (Ya’ni sizlarga ham) dedim-ku”, dedilar.


894. Oyisha onamizga (r.a.) Payg‘amar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Oyisha, kimga hilmdan nasiba berilsa, albatta, unga dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi. Kim hilm nasibasidan mahrum etilsa, dunyo va oxirat yaxshiligidagi nasibasidan mahrum bo‘libdi”.
895. Said ibn Musayyabdan (r.a.)rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Aqlning boshi Allohga bo‘lgan iymondan keyin odamlar bilan murosai madora qilish va ularga muhabbatli bo‘lishdir. Kishi kengash maslahatdan halok bo‘lmaydi. Kishi o‘zining fikri bilan kifoyalansa, baxtli bo‘lolmaydi. Agar Alloh bandaning halok bo‘lishini xohlasa, avvalo uning fikri buziladi. Albatta, dunyoda yaxshilik ahllari bo‘lganlar oxiratda ham yaxshilik egalaridir. Dunyodagi yomon ish egalari bo‘lganlar, oxiratda ham yomonlik egalaridir”.
896. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo rafiqdir (ya’ni, muloyimdir) va rafiqlikni yaxshi ko‘radi. G‘azab bilan olinmagan narsa muloyimlik bilan olinadi.
897. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar Alloh taolo uy ahliga yaxshilikni xohlasa, ularga yumshoqlikni kirgizadi. Agar yumshoqlik xulq bo‘lsa, odamlar undan yaxshiroq xulqni ko‘rmaydilar. Agar bema’nilik xulq bo‘lsa, odamlar undan yomonrq xulqni ko‘rmaydilar».
898.Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Men bir katta tuyaning ustida edim. Tezroq yursin deb uni ura boshladim”. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: “Ey Oyisha, yumshoq bo‘l, chunki qaysi narsada yumshoqlik bo‘lsa, uni ziynatlaydi va qaysi narsada bo‘lmasa, u badnom bo‘ladi”, dedilar.
899. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Ushbu:

Qachon Allohning yordami va g‘alabasi kelsa” oyati tushganida, Payg‘ambar (s.a.v.) kasal edilar. Payshanba kuni odamlar oldiga chiqmoqchi bo‘ldilar. Boshlarini bog‘ich bilan bog‘lab olgan edilar. So‘ngra minbarga ko‘tarildilar. Ranglari sarg‘aygan, ko‘zlarida yosh bor edi. Keyin Bilolni chaqirib, Madina ahlini vasiyatlarini eshittirishlari uchun jam qilishga buyurdilar. Zero, u Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi vasiyatlari edi. Bilol Madina ahlini chaqirganida, ularning katta-yu kichik hammasi yig‘ildi. Uydagilar uylarini, bozordagilar bozorlarini tashlab kelishdi. Hatto unashtirilgan qizlar

Payg‘ambarning (s.a.v.) vasiyatlarini eshitish uchun chiqishdi. Masjid yig‘ilganlarga torlik qildi.. Payg‘ambar (s.a.v): “Orqadagilarni ham sig‘diringlar”, dedilar. U zot (s.a.v.)

yig‘lab turardilar. So‘ng: “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un”, dedilar va Allohga hamdu sano o‘qidilar, payg‘ambarlarga va jumladan o‘zlariga ham salovat yo‘lladilar. Keyin aytdilar: “Men Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim al-arabiy al- xaramiy al-makkiyman. Mendan keyin payg‘ambar yo‘qdir.


Ey odamlar, bilinglar, mening jonim uzilish arafasida, dunyodan ayrilish vaqtim keldi.

Rabbim bilan ko‘rishishga mushtoqman. E voh, ummatimga firoq. Mendan keyin nimalar deydilar, Allohim, salomat qil, salomat qil. Ey odamlar, Alloh taolo sizlarga tushirgan hukmlarida nima halol va nima harom, nimalar qilishlaringiz, nimalardan saqlanishingizni bayon qilib berdi. Uning halol narsalarini halol denglar, xarom qilganini harom denglar. Mutashobih oyatlariga iymon keltiringlar, muhkam, ya’ni, ochiq-ravshan oyatlarini qattiq ushlanglar. Misollardan ibratlaninglar”.


Keyin boshlarini osmonga ko‘tarib: “Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Guvoh bo‘lgin”, dedilar. So‘ng yana so‘zlarini davom etdilar: “Ey odamlar, Alloh taolodan uzoq, xorlangan, adashgan, jannatdan uzoq, do‘zaxga yaqin bo‘lgan nafsi havodan saqlaninglar. Jamoat va istiqomat qilishni(to‘g‘ri yo‘lda yurishni) mahkam tutinglar. Chunki u Allohga, jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoqdir... Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Ey odamlar, dinlaringda va omonatlaringda Allohni unutmanglar, qo‘llaring ostidagilaring borasida ham Allohni yoddan chiqarmanglar. Yegan narsalaringdan ularga ham yediringlar va kiygan narsalaringdan kiydiringlar. Ularni toqati yetmaydigan ishlarga buyurmanglar. Chunki ular ham go‘sht, qon va xulqda sizga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglar, kim ularga zulm qilsa, qiyomat kuni men unga xusumat qilaman. Alloh ularning hokimidir. Xotinlaringiz xususida ham ehtiyotkor bo‘linglar. Mahrlariga vafo qilinglar. Ularga zulm qilmanglar. (Zulm qilsanglar) qiyomat kuni yaxshiliklaringdan mahrum etadi.... Yetkazdimmi?
Ey odamlar, o‘zlaringni va ahllaringni do‘zaxdan saqlanglar. Ularga ilm va odob beringlar. Chunki ular sizlarga yordam beruvchi va omonatdirlar... Yetkazdimmi?
Ey odamlar, ishlaringizdagi boshliqlarga itoat qilinglar, ularga osiy bo‘lmanglar. Agar-chi u biror a’zosi kesilgan habash qul bo‘lsa ham. Chunki kim ularga itoat qilsa, menga itoat qilibdi. Kim menga itoat qilsa, Allohga itoat qilibdi. Kim ularga isyon qilsa, menga isyon qilibdi. Kim menga isyon qilsa, Allohga osiy bo‘libdi. Ogoh bo‘linglar, ularga qarshi chiqmanglar. Ularning ahdlarini buzmanglar.... Yetkazdimmi?
Ey odamlar, mening ahlimni yaxshi ko‘ringlar, Qur’onni ko‘targanlarni yaxshi ko‘ringlar, olimlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Ularga hasad etmanglar, g‘azab qilmanglar, ta’na toshi otmanglar. Ogoh bo‘linglar, kim ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘ribdi. Kim meni yaxshi ko‘rsa, Allohni yaxshi ko‘ribdi. Kim ularga g‘azab qilsa, menga g‘azab qilibdi. Kim menga g‘azab qilsa, Allohga g‘azab qilibdi... Yetkazdimmi?
Ey odamlar, besh vaqt namozni tahoratini chiroyli olib, ruku’ va sajdalarini maromiga yetkazib o‘qinglar. Ey odamlar, mollaringizning zakotlarini ado qilinglar. Ogoh bo‘linglar! Kim zakotni ado etmasa, uning uchun namoz yo‘qdir. Ogoh bo‘linglar! Kimda namoz bo‘lmasa, unda din, ro‘za, haj va jihod ham yo‘q. Ey Parvardigor, yetkazdimmi?
Ey odamlar! Kim yo‘lga qodir bo‘lsa, o‘sha kishiga Alloh taolo hajni farz qildi. Kim haj qilmasa, xohlagan holatida, yahudiy bo‘libmi, nasroniy yo majusiy bo‘libmi, o‘lsin. Faqat bir kasallik bilan og‘rigan yoki zolim podshoh uni man’ qilgani tufayli (haj qilolmasa) u uzrlidir. Ogoh bo‘linglar, qodir bo‘la turib, haj qilmaganlar uchun shafoatim yo‘q va havzimga yetolmaydi. Yetkazdimmi?
Ey odamlar! Alloh taolo sizlarni qiyomat kuni bitta katta tepalikda jam qiladi. U kun og‘ir kundir.

U kunda molu davlat va bola-chaqa foyda bermas” (Shuaro, 88-oyat) Yetkazdimmi?


Ey odamlar! Tillaringizni saqlanglar, ko‘zlaringizni namlanglar, qalblaringizni bo‘ysundiringlar, bandalaringizni charchatinglar, dushmanlaringizga qarshi kurashinglar, masjidlaringizni ta’mirlanglar, iymonlaringizda ixlosli bo‘linglar. Birodaringizga nasihat qilinglar, o‘zingiz uchun yaxshi amal qilib qolinglar, farjlaringizni saqlangizlar, mollaringizdan sadaqa beringlar, hasad qilmanglar. Chunki hasad yaxshiliklaringizni ketkazadi. Bir-biringizni g‘iybat qilmanglar, halok bo‘lasizlar....Yetkazdimmi?
Ey odamlar! Qullaringizni ozod etishga harakat qilinglar Kambag‘al va yo‘qsil bo‘ladigan kuningiz (ya’ni, qiyomat kuni) uchun yaxshilik qilinglar.
Ey odamlar! Zulm qilmanglar. Chunki Alloh taolo u zulm qiluvchini ushlovchi zotdir. Sizlarning hisob-kitobingiz Uning qo‘lida. Uning huzuriga qaytajaksiz. Albatta, U zot sizlarning gunoh qilishingizga rozi bo‘lmaydi.
Ey odamlar! Albatta,
Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir. Kim yomonlik qilsa, o‘z ziyoniga qilur. Parvardigoringiz bandalariga zulm qiluvchi emasdir” (Fussilat, 46-oyat);
Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz, so‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi” (Baqara, 281-oyat).
Ey odamlar! Men Rabbimga qaytuvchiman. Umrim poyoniga yetdi. Dinlaringiz va omonatlaringizni Alloh taologa topshiraman. Ey ashoblarim, ey ummatim, sizga salom bo‘lsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh”. Keyin minbardan tushib uylariga kirdilar. Shundan keyin Payg‘ambar (s.a.v.) boshqa chiqmadilar”.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin