Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə225/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   247
SAKSON UCHINCHI BOB

OXIRAT ISHLARIGA QAYG‘URISH
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar. Sobit ibn Xajjoj Umar ibn Xattobning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat qildilar: “O‘lchanishlaringizdan avval o‘zlaringizni o‘lchanglar, hisob berishingizdan oldin o‘zlaringizni sarhisob qilinglar. Ro‘para bo‘linadigan ulug‘ kun uchun ziynatlaninglar. U kun qiyomat kunidir.
O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinasizlar, sizlarning biron siringiz maxfiy qolmas” (Al-Haqqa, 18-oyat).
912. Faqih aytadilar: Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Alloh taoloning shunday deganini rivoyat qilganlar: “Ey bandalarim, men zulmni o‘zimga harom qildim. Sizlarning oralaringizda ham harom qildim. Bir-biringizga zulm qilmanglar. Ey bandalarim, hidoyat qilganlarimdan boshqalaringiz adashguvchisiz. Mendan hidoyat so‘rangizlar, hidoyat qilaman. Ey bandalarim, men taomlantirganlarimdan boshqalaringiz ochsizlar. Mendan taom berishimni so‘ranglar, sizlarni oziqlantiraman. Ey bandalarim, hammalaringiz yalang‘ochsiz, faqat men kiyintirganlar yalang‘och emas. Mendan kiyim kiydirishimni so‘ranglar, kiyintiraman. Ey bandalarim, sizlar kechasiyu kunduzi xato qilasizlar. Men hamma gunohlarni kechiraman. Mendan gunohlaringizni kechirishimni so‘ranglar, sizlarni kechiraman.
Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringizning, insonlaru jinlarning taqvosi bir kishining qalbida bo‘lsa, o‘sha narsa Mening mulkimda hech narsani ziyoda qilmaydi.
Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringizning, jinlaru insonlarning fujuri bir kishining qalbida bo‘lsa, u narsa Mening mulkimdan hech narsani kamaytirmaydi. Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringiz, insonu jinlaringiz bir tepalikda turib,

har biri hojtini Mendan so‘rasa va ularga bersam, huzurimdagi hech narsani kamaytirmaydi. Kamaytirsa ham, bitta igna dengizga bir botirilib, keyin undagi suvdan olib chiqqanchalik kamaytiradi. Ey bandalarim, albatta, bular sizlarning amallaringiz, ularni sizlar uchun saqlab qo‘yaman va qiyomat kuni o‘zingizga qaytaraman. Bas, kim yaxshilik topsa, Allohga hamd aytsin, kim undan boshqasini topsa, faqat o‘zini malomat qilsin”.


913. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy aytdilar: “Kasallarni ziyorat qilinglar, janozalarga qatnashinglar, u sizlarga oxiratni eslatadi”.
Hakim zotlardan biri tobut orqasidan mayyit haqqiga rahmat so‘rayotgan kishilarni ko‘rdi. Shunda u: “Agar o‘zlaringizga rahmat so‘rasangiz yaxshi bo‘lardi. Chunki u o‘ldi va uch narsadan qutildi: o‘lim farishtasini ko‘rishdan, o‘limning achchig‘idan, yomon xotima topish xavfidan”, dedi.
Aytishlaricha, Abu Dardo (r.a.) tobut orqasidan bir kishining: “Bu kim edi?” degan so‘zlarini eshitdilar. Shunda unga Abu Dardo: “Bu sensan, agar karih ko‘rsang, u menman. Alloh taolo:
(Ey Muhammad) hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar” (Zumar, 30-oyat), deb aytgan”, dedilar.
Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u zot bir kishining qabristonda ovqatlanayotganini ko‘rdilar. So‘ngra: “Bu odam munofiq ekan, o‘lim ikki ko‘zi orasida bo‘laturib, taomni ishtahasi tortyapti”.
Yana Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Ajabo, bir qavm oxiratga tayyorgarlik ko‘rishga buyurildi, ammo avvalgilari keyingilariga qarab o‘ynab o‘tirishdi”.
Rivoyat qilinishicha, Hasan Basriy qachon tobutni ko‘rsalar, onalarining dafnlaridan qaytgandek bo‘lar edilar.
Ibrohim Taymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Kim xotirjam bo‘lsa, jannati bo‘lolmay qolishdan xavf qiladi. Chunki, ahli jannatlar:
Haqiqatan bizlar ilgari (hayotiy dunyoda) ahli oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda, oxiratda Allohning azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik” (At- tur, 26-oyat), deb aytadi».
Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot aytdilar: “Qur’onni ko‘targan kishi kechqurun odamlar uxlaganida bedorligi bilan, kunduzini odamlar og‘zi ochiq bo‘lganida ro‘zasi bilan, odamlar xursand bo‘lganlarida g‘amgin bo‘lish bilan, odamlar kulganlarida yig‘lash bilan, odamlar gapirganida jim turish bilan, odamlar gerdayganlarida xushu’ bilan ajralib turishi kerak. Qur’onni ko‘targan kishi g‘amgin, halim, sokin, yumshoq bo‘lishi lozim. Dag‘al, g‘ofil, baqiroq va serjahl bo‘lmasligi kerak.
Shaqiq ibn Ibrohim (r.a.) aytadilar: “Banda uchun g‘am va xavfdan yaxshiroq do‘st yo‘qdir. G‘am o‘tgan gunohlar, xavf qachon tushishi noma’lum bo‘lgan gunohlar uchundir”.

Hakim aytadilar: “Kim uch o‘rindan boshqa payt g‘amgin va xafa bo‘lsa, u xafachilikni ham, xursandchilikni ham bilmabdi: iymon g‘ami, chunki umri iymon bilan tugaydimi yoki yo‘qmi, bilmaydi; Alloh amri uchun bo‘lgan g‘am, ularni mukammal qildimi yoki yo‘q, buni ham bilmaydi; xusumatchilar g‘ami, ulardan qutuladimi yoki yo‘q, noma’lum”.


914. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ko‘zdan suv tushsa, Alloh uni do‘zaxda yondirishni harom qiladi, agar ko‘z yoshi yuzga tushsa, u musibat va xorlik bilan jabrlanmaydi. Har bir yaxshi amalning savobi bordir. Faqatgina ko‘z yoshi olov dengizini o‘chiradi. Agar ummat ichida bir banda Allohdan qo‘qib yig‘lasa, Alloh taolo u ummatga o‘sha banda yig‘lagani uchun rahm qiladi”.
Ka’bul Ahbordan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Allohdan qo‘rqib yig‘lashim va ko‘z yoshlarimning yuzimga oqishi menga tanam og‘irligicha tilloni sadaqa qilishimdan yaxshiroqdir. Qaysi banda Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lasa, ko‘z yoshidan bir tomchisi yerga oqsa, toki tomchi osmonga chiqib ketmaguncha, unga do‘zax o‘ti tegmaydi. Holbuki, osmondan tushgan tomchi qaytmagani singari u ham hech qachon samoga qaytmaydi. Dunyoda Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishiga hech qachon do‘zax o‘ti yetmaydi».
915. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Bir bandaning ko‘zidan pashshachalik yoki pashshaning boshichalik ko‘z yoshi Allohdan qo‘rqqani uchun oqsa va yuziga tushsa, unga abadiy do‘zax o‘ti tegmaydi”.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Faqat Allohning fazli bilangina ko‘z yosh chiqaradi. Farishta kishining qalbini silamagunicha uning ko‘zidan yosh chiqmaydi”.
916. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taologa ikki tomchidan-da sevimliroq tomchi yo‘q. Ulardan biri qorong‘u kechadagi ko‘zyoshning tomchisi va yana biri Alloh yo‘lida to‘kilgan qon tomchisi”.
Ziyod Namiriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “ Alloh taolo ba’zi kitoblarida: “Agar bandam Mendan qo‘rqib yig‘lasa, uni intiqomimdan xalos qilaman. Agar bandam Mendan qo‘rqib yig‘lasa, yig‘isini qudsiy nur tabassumlariga almashtirib qo‘yaman, deb aytgan”.
Umar ibn Abdulazizdan rivoyat qilinadi. U kishi bir kechasi namoz o‘qidilar. So‘ngra:
O‘shanda (ya’ni do‘zaxga tashlanganlarida) ular bo‘yinlarida kishan va zanjirlar bilan qaynoq suv tomonga sudralurlar, so‘ngra olovda yondirilurlar” (G‘ofir, 71-72) oyatini qiroat qildilar va bomdodgacha takrorlab, o‘qib yig‘ladilar.
Tamim Doriydan rivoyat qilinadi. U kishi Alloh taoloning:

Balki yomonlik – gunohlar kasb etgan kimsalar, Biz ularni ham iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan zotlar kabi qilishimizni o‘ylagan edilar”. (Josiya, 21) degan oyatini subhgacha takror-takror o‘qib yig‘ladilar.


917. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “U zot (s.a.v.)
Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring, agar ularni mag‘firat


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin