Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Ovozlar ham Rahmonga ta’zim qilur. Bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz”



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə234/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   247
Ovozlar ham Rahmonga ta’zim qilur. Bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz” (Toho, 108-oyat) (ya’ni, ikki lab qimirlaydi, lekin ovozlari chiqmaydi). Va ularni hech qon to‘kilmagan yerga jo‘natiladi. So‘ng hayvonlar keltiriladi. Ba’zilari ba’zilaridan qasos olishadi, so‘ng ularga, tuproqqa aylaninglar, deyiladi. Ular tuproqqa aylanishadi.

Allohning bu haqda so‘zi bor:


Kofir kimsa: “Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam”, deb qolur” (Naba’, 40-oyat). So‘ng hamma payg‘ambarlar va ummatlar kelishadi, ular orasida haq bilan hukm qilinadi. Bas, bir to‘dasi jannatda, bir to‘dasi do‘zaxda bo‘ladi. So‘ng nido qiluvchi: “Nuh (alayhissalom) qaerda?” deb nido qiladi. U kishini keltirishadi. Alloh aytadi: “Ey Nuh, risolatni yetkazdingmi, omonatni ado qildingmi?” Aytdilar: “Ha, ey Allohim, risolatni yetkazib, omonatni ado qildim”. So‘ngra u kishining qavmlarini keltirishadi. Alloh aytadi: “Ey Nuhning ummati, Nuhga sizlarni ixlos kalimasiga chaqirishni buyurgan edim, sizlarga risolatni yetkazdimi?” “Ey Parvardigorimiz, bizga bashorat beruvchi ham, ogohlantiruvchi ham kelmadi”, deydi ular. Alloh taolo aytadi: “Ey Nuh, ummating seni inkor qilyapti. Sen uchun guvohlik beradigan kishi bormi?” Nuh alayhissalom aytadilar: “Ha, bu Muhammadning (sollallohu alayhi va sallam) ummati”. Nido qiluvchi nido qiladi: “Ey odamlar uchun chaqirilgan ummatlarning eng yaxshisi, ramazon oyida ro‘za tutuvchilar”. So‘ngra ular saflanishadi. Alloh taolo o‘z kitobida aytganidek,
Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir” (Fath, 29- oyat). Ular: “Labbay, Allohning da’vatchisi”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ey ummati Muhammad, Nuhga guvohlik berasizlarmi?” “Ha, biz guvohlik beramiz. U kishi risolatni ularga yetkazdilar, omonatni ado qildilar”, deyishadi. Nuhning (alayhissalom) ummati: “Nuh avval o‘tgan bo‘lsa, qanday qilib bir zamonda yashamagan kishilariga guvohlik berishadi?” deb aytishadi. “Alloh taoloning payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) nozil qilgan:
Darhaqiqat, Biz Nuhni “Qavmingni ularga alamli azob kelib qolishidan ilgari ogohlantirgin”, deb qavmiga payg‘ambar qilib yuborganmiz” (Nuh, 1) oyatini o‘qiganmiz”, deyishadi. Alloh taolo: “To‘g‘ri aytdinglar, Ey Muhammad ummati. Nafsimga qasamki, hech kimni hujjatsiz azoblamayman. Ey Muhammad ummati, oralaringizda bo‘lgan zulmlarni bir-biringizdan kechib yuboringlar. Men sizlar bilan o‘zimning oramda bo‘lganlarini kechdim”, deydi”.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin