Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan)



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə230/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   247
keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan)

iymoni foyda bermas. Ayting: “Kutaveringlar. Biz ham kutguvchilarmiz!”

(An’om, 158-oyat).


929. Ubayd ibn Umayr rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Dajjolni qavmlar do‘st tutishadi, holbuki, ular: “Uning yolg‘onchiligini bilamiz. Lekin biz taom va daraxtlarning mevalaridan yeyish uchun unga do‘st bo‘lamiz”, deyishadi. Qachon Allohning g‘azabi tushsa, hammalariga birday tushadi”.
930. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Dajjol aniq chiqadi. Uning chap ko‘zi ko‘r. U soqov, peslarni davolaydi. O‘liklarni tiriltiradi. Odamlarga: “Men rabbingizman”, deydi. Kim uni rabbim desa, fitnalanibdi. Kim rabbim Alloh, deb, keyin shu holda o‘lsa, Dajjolning fitnasidan saqlanibdi. U yer yuzida Alloh xohlaganicha turadi. Keyin Iso ibn Maryam (alayhissalom) mag‘rib tomondan Muhammadni (s.a.v.) tasdiqlagan holatda keladi. So‘ngra Dajjolni o‘ldiradi va: “Bu kun qiyomat kunidir”, deydi”.
Abdulloh ibn Umar aytadilar: “Qiyomat ahli bayt bir idishda jam bo‘lmaguncha qoim bo‘lmaydi. Ular kofirlarni ham, mo‘minlarni ham biladi”. U kishidan: “Bu ish qanday bo‘ladi?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Yer hayvoni chiqadi. U har bir insonning sajda

qiladigan a’zolarini silaydi. Ammo mo‘min bo‘lsa, nuqtasi oq bo‘lib, yuziga yoyiladi, uning yuzi oqarib ketadi. Agar kofir bo‘lsa, uning nuqtasi qora bo‘lib, yuzi qorayib ketadi. “Ey mo‘min, buni qanday sotasan? Ey kofir buni qanday olasan?” deb aytishadi, ammo bir- biriga javob qaytarishmaydi”.


Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Yer hayvonining yumshoq-qattiq patlari bor, to‘rt oyog‘i bor. U Tuhoma tog‘larining vodiylaridan chiqadi”.
Ibn Umar (r.a.) Alloh taoloning:
Qachon (kofirlarning) ustiga so‘z – azob tushganida (ya’ni qiyomat yaqinlashib qolganida), Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida so‘zlar” (Naml, 82-oyat).
931. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilar: “Quyosh g‘arbdan chiqmaguncha qiyomat bo‘lmaydi. Agar quyosh g‘arbdan chiqsa, odamlarning hammalari iymon keltiradi. U kunda keltirgan iymonlari foyda bermaydi.
Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa, ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb etmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas. Ayting: “Kutaveringlar. Biz ham kutuvchilarmiz!” (An’om,

158-oyat)
932. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Yaqinda sizlarga bir kecha keladi. Uning miqdori bu kechalaringizning uchtasidek bo‘ladi. Agar o‘sha kecha kelsa, uning kelganini kechasi tahajjud o‘qiydiganlar biladi. Kishi turib, darslarini o‘qiydi. Keyin uxlaydi. So‘ng turib, yana darslarini o‘qiydi, so‘ng uxlaydi. So‘ng turib, zikr-duolarini o‘qiydi. U shunday bo‘lib turganida, to‘satdan insonlar g‘alayon ko‘tarib qolishadi. So‘ng, nima bo‘ldi, deb

masjidga sho shilishadi. Keyin quyoshni o‘ylab qolishadi, ammo u mag‘ribdan chiqib

bo‘lgan bo‘ladi. Osmonning o‘rtasiga kelgandan keyin ortiga qaytadi va mashriqdan chiqadi. Bu haqda Alloh taoloning:
Pavardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda...” (An’om, 158-oyat) degan so‘zi bor.
933. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarlar onalari boshqa-boshqa bo‘lgan og‘a-inilardir. Dinlari bir xil. Ularning oralarda Iso ibn Maryamga eng yaqini menman. U bilan mening oramda payg‘ambar yo‘q. U ummatim ichida mening xalifamdir. U aniq tushadi, to‘ng‘izni o‘ldiradi, xochni sindiradi, jizyani bekor qiladi, yomonlik urushlarini to‘xtatadi, yer bir paytlar jabr-zulmga to‘lgani kabi yaxshilik va adolatga to‘lib ketadi, hatto sher tuya bilan, yo‘lbars sigir bilan, bo‘ri qo‘ylar bilan o‘tlab yuradi, kichkina bolalar ilonlar bilan o‘ynaydi”.
Abdulloh ibn Umar aytadilar: “Iso (alayhissalom) tushganlarida, Dajjol u kishini ko‘rib, yog‘ erigandek erib ketadi. So‘ngra Dajjolni o‘ldiriladi. Undan yahudlar ajralib qoladi, so‘ng ular bilan ham urush bo‘ladi. Hattoki toshlar: “Ey Allohning musulmon bandasi, ortimda yahudiy bor, kelib uni o‘ldir”, deydi”.
934. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Ya’juj va Ma’juj har kuni o‘ra kovlab, quyosh nurlarni ko‘rishga yaqinlashib qolishganida, ularning ustidagilar: “Qaytinglar, ertaga kovlaysizlar”, deydi. Alloh uni asl holiga

qaytarib qo‘yadi. Vaqti kelganida yana kavlashadi va quyosh nurlari ko‘rinay deb qolganida, ularga boshliqlari aytadi: “Qaytinglar, Xudo hohlasa, ertaga kavlaysizlar”. Ular kelishganida, kecha qoldirib ketilgan holatlarida turgan bo‘ladi. Uni kavlaydilar va insonlar ustiga yopirilib, suvlarini quritadilar. Odamlar ulardan qochib, qo‘rg‘onlariga berkinib olishadi. Alloh ularning bo‘yniga qurt yuborib, halok qiladi”.


Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: “Ya’juj-Ma’juj chiqqanidan keyin yana daraxtlar ekilib, Baytullohga haj qilinadi”.
Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytadilar: “Ya’juj-Ma’jujdan birontasi o‘lsa, orqasida mingdan ortiq bolasi qoladi”.
935. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat boshlanishi oldida fitnalar qorong‘i kechaning bo‘lagidek bosadi. U vaqtda badan o‘lgani kabi kishining qalbi ham o‘ladi. O‘shanda kishi mo‘min bo‘lib tong ottirsa, kofir bo‘lib kech qiladi. Mo‘min bo‘lib kech kirgizsa, kofir bo‘lib tong ottiradi. U vaqtda qavmlar dinlarini dunyoning ozgina matosiga sotib yuborishadi”.
936. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomatning olti alomati paydo bo‘lmasdan, yaxshi amallarga shoshilinglar. U shartlar quyoshning g‘arbdan chiqishi, Dajjol, tutun va yer hayvoni, har biringizga o‘lim kelishi va qiyomat kuni”.
937. Abdurahmon ibn Sobitdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Yaqinda sizlarga oyning tutilishi, ko‘p narsaning izdan chiqishi, pok insonlarga tuhmat qilish zohir bo‘ladi. “Ey Allohning elchisi, ular la-a ilaha illalloh, deb guvohlik beradilar-ku?”, deyishdi. “Ha, ammo ularda to‘rtta narsa – qo‘shiqchilar, musiqa asboblari, aroq ichish

va ipakdan kiyim kiyish ko‘rinsa, o‘sha ishlar bo‘laveradi”, dedilar Nabiy (s.a.v.). Ubay ibn Ka’b (r.a.) Alloh taoloning:

Ayting (ey Muhammad), u sizlarga ustingizdan yo oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoki sizlarni guruh-guruh qilib aralashtirib yuborib (jangu jadallarda) ayrimlaringizga ba’zilaringizning zararini torttirib qo‘yishga qodir bo‘lgan Zotdir” (An’om, 65-oyat), degan oyati haqda aytadilar: “Oyatda aytiladigan to‘rtta sifatdir. Ularning bo‘lishi aniq. Ikkitasi Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan yigirma besh yil o‘tib keldi: guruh-guruh bo‘lib ketishdi va ayrimlari ba’zilariga zarar yetkazishdi. Ikkitasining bo‘lishi ham shubhasizdir. Ular oyning tutilishi va zilzilalar”.
938. Rivoyat qilinishicha, yuqoridagi oyat tushganida Payg‘ambar (s.a.v.) duo qilib, ikkitasidan – oy tutilishi va keyingi o‘zgarishlardan salomat bo‘lgan ekanlar.
Masruq aytadilar: “Bir kishi masjidda gapirib turgan edi. U: “Qiyomat kuni bo‘lsa, osmondan tutun tushadi. U munofiqlarning quloq va ko‘zlarini oladi. Mo‘minlarni esa tumov ko‘rinishida ushlaydi”, dedilar.
Masruq keyin Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) oldlariga kirib, boyagi gapni aytdilar. Abdulloh ibn Mas’ud suyanib turgan edilar, o‘tirib oldilar va: “Ey odamlar, sizlarning birontangizdan bilgan narsasi haqida so‘ralsa, uni aytsin. Kimda ilm bo‘lmasa, “Alloh biluvchiroq”, deb aytsin. Alloh taolo payg‘ambariga dedi:
(Ey Muhammad, ularga) ayting: Men (Qur’onni sizlarga yetkazganim uchun) sizlardan biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan (ya’ni, yolg‘ondan payg‘ambarlikni da’vo qilguvchi kimsalardan) ham emasman” (Sod, 86-oyat).
939. Quraysh Payg‘ambarni (s.a.v.) yolg‘onchiga chiqarganida, u zot aytdilar: “Ey Parvardigoro, zolimlarga bosimingni qattiq qil. Ey Parvardigoro, ularga Yusuf zamonlarida bo‘lib o‘tgan qahatchilikni yubor”. So‘ng ularga ochlik keldi. Ular qiynalganlaridan suyak, o‘laksalarni yedilar. Hattoki ochlikdan ularga osmondagi narsa tutundek ko‘rina boshladi. Alloh taolo aytdi:
Bas (Ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni, barchaga ko‘rinadigan) kunga ko‘z tuting. Uning (tutuni barcha) odamlarni o‘rab olur. Bu alamli azobdir” (Duxon, 10-oyat).



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin