Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Biz o‘zimiz taqsimlaganmiz”



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə237/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   247
Biz o‘zimiz taqsimlaganmiz” (Zuxruf, 32-oyat) va shu bilan uning eshigi sindi.
7. Keyin u riyo va odamlarning maqtovi bilan keldi. Uni ixlos bilan kutib oldim va ushbu oyat bilan daf’ qildim:
Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishdan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biror kimsani (Unga) sherik qilmasin” (Kahf, 110-oyat). Ya’ni, qiladigan barcha amallarini ixlos ila qilsin. Va shu bilan yana bir eshigini sindirdim.
8. So‘ngra u baxillik eshigidan keladi, uni bandaning qo‘lidagi bor narsa yo‘q bo‘lishi va Alloh taolo huzuridagi narsagina boqiy qolishi bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan uni haydadim:

Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar yo‘q bo‘lur. Alloh dargohidagi narsalar boqiydir” (Nahl, 96-oyat). Shu bilan uni sindirdim.


9. Ko‘rdimki, u kibr eshigidan kelyapti. Uni tavozu’ bilan kutib oldim va ushbu oyat bilan uni haydashga kuch topdim:
Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st, birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va ogohdir” (Hujurot, 13-oyat). Va uning eshigi shu bilan sindi.
10. So‘ngra ko‘rdimki, u tama’ tomonidan kelyapti. Uni odamlarga qaram bo‘lmaslik va Alloh huzuridagi narsaga ishonch bilan kutib oldim. Unga qarshi esa, ushbu oyat bilan kurashdim:
Kim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur va uni o‘zi o‘ylamagan tomonidan rizqlantirur” (Taloq, 2 3- oyatlar).
Xabarda zikr qilinishicha, iblis (unga Allohning la’nati bo‘lsin) Muso (alayhissalom) Allohga munojot qilib turganlarida, u kishining oldlariga keldi. Farishtalardan biri iblisga: “Senga o‘lim bo‘lsin, uning bu holatidan nimani umib qilyapsan?” dedi. Aytdi: “Undan uning otasi Odamdan jannatdaligida umid qilgan narsamni umid qilyapman”. Aytishlaricha, namoz vaqti kelsa, shayton askarlariga odamlarga borishni, ularni namozlaridan mashg‘ul qilib qo‘yishni buyuradi. Shayton namoz o‘qimoqchi bo‘lgan kishi oldiga kelib, uni ruku’, sajda, qiroat, tasbeh va duolarni mukammal qilishdan to‘sishga harakat etadi. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, uning qalbini dunyo ishlari bilan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Agar bu narsalardan birortasiga qodir bo‘lmasa, shayton uni mahkam bog‘lab, dengizga uloqtirishga shaylanadi. Agar bu ishlardan birortasiga qodir bo‘lsa maqtanadi
Alloh taolo Iblisning og‘zidan hikoya qilib aytadi:

Sening to‘g‘ri yo‘ling ustida ularni (odam bolalarini) kutib o‘tiraman. So‘ngra ularning oldlaridan va ortlaridan, o‘ngu so‘llaridan kelaman va ularning ko‘plarini shukr qilgan hollarida topmaysan” (A’rof, 1617-oyatlar).


Boshqa bir oyatlarda aytadi:

Ey Odam bolalari, shayton otalaringizni jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo‘ymasin!” (A’rof, 27-oyat),


Shayton sizlarni (agar in’om-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi” (Baqara, 268-oyat);
Aniqki, shayton sizlarga dushmandir. Sizlar uni dushman tutinglar” (Fotir, 6- oyat).
Alloh taolo shayton Odam farzandlari uchun dush man ekanini bayon qildi va u ularni

adashtirishni, o‘zi bilan birga do‘zaxga tushirishni xohlashini bildirdi. Aqlli kishi u bilan kurashda o‘zini undan xalos qilish uchun jiddu jahd qilmog‘i vojib. Chunki shayton mo‘minlar uchun ochiq dushmandir. Mo‘min kishining shaytondan boshqa dushmanlari ham bordir.


953. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min beshta kulfat orasida: bir mo‘min unga hasad qiladi, munofiq uni yomon ko‘radi, dushman u bilan urishadi, shayton uni adashtiradi, nafsi uni sargardon qiladi”.
Bas, musulmon kishi Allohdan dushmanlariga qarshi yordam va quvvat hamda o‘zi yaxshi ko‘radigan, rozi bo‘ladigan amallarga muvaffaq qilishini so‘ramog‘i lozim.
Bu ishlarning hammasi Alloh taolo muyassar qilgan kishiga yengildir.
Abu Solih Abdurahmon ibn Zayyoddan rivoyat qiladilar: “Muso alayhissalom bir majlisda o‘tirgan edilar. Shu payt iblis keldi. Uning boshida turli ranglarda bo‘lgan kiyim bor edi. Musoga yaqinlashganida, uni yechib qo‘ydi va yuzlanib, salom berdi. Muso: “Sen kimsan?” deb so‘radilar. “Men iblisman”, dedi u. Muso aytdilar: “Bu yerga kelishing sababi nima?” “Sizga salom berish uchun keldim, chunki Alloh taolo huzurida martabangiz bor”. Muso: “Bu do‘ppi nima uchun?” deb so‘radilar keyin. Iblis: “U bilan Odam bolalarining qalblarini ushlayman”, dedi. Muso aytdilar: “Menga xabarini ayt-chi, Odam farzandi qaysi gunohni qilsa, unga g‘olib bo‘lasan?”. Iblis: “Nafsiga mag‘rurlansa, amalini ko‘p sanasa va gunohini unutsa, uning ustidan g‘alaba qilaman”, deb javob berdi.
Vahb ibn Munabbahdan (Alloh rahmat qilsin) zikr qilinadi. Alloh taolo iblisga Muhammad (s.a.v.) oldlariga borib, savollariga javob berishni buyurdi. U chol suratida qo‘lida hassa bilan keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen kimsan?” “Men shaytonman”. “Nima uchun kelding?” deb so‘radilar keyin. “Alloh taolo menga sizning oldingizga kelishimni va savollaringizga javob berishimni buyurdi”, dedi shayton. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey mal’un, mening ummatim ichida sening qancha dushmaning bor?” Iblis javob qildi: O‘n beshta: birinchisi, siz, ikkinchisi, odil imom, uchinchisi, mutavoze’ boy, to‘rtinchisi, sodiq savdogar, beshinchisi, Allohdan qo‘rquvchi olim, oltinchisi, samimiy, oqko‘ngil mo‘min, yettinchisi, rahmdil mo‘min, sakkizinchi, tavbasida sobit turgan tavba qiluvchi,

to‘qqizinchisi, haromdan taqvo qiluvchi odam, o‘ninchisi, doim tahoratda yuruvchi odam, o‘n birinchisi, ko‘p sadaqa qiluvchi odam, o‘n ikkinchisi, odamlarga nisbatan chiroyli xulqda bo‘lgan odam, o‘n uchinchisi, odamlarga foydasi teguvchi mo‘min, o‘n to‘rtinchisi, Qur’onni yodlab, uni davomli qiroat qiluvchi odam, o‘n beshinchisi, kechasi odamlar uxlaganida, ibodat qiluvchi odam”. So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening

ummatim ichida nechta do‘sting bor?” Iblis javob berdi: “O‘nta. Birinchisi, zolim podshoh, ikkinchisi, mutakkabir boy, uchinchisi, xiyonatchi savdogar, to‘rtinchisi, aroq ichuvchi, beshinchisi, odam o‘ldiruvchi, oltinchisi, zinokor, yettinchisi, yetimning molini yeyuvchi, sakkizinchisi, namozga beparvo bo‘luvchi, to‘qqizinchisi, zakot bermaydigan kishi, o‘ninchisi, uzun orzular qiluvchi. Ana shular mening do‘st-birodarlarimdir”.
954. Xabarda zikr qilinishicha, Bani Isroil ichida xudojuy bir kishi bo‘lib, u kulbasida ibodat bilan mashg‘ul edi. Uni Obid Barsisiy deyishdi. Duosi mustajob kishi edi. Odamlar unga kasallarni keltirishar, u duo o‘qir, keyin kasal tuzalar edi. bir kishi iblis shaytonvachchalarni chaqirib (ularga Allohning la’nati bo‘lsin): “Kim uni fitnaga sola

oladi? U sizlarni ojiz qoldiryapti”, dedi. Shaytonlarning Ifrit degan bittasi: “Men uni fitnaga solaman”. Agar uni fitna qila olmasam, men sizlardan emasman”, dedi. Iblis aytdi: “U seniki”. Shayton Bani Isroil podshohlaridan birining uyiga jo‘nadi. Uning chiroyli qizi bor edi. U qiz otasi, onasi va opa-singillari bilan o‘tirgan edi. Shayton uni aqldan ozdirdi. Bundan ular qattiq qo‘rqishdi. Qiz jinniga o‘xshab qoldi. Bir necha kun

o‘tganidan keyin Ifrit ularning oldilariga odam suratida kelib aytdi: “Qizingizni tuzalishini xohlasanglar, falon rohibga olib boringlar, qizni ko‘rib, haqqiga duo qiladi”. So‘ng qizni rohib oldiga olib borishdi. U duo qilganidan keyin qiz tuzaldi. Ammo qaytganlaridan keyin kasali yana qaytaladi. Shayton ularning oldiga kelib: “Qizingiz tuzalishini xohlasanglar, uni rohibning oldiga bir necha kunga tashlab kelinglar”, dedi. Qizni tashlab kelish uchun qizni rohibnikiga olib borishdi. Rohib uni qabul qilmoqdan bosh tortdi. Ammo uni majburlashdi va tashlab ketishdi. Rohib kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim edi. Shayton qizni unga ro‘para qila olmadi. Rohib ovqatlanishga o‘tirganida, qizning jinniligi tutib, kiyimlarini yirtib tashladi. Rohib undan yuzini o‘girdi. Bu hol uzoqqa cho‘zildi... Bir kuni unga qaradi. U oldin hech ko‘rmagan qomat va chehrani ko‘rdi. So‘ng o‘zini tuta olmay,

u bilan qo‘shildi, qiz undan homilador bo‘lib qoldi. So‘ng shayton rohibning oldiga kelib: “Sen kimni homilador qilib qo‘yding, bu qilgan ishing tufayli aniq podshohning jazosiga tortilasan, endi uni o‘ldirib, kulbang oldiga ko‘msanggina qutulishing mumkin. Ular sendan qizlarini so‘rashsa, ajali yetib o‘ldi, deb ayt. Ular senga ishonishadi”, dedi. Rohib turib, uni o‘ldirdi va ko‘mdi. Qizning uyidagilari kelib so‘rashganida, o‘ldi, deb aytdi. Ular ishonib, qaytib ketishdi. (Boshqa bir rivoyatda kelishicha, Rohib: “U tuzalib, uyiga ketdi”, deb aytdi. Ular bunga ishonib qaytib ketishdi. So‘ng uylaridan surishtira boshlashdi).


Shunda shayton ularning oldiga borib aytdiki: “Rohib unga qo‘shildi, u homilador bo‘lganidan keyin, bu ish oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, uni o‘ldirdi va ko‘mib qo‘ydi”. Podshoh odamlari bilan Rohibning oldiga keldi. Uni osmoqchi bo‘lib ushlashdi. U osilgan vaqtda shayton kelib: “O‘sha ishlarni men qildim. Agar sen Allohni qo‘yib, menga sajda qilsang, bu holdan seni qutqaraman. Ularga, u o‘ldirmagan, boshqa odam o‘ldirgan, deb aytaman. Ular menga ishonishadi”, dedi. Rohib aytdi: “Bu holatda qanday sajda qilaman?” Shayton: “Boshing bilan imo qilsang ham, roziman”, dedi. Rohib unga sajda qildi. So‘ngra shayton unga: “Men sendan bezorman”, dedi.
Alloh bu haqda aytadi:
Xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga, kofir bo‘l degan edi. Endi qachonki (inson) kofir bo‘lgach (shayton unga): “Albatta men sendan bezorman. Zero, men barcha olamlar Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqaman”, dedi. Bas, ikkisining (shayton va uni so‘ziga kirib kofir bo‘lgan insonning) oqibati do‘zaxga kirib, unda mangu qolish bo‘ldi. Zolim kimsalarning jazosi shudir” (Hashr, 16 17-oyatlar).
Faqih aytadilar: “Bandaning to‘rtta dushmani bor va ularning hammasi bilan kurashmoqqa banda muhtojdir:

1. Dunyo. U aldamchi va makkordir. Alloh taolo aytadi: “Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo (o‘zining o‘tkinchi ne’matlari bilan) aldab qo‘ymasin va har giz sizlarni g‘urur (ya’ni, shayton) Alloh (har qanday gunohni kechaveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin” (Luqmon, 33-oyat).

2. Nafs. U dushmanlarning eng yomonidir.

3. Shayton.

5. Shaytoniy insonlar. Ulardan ehtiyot bo‘lish kerak. U jin shaytonidan yomonroqdir. Chunki jin shaytonining aziyati vasvasa bilan bo‘ladi, shaytoniy odam esa, u eng yomon do‘st, uning aziyati har qadamda ro‘baro‘ kelib turadi. U doimo bandani to‘g‘ri yo‘lidan chalg‘itish payida bo‘ladi”.
955. Shaddod ibn Avs (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ziyrak kishi nafsini hisobkitob qilib, o‘limdan keyingi hayot uchun amal qilgan kishidir”. Ya’ni dunyoda o‘z nafsi bilan hisoblashadi va o‘limdan keyin foydalanish uchun amal qiladi.

«Fojir esa havoyi nafsiga ergashib, Alloh taolodan mag‘firatni umid qilgan kishidir».


Iso ibn Maryam (alayhissalom) aytadilar: “Kimning qanday halok bo‘lishi ajablanarli emas, ajablanarlisi, kishi qanday qilib najot topganidir”. Ya’ni, jannat nafs yoqtirmagan narsalar bilan, do‘zax esa, shahvatlar bilan o‘ralgan. Har bir bandada uni vasvasa qiladigan shayton va yaxshi ishlarga ilhomlantiradigan farishta bor. Shayton ziynatlash va aldashda davomli bo‘lsa, farishta undan qaytarishga va yaxshilikka ilhomlantirishga harakat qiladi. Nafs qaysi tarafda bo‘lsa, o‘shanisi g‘olib bo‘ladi””.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin